К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI DOIRASIDA BIOTEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Murodqosimov Saydolim · Gavhar Hayitboyeva.

Современная наука и исследования · 7 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim tizimidagi islohotlar va biotexnologiya fanini interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish masalasi tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalardan, jumladan virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, interaktiv o‘qitish metodlarining talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ta’lim islohotlari, biotexnologiya, interaktiv vositalar, virtual laboratoriyalar, innovatsion ta’lim. Kirish. Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tabiiy fanlar, jumladan biotexnologiya ta’limini zamonaviy interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim beruvchilarning o‘qitish usullari va vositalarini yangilashni talab qiladi. Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ayniqsa, interaktiv o‘qitish metodlarini qo‘llash orqali talabalarning o‘quv materiallarini tezroq o‘zlashtirishi va kerakli ma’lumotlarni tezkor qabul qilishini ta’minlash mumkin. So‘nggi yillarda interaktiv ta’lim vositalari, jumladan, virtual laboratoriyalar va multimediya texnologiyalari o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Bu metodlar talabalarni faol o‘qitish muhitiga jalb qilish, ularning mustaqil tahlil qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Biotexnologiya fanini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish esa talabalar bilimini mustahkamlash, real ilmiy jarayonlarni tushunishga ko‘maklashish va ularning laboratoriya amaliyotlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. An’anaviy o‘qitish usullari o‘rnini interaktiv yondashuvlar egallab, o‘quv jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga xizmat qilmoqda. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va sun’iy intellekt tizimlari kabi texnologiyalar talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar va biotexnologiya fanini interaktiv dasturiy vositalar orqali o‘qitishning imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning ta’lim jarayoniga ta’siri va samaradorligi haqida nazariy tahlil beriladi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIEW) Biotexnologiya fanini interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish masalasi ta’lim islohotlari doirasida keng tadqiq etilgan. Ko‘plab ilmiy ishlar ta’limda raqamli texnologiyalar va innovatsion metodlarning ahamiyatini asoslab beradi. Ta’limni raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar Ta’lim sohasidagi global tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va sun’iy intellekt tizimlari tabiiy fanlar, jumladan biotexnologiya ta’limini samarali 168 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi (Anderson & Krathwohl, 2019)[1]. O‘zbekistonda ham ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-sonli qarori, 2020[2]. Interaktiv dasturiy vositalarning o‘quv jarayoniga ta’siri Interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish talabalar bilimini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanligi ko‘plab tadqiqotlarda ta’kidlangan (Mayer, 2021)[3]. Masalan, Labster va PhET Simulations kabi vositalar talabalar uchun real tajribalarni yaratishga yordam beradi va ular biotexnologik jarayonlarni chuqurroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. O‘zbekistonda ta’lim islohotlari va interaktiv ta’lim usullari O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish maqsadida innovatsion pedagogik yondashuvlar joriy etilmoqda. Jahon tajribasiga asoslanib, virtual ta’lim platformalari va interaktiv laboratoriyalarni keng joriy etish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda (Karimov, 2022)[4]. Shu bilan birga, o‘qitish jarayonida interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu texnologiyalarni samarali qo‘llashga imkon yaratadi (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti tadqiqotlari, 2023)[5]. Tadqiqot metodologiyasi. Biotexlogiya fanida zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etishda 3D, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar bular orasida keng qo’llaniladiganlari: Labster, PhET, SimulationsVirtual Microscope (Nikon, VScope). Ushbu platformalar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy tajribalar o‘tkazish va biotexnologiya jarayonlarini vizual ravishda tushunishga yordam beradi. Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim platformalari ,gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) asosidagi dasturlar AR (Augmented Reality) va VR (Virtual Reality) texnologiyalari elektron axborot ta‘lim resurslaridan fo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim tizimidagi islohotlar va biotexnologiya fanini interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish masalasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim tizimidagi islohotlar va biotexnologiya fanini interaktiv dasturiy vositalar yordamida o‘qitish masalasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion ta’lim., interaktiv vositalar, virtual laboratoriyalar, ta’lim islohotlari, biotexnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники