Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOVUL (CAPPARIS SPINOSA) O‘SIMLIGINING MORFOLOGIYASI, CHO‘LLANISH MUAMMOSINI YECHISHDA UNDAN FOYDALANISH VA KO‘PAYTIRISH USULLARI
O .G‘. Xurramov · S. R. Eshboyeva
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston hududidagi tog‘ yonbag’irlarida, adir va yaylovlarda, chala cho’llarida shuningdek,dunyoning issiq iqlimli mintaqalarida uchrovchi kovul (Capparis Spinosa) o’simligining morfologiyasi, anatomiyasi, o’simlikning kimyoviy tarkibi, farmatsevtika xalq tabobatidagi ahamiyati va uning global muammo hisoblangan cho’llanishga qarshi yechim sifatida qo’llaniladigan foydali tomonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Kovul, Capparis Spinosa, tioglikozidlar, steroid saponinlar, askorbin kislotasi, mirozin fermenti, kversetin, glikozid kapparidin, staxidrin. Kirish. Kovul, kovar (Capparis Spinosa) kovuldoshlar (Capparaceae) oilasiga kiruvchi yoyilib o’suvchi ko’p yillik o’simlik hisoblanadi. Uning poyasi shoxlangan, yotiq, tikanli bo’ladi. Poyaning uzunligi 1, 5-2 ba’zan 2,5m ga ham boradi. Uning barglari ovalsimon, tuxumsimon ko’rinishda barglarning kattaligi va qalinligi ekologik sharoitga qarab har xil bo’ladi. Poyada asosan ketma-ket joylashadi, barg chetida sarg’ish yonbargchalar mavjud. Gullari yakka, yirik, oq rangda [1]. Ildiz tizimi yog’on va yog’ochlashgan 70 sm; ilmiy tadqiqotlar asosida ekologik sharoitning har xilligiga ko’ra ba’zi joylarda 1, 5-2 m chuqurlikkacha kira oladi. Kovul o’simligining ildizi tuproq ostiga chuqurroq kirishi uchu ya’ni u gips, sho’rxok tuproqli joylardagi to’siqlarni eritib yuboruvchi kislota ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham uni har qanday asfaltlangan, betonlangan, hududlarda ham uchraydi [2]. 1-rasm.Tikanli kovul o’simliging umumiy tuzilishi. 117 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 2-rasm. Kovul o’simligining mevasi. Kovul mevasi tarkibida 18 % oqsil,36 % gacha moy (lipid) mavjud,bundan tashqari, 32.9- 33% uglevod uchraydi. Uning tarkibida yana tioglikozidlar, steroid saponinlar, rutin, askorbin kislotasi (23-57 mg %), Shakar (saxaroza 12,7% gacha) mirozin fermenti, qizil ferment, efir va yog’li moylar, yod topilgan; gullar va kurtaklarda saponinlar, rutin (0,32%gacha) kversetin, askorbin kislotasi ( 150 mg gacha) rang beruvchi moddalar, ildizlarda glikozid kapparidin, po’stlog’ida va barglarda staxidrin mavjud. Kovulning ko’pchilik morfofiziologik xususiyatlari uning tarqalishi bilan bog’liq. U asosan O’rta Osiyo shuningdek, O’zbekistonning yaylov, adir, cho’l va chala cho’l zonalarida, tog’ va tog’oldi hududlarida uchraydi. Bulardan tashqari, kovul o’simligi tabiiy holda O’rtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, Pokiston va Hindistonda keng tarqalgan. Bu o’simlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiyada va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bo’lib, lanshaftning bezagi hisoblanadi. O’simlikninh nomi Erondagi Dashti Kavirdan olingan hisoblanib, bu hududda kovul eng ko’p uchraydi. Ildizlarning po’stlog’i, gullari, kurtaklari va kovul mevalari dorivor maqsadda ishlatiladi. Ildizlarni kech kuzda, kurtaklari va gullari may-iyun oylarida, mevalari iyul-avgust oylarida yig’ib olinadi [4; 6]. Kovulni su’niy sharoitda ham o’stirib, plantatsiyalar ham tashkil etish mumkin. U qishloq xo’jaligi ekinlarni o’stirishga yaroqsiz bo’lgan quruq va qumli yoki qumloq yerda o’stiriladi. Yer oddiy usulda tayyorlanadi; yer kavlanadi, o’g’it (N-60,P-90,K-45/ga) solinadi, kuzgi shudgor paytida yer 27-30 cm chuqurlikda haydaladi. Mart-aprel oylarida ekiladi, qatorlar orasi 70 cm bo’ladi, qatorda ko’chatlar 40-50 cm oralatib ekiladi. Kovul oddiy parvarish qilinadi: vaqti-vaqti bilan 6-10 cm chuqurlikda chopiq qilinadi, o’toq qilinadi. Ayniqsa, quruq kunlarda sug’oriladi (10 m kvadrat maydonga 300-350 l suv). To’g’ri parvarishda, kovul ekilgandam keyin 3-4 yilda maksimal hosilga kiradi. Bir marta ekilgan kovul 10 yildan ortiqroq hosil berishi mumkin. Bu o’simlikni yetishtirish uchun o’g’it talab etilmaydi. Aslida, kovul oziqa moddalari yetishmaydigan tuproqlarda yaxshi o’sadi.Kovulni uy sharoitida ham o’stirish mumkin. Tadqiqot uslubiyati. Tikanli kovul (Cappris Spinosa) o’simligi ustida o’tkazilgan ilmiy- amaliy tajriba ishlari asosan, tabiiy muhitda o’rganildi, xususan, Jizzax viloyati Forish tumani dashtliklarida, cho’l va chala cho’llarida; Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumani Uklon qishlog’i yaqinidagi adirlarda o’rganildi. Shu sababli ko’proq morfologik kuzatishlar, o’simlikning unib chiqishi, uning vegetatsiyasi kuzatish usuli yordamida amalga oshirildi. Keyinchalik o’simlikdan namunalar olinib, ekologik, biometrik, biokimyoviy usullar orqali labaratoriyada ishlov berildi. 118 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 3-rasm. Kovul o’simligi (Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani) 4-rasm.Tikanli kovulning g’unchasi. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Kovul o’simligining bir yillik vegetatsiyasi, morfologiyasi, fiziologiyasini o’rganish natijasida shular aniqlandiki, bu o’simlik yuqori harorat mavjud bo’lganda o’z vegetatsiyasini maksimal ravishda o’tkazib, o’simlikning bitta katta tupida 31 tagacha g’uncha hosil bo’lib gullashi aniqlandi. Shuningdek, o’simlikning Samarqand va Jizzax
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston hududidagi tog‘ yonbag’irlarida, adir va yaylovlarda, chala cho’llarida shuningdek,dunyoning issiq iqlimli mintaqalarida uchrovchi kovul (Capparis Spinosa) o’simligining morfologiyasi, anato…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston hududidagi tog‘ yonbag’irlarida, adir va yaylovlarda, chala cho’llarida shuningdek,dunyoning issiq iqlimli mintaqalarida uchrovchi kovul (Capparis Spinosa) o’simligining morfologiyasi, anato… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Capparis Spinosa, steroid saponinlar, tioglikozidlar, kversetin, askorbin kislotasi, Kovul, mirozin fermenti, staxidrin., glikozid kapparidin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025