К содержанию
РецензированоUZ2026

ORGANIZMNI ICHKI MUHITI MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN AHAMIYATI.

TEXNOLOGIYALARDAN AHAMIYATI. · Otaboyeva Iqboloy Javlon qizi · Raximjonova Dilnura

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ichki muhit mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarni ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar :Muammoli ta’lim,EHM,mantiqiy metodlar. Kirish.O‘qituvchi o‘qitish metodlarining turlarini, ularga mansub uslublar- ni, foydalanish yo‘llarini yaxshi bilishi lozim. Shuni hisobga olgan holda quyida o‘qitish metodlarining guruhlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada ichki muhit mavzusini o’qitishda foydalaniladigan metodlar va ularni ahamiyati yoritilgan. Ishning maqsadi: Turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o’qitish metodlarini ahamiyatini yoritish. Odam organizmi ichki muhiti mavzusini o’qitishda quyidagi pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalaniladi : Og‘zaki bayon metodlari guruhi o‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi. Quyida shu metodlarning tarkibiga kiruvchi metodik uslublar keltiriladi: Suhbat metodi suhbat savollarini ketma-ketlikda qo‘yish, yordam- chi va qo‘shimcha savollarni o‘z vaqtida berish, o‘quvchilarni faol- lashtirish, o‘quvchilar javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi. Hikoya metodi o‘quv materialini jonli, obyektlarga xos xususi- yatlarni bayon qilish, axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi uslubi. Ma’ruza metodi o‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish, muammolarni qo‘yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, xulo- sa chiqarish, umumlashtirish, o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish uslubi. Ko‘rgazmali metodlar guruhiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko‘rgazma, ekran vositalari, EHMning ko‘rgazmali dasturlari, multime- dialarni namoyish qilish metodlari kirib, muayyan holda quyidagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya, demonstratsiya, o‘quv kinofilmlari, videofilmlar, EHMning ta’limiy, modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, ko‘rgaz- maning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritishi, ketma-ketlikda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi. Amaliy metodlar guruhiga kuzatish, tajribani tashkil etish va o‘tkazish, amaliy ishni bajarish metodlari kirib, ular mos holda, obyekt- larni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchi- larga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo‘ladi. Muammoli izlanish metodlari muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar o‘tkazish, muammoli vaziyatlarni hal 161 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL etish yuzasidan o‘quv farazlarini hosil qilish, o‘quv farazlarini isbotlash, obyektlarni taqqos- lash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘quv-tadqiqot tajribalarini o‘tkazish, o‘quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflash uslublarini o‘z ichiga oladi. O‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi induktiv, deduktiv, tah- lil, bosh g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan iborat bo‘lib: a) induktiv metod — xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, o‘quv- chilar faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish, muammoli topshiriqlarni berish uslubi; b) deduktiv metod — umumiy qonunlarni bayon qilish, o‘quvchilar- ning faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yo‘naltirish uslubi; d) tahlil metodi — axborotni anglab idrok etish, o‘rganilgan obyekt- larning o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, o‘rganilgan obyektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ular o‘rtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslubi; e) bosh g‘oyani ajratish metodi — o‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qis- mlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarish uslubi; f) qiyoslash metodi — qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtrish uslubi; g) umumlashtirish metodi — o‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamika- sini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarish uslublarini o‘zida mujassam- lashtiradi. Mustaqil ish metodlari guruhiga ko‘rgazma vositalari va dars- lik ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Ular tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, o‘quv faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o‘ quv mehnati malakalarini tarkib toptirish, namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari kiradi. Adabiyotlar ro’yxati 1.Sh.Q.Mardonov,A.Q.Raxmatullayeva.Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihal

Доказательный фрагмент

«Ichki muhit mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarni ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ichki muhit mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarni ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
EHM, mantiqiy metodlar., Muammoli ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники