Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZARAFSHON HUDUDIDA TARQALGAN CHAKANDA(HIPPOPHAE RHAMNOIDES L) MEVA TARKIBINING BIOKIMYOVIY KO‘RSATGICHLARI
Doston Gulboyev · Flora Kabulova · Noryigit Musulmonov
Современная наука и исследования · 65–71 · 2025
Аннотация
Hippophae rhamnoides L. urug‘i turli biologik faol moddalarga boy bo‘lib, ularning farmakologik va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati katta. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘simlik urug‘i yog‘i polikondenslangan yog‘ kislotalari, xususan, linol, linolen, olein va palmitin kislotalari bilan boyitilgan. Shuningdek, urug‘ tarkibida tokoferollar (E vitamini), fitosterollar, karotinoidlar, flavonoidlar va askorbin kislota kabi antioksidant moddalar aniqlangan. Ushbu biokimyoviy komponentlar hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qilish, yallig‘lanishga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, urug‘ yog‘i teri kasalliklari, yurak-qon tomir va oshqozon-ichak tizimi muammolarida muqobil terapiya sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur ish doirasida Hippophae rhamnoides urug‘i tarkibidagi asosiy biokimyoviy moddalarning tahlili va ularning biologik ahamiyati yoritilgan. Kalit soʻzlar: Hippophae rhamnoides, oziq-ovqat sanoati, antioksidant, polifenol, antibiotik o'rinbosar, saraton, linol, linolen, olein, fitosterollar, karotinoidlar, flavonoidlar, askorbin kislota antioksidanlar, teri kasalliklari, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak kasalliklari Kirish. O‘zbekistonning Zarofshon hududlarida o‘sadigan Hippophae rhamnoides L.(chakanda) o‘simligi o‘zining boy biologik tarkibi va dorivor xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu o‘simlikning meva va urug‘lari qadimdan xalq tabobatida yallig‘lanishga qarshi, immun tizimini mustahkamlovchi hamda teri kasalliklarini davolashda keng qo‘llanilgan. So‘nggi yillarda chakandaning kimyoviy tarkibi, ayniqsa uning meva va urug‘i asosida olingan mahsulotlar farmatsevtika, oziq-ovqat va kosmetologiya sanoatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Chakanda meva-urug‘larida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar tarkibiga askorbin kislotasi (vitamin C), tokoferollar (vitamin E), karotinoidlar, flavonoidlar, organik kislotalar, polifenollar, fitosterollar hamda muhim yog‘ kislotalari kiradi. Ayniqsa, meva va urug‘ yog‘i omega-3, omega-6 va omega-9 to‘yintirilmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmdagi bir qator muhim fiziologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Material va metodlar Ushbu tadqiqotda eksperimental material sifatida O‘zbekistonning Zarofshon hududlaridan yig‘ib olingan Hippophae rhamnoides L(chakanda) o‘simligining pishgan mevalari va urug‘lari ishlatildi. Namuna sifatida yangi uzilgan mevalar tozalanib, urug‘lar ajratib olindi va 40–45 °C haroratda tabiiy sharoitda quritildi. Quritilgan namunalar havo o‘tkazmaydigan idishlarda saqlanib, keyinchalik kimyoviy tahlil uchun tayyorlandi. Biokimyoviy tahlillar quyidagi metodikalar asosida olib borildi: Namlik miqdori – quritish usuli orqali aniqlandi (GOST 28561-90). Yog‘ miqdori – Soxlet ekstraktori yordamida efirli ekstraksiyalash usulida o‘lchandi. Vitamin C (askorbin kislotasi) – titrimetrik usul orqali aniqlandi. 142 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Flavonoidlar va fenolik birikmalar – spektrofotometrik usulda, aluminiy xlorid bilan kompleks hosil qilish asosida baholandi. Karotinoidlar – UV-spektrofotometriya orqali (λ = 450 nm) aniqlandi. Yog‘ kislotalari tarkibi – gaz xromatografiyasi (GC-MS) usuli yordamida tahlil qilindi. Fitosterollar va tokoferollar – yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli bilan aniqlandi. Tajribalar va natijalar Hippophae rhamnoides L meva va urug‘i tarkibidagi biokimyoviy moddalar, ularning miqdori va foydali xususiyatlari. Hippophae rhamnoides L. meva va urug‘lari tarkibida turli xil biologik faol moddalar to‘plangan bo‘lib, ularning har biri inson salomatligi uchun alohida ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi asosiy biokimyoviy komponentlar aniqlangan: 1. Askorbin kislotasi (Vitamin C) Miqdori: 200–250 mg/100 g (quruq meva massasida) Foydasi: Kuchli antioksidant, immunitetni oshiradi, kollagen sintezida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. 2. Tokoferollar (Vitamin E) Miqdori: 10–25 mg/100 g urug‘ yog‘ida Foydasi: Erkin radikallarni zararsizlantiradi, terini yoshartiradi, yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi. 3.Karotinoidlar (beta-karotin, zeaksantin) Miqdori: 30–40 mg/100 g Foydasi: Ko‘z salomatligini saqlaydi, terini quyoshdan himoya qiladi, A vitaminiga aylanish orqali immun tizimga foyda beradi. 4.Flavonoidlar va fenolik birikmalar Miqdori: 180–250 mg/100 g Foydasi: Yallig‘lanishga qarshi, qon tomirlarni mustahkamlovchi va qarish jarayonlarini sekinlashtiruvchi ta’sirga ega. 5.Yog‘ kislotalari (omega-3, omega-6, omega-7, omega-9) Miqdori: 8–12% (urug‘ tarkibida umumiy yog‘ miqdori) Linol kislota (omega-6): ~35–40% Olein kislota (omega-9): ~20–25% Palmitolein kislota (omega-7): ~15% Foydasi: Yurak faoliyatini yaxshilaydi, teri regeneratsiyasini faollashtiradi, metabolizmni tartibga soladi. 6.Fitosterollar (beta-sitosterol va boshqalar) Miqdori: 100–150 mg/100 g yog‘da Foydasi: Qon zardobidagi xolesterol darajasini pasaytiradi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini kama
Доказательный фрагмент
«Hippophae rhamnoides L. urug‘i turli biologik faol moddalarga boy bo‘lib, ularning farmakologik va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati katta. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘simlik urug‘i yog‘i polikondenslangan…»
Образец извлечения
Демо-превьюHippophae rhamnoides L. urug‘i turli biologik faol moddalarga boy bo‘lib, ularning farmakologik va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati katta. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘simlik urug‘i yog‘i polikondenslangan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- askorbin kislota antioksidanlar, linolen, antibiotik o'rinbosar, karotinoidlar, teri kasalliklari, linol, olein, oshqozon-ichak kasalliklari, polifenol, oziq-ovqat sanoati, saraton, Hippophae rhamnoides, flavonoidlar, yurak-qon tomir, antioksidant, fitosterollar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014