Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON VILOYATLARI MISOLIDA TANGACHAQANOTLILAR (LEPIDOPTERA) TURKUMINING O’RGANILISH HOLATI
Tursunova Shahlo Shodixo’jayevna · Raimova Malika Yormaxmatovna
Современная наука и исследования · 1962
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston viloyati hududlarida tarqalgan tangachaqanotlilar turkumi vakillarining o’rganilish holati haqida so’z boradi . Kalit so’zlar: Lepidoptera, Laothoe populi , terak arvohkapalagi, dendrofag lepidopter, Cossus cossus, tunlam kapalaklar, Nocituidae, Macroglossum stellatarum. Tangachaqanotlilarni o’rganish hozirda keng tarqalmoqda. Ulardan sanoatda ipak mahsulotlarini olish, gullarni ma’lum qismini changlatish, zararli va parazit turlarini o’rganish orqali agrar soha rivojlantirish, ba’zi noyob kapalaklar hozirda yo’qolib bormoqda, ularning oldini olish maqsadida o’rganilish holatini ko’rib chiqib, bu turlarni ko’paytirish, ular yashaydigan joylarni muhofaza qilish juda zarurdir. Kamayib borayotgan turlarni aniqlab, “Qizil kitob”ga kiritish zarur masalalardan bo’lib kelmoqda. Bu turlar yerlarning o’zlashtirilishi, zavod va fabrikalarning ko’payishi oqibatida, ulardan chiqadigan zaharli gaz va chiqindilarning atrof-muhit ifloslantirishi natijasida, ayrimlari noyob o’simliklarni yo’qolib ketishidan kamayib bormoqda. Shu sababli ko’plab olimlar tangachaqanotlilarni chuqur o’rganish kerakligini ta’kidlab, ularni o’rganib kelmoqda. O‘zbek olimlaridan V.V.Yaxontov (1962), J.A.Azimov (1993), A.Yusupov (1998), A.Sheraliyev (2001), M.R.Shermatov (2010), Sh.T.Xo‘jayev (2014), M.X.Bekchanov (2019), B.A.Sulaymonov (2020), M.X.Bekchanova (2022). Bekchanovning (2023) lepidopter hasharotlarini o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijalari dendrofaglarning ayrim turlari haqida ma’lumot beradi. X.O'.Bekchanov (2023) O'zbekistonning Shimoli-g'arbiy lepidopterofaunasida o'simliklarning hayot shakli bilan munosabatiga ko'ra dendrobiontlar - daraxt oziqlantiruvchilar 134 tur (51,34%), dendrotamnobiontlar - daraxt va buta oziqlantiruvchilar 48 tur bo'lganligini aniqladi. (18,4%) :V.V.Yaxontovning "O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi o'simliklari va mahsulotlariga qarshi kurash va zararkunandalar" (1962) ilmiy monografiyasida tarqalishi, biologiyasi va zarari haqida ma'lumot berilgan. manzarali daraxt va butalar hamda mevali daraxtlardagi zararkunandalar boʻlgan ayrim changlatuvchi hasharotlarning xossalarini keltirib chiqaradi. J.A.Azimov, D.A.Bekuzin, A.G.Davletshina, M.K.“Oʻzbekiston hasharotlari” (1993) rus tilidagi ilmiy ishida, Qodirovalar hammuallifligida dendrofag lepidopterlarning ayrim turlari haqida ma’lumotlar topilgan . A.Yusupov (1998) tomonidan chop etilgan ilmiy ishida tangachanotik hasharotlar Kossidalar oilasiga mansub hidli yog‘och o‘ymakorligi (Cossus cossus)ning zararlovchi xususiyatlari bilan yoritilgan [6]. M.Sh.Rahimov, Sh.N.Omonov “ Zarafshonning o’rta oqimi hududlarida Laothoe populi (Linnaeus, 1758) – arvohkapalagining bioekalogik xususiyatlari” nomli ilmiy maqolasida Zarafshon daryosining o’rta oqimi hududlarida tarqalgan Laothoe populi (Linnaaeus, 1758) - hudud uchun kam sonli tur bo‘lib, hududda o‘zining bioekologik xususiyatlarini to‘liq namayon eta oladi. Laothoe populi (Linnaeus,1758) ning ozuqa ilmiy maqolada Zarafshon daryosining o‘rta oqimi hududlarida tarqalgan Laothoe populi (Linnaeus,1758) – terak arvohkapalagining biologik, 137 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ekologik, xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Terak arvohkapalagi tadqiqot olib borilgano‘simliklarini rivojlanish jarayoniga bog‘liqligi haqida tadqiqot natijalari keltirilgan[6]. A.S.Xaytmuratov “ Yaylov tangachaqanotlilarining tur tarkibi” maqolasida, Oʻzbekistonning janubiy va markaziy hududlari yaylovlarida yashovchi hasharotlarning biologik xilma-xilligini oʻrganish maqsadida olib borilgan izlanishlar natijasida 11 ta kapalak turkumiga mansub 34 turdagi kapalaklar aniqlandi. Ulardan 10 ga yaqin hasharot turlari eng xavfli va zararli hisoblanadi[3]. M.R.Shermatov, M.M.Muhammedov “Farg’ona shahri dendrofag tangachaqanotlilarining (Insecta, Lepidoptera) ozuqa spektri va ekalogik guruhlari” maqolasida Farg‘ona shahri dendrofag tangachaqanotlilarining 16 ta (53,3%) turlari polifag, 13 ta (43,3%) turlari oligolifag, 1 ta (3,3%) tur esa, monofag ekanligi qayd etilgan. Dendrofag tangachaqanotlilarning 10 ta turi bahorgi-yozgi, 6 ta turi yozgi, 3 ta turi yozgi-kuzgi, 11 ta turi bahorgi-yozgi-kuzgi fenologik guruhga mansub ekanligi aniqlangan. Dendrofag tangachaqanotlilarning 15 ta (50%) turlari mezofil, 6 ta (20%) turlari evribiont, 9 ta (30%) turlari gemikserofil turlardan iborat[8]. M.R.Shermatov “ Tangachaqanotli hashorotlar (Insecta, Lepidoptera) arealining kengayib borishida muhit omillarining ahamiyati” maqolasida tangachaqanotli hasharotlarning tarqalishida antropogen, shamol, ozuqa o‘simligi hamda harorat omillarining o‘rni tahlil etilgan. Tut parvonasining Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tarqalishida inson faoliyati hamda shamol alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 1997-2001 yillar davomida tut parvonasinining yillik o‘rtacha tarqalish tezligi Farg‘ona vodiysining sharqiy hududlariga tomon 25,4 km ni tashkil etgan bo‘lsa, shimolga tomon bu ko‘rsatkich 14,6 km, janubiy sarhadlarga t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston viloyati hududlarida tarqalgan tangachaqanotlilar turkumi vakillarining o’rganilish holati haqida so’z boradi .»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston viloyati hududlarida tarqalgan tangachaqanotlilar turkumi vakillarining o’rganilish holati haqida so’z boradi . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Laothoe populi, Nocituidae, dendrofag lepidopter, tunlam kapalaklar, Macroglossum stellatarum., terak arvohkapalagi, Cossus cossus, Lepidoptera
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025