Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARGA ICHKI SEKRETSIYA MAVZUSINI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Ongarov Mansurbek Bayrambekovich · Yakubova Sevinch Abdunabi qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish fanni o‘qitish sifatini yanada yaxshilaydi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklaridan biri bu faoliyatning yangiligi, kompyuter bilan ishlashga qiziqishi tufayli o‘quv sifatini oshirishdir. Darslarda kompyuterdan foydalanish o‘quvchilarning faol va mazmunli ishlarni tashkil etishning yangi usuliga aylanib, darslarni yanada foydali va qiziqarli qiladi. Kalit so‘zlar: sekretsiya, axborot, texnologiya, tasavvur, idrok, multimedia, animatsiya, vizual, samaradorlik, ilmiy dunyoqarash, internet, diqqat, stress. Mavzuning dolzarbligi, ichki sekretsiya bezlari mavzusini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning ahamiyati katta. Bundan tashqari, AKT ning qo‘llanilishi o‘qituvchiga har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlashda va ularga individual yondashishda yordam beradi, bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Ichki sekretsiya tizimi organizmning gormonal muvozanatini ta’minlab, uning barcha biologik jarayonlarini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu mavzuni o‘rganish o‘quvchilar uchun muhim, chunki ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar organizmning o‘sish, rivojlanish, moddalar almashinuvi va ruhiy holat kabi jarayonlarni boshqaradi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi to‘xtaladigan bo‘lsak o‘quvchilarga ichki sekretsiya mavzusini o‘qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishga doir quyidagi olimlar mavzuni atroflicha o‘rganishgan jumladan; V. Raximovning “Endokrin tizim va uning asoslari” nomli kitobida ichki sekretsiya bezlarining turlari, ularning fiziologik vazifalari va inson salomatligidagi ahamiyati haqida keng yoritilgan. Kitob ichki sekretsiya tizimining boshqa organlar bilan o‘zaro aloqasini ham tavsiflaydi. N. T. Usmonovning “Anatomiya va fiziologiya asoslari” darsligida ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, ularning boshqaruv tizimidagi roli va turli gormonlarning ta’sir mexanizmi haqida tushuntirishlar berilgan. Ushbu asar o‘quvchilarga ichki sekretsiya bezlarining organizmda qanday ishlashini tushunishga yordam beradi. Z.Sh. Abduvaliyevaning “Gormonlar va ularning ta’sir mexanizmlari” kitobida ichki sekretsiya bezlarining chiqaradigan gormonlari va ularning organizmda o‘ynaydigan roli haqida ma’lumot berilgan. Muallif gormonlarning ta’sir doirasi va ularning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini batafsil bayon etgan. H. K. Eshonovning “Biologiya va endokrinologiya” nomli darsligida ichki sekretsiya tizimi orqali organizmning fiziologik jarayonlari qanday boshqarilishi haqida keng ma’lumot berilgan. Ushbu kitobda ichki sekretsiya tizimining boshqa tizimlar bilan aloqasi haqida ham fikr yuritilgan. S. I. Jalilovning “Gormonlar va ularning organizmdagi o‘rni” nomli 101 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ilmiy maqolasida ichki sekretsiya bezlarining chiqaradigan gormonlari va ularning nerv tizimi bilan aloqasi haqida ilmiy yondashuv keltirilgan. Ushbu maqola ichki sekretsiya tizimini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. R. M. Xalilov va F. T. Karimovning “Endokrin tizim asoslari” kitobida ichki sekretsiya bezlarining anatomiyasi va ular chiqaradigan gormonlarning organizmda qanday ta’sir etishi haqida kengroq tushuntirishlar keltirilgan. Mualliflar endokrin bezlarning har birini alohida ko‘rib chiqadi. M. M. Bozorovning “Odam fiziologiyasi” kitobida ichki sekretsiya bezlari orqali organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar haqida yoritilgan. Asar o‘quvchilarga ichki sekretsiya tizimining organizmdagi asosiy vazifalari haqida tushuncha beradi. Asosiy qism, odam organizmida endokrin tizimning o‘rni va ahamiyati juda muhim bo‘lib, ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar organizmning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi. Endokrin tizimi o‘quvchilarga tanishtirilayotganda, uning tuzilishi, vazifalari va odam salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish zarur. Oʻquvchilarga “Ichki sekretsiya bezlari” mavzusini axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) orqali o‘rgatish ularning bilimini yanada mazmunli va qiziqarli tarzda shakllantiradi.[ 3-2020. - 223 b.] Bu jarayonda o‘quvchilarning mavzuga chuqur kirishishi, mustaqil izlanishi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli xil texnologiyalardan foydalanish mumkin. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) ta’limda qo‘llanilishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi. AKT vositalari mavzuni yanada tushunarliroq o‘rganishga imkon beradi. Ko‘pgina biologik jarayonlar murakkabdir. Tasavvurli fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar mavhum umumlashtirishni o‘zlashtirishda qiynaladilar. Multimedia animatsion modellari o‘quvchilar ongida biologik jarayonni ajralmas manzarasini shakllantirishga imkon beradi, interfaol modellar esa jarayonni mustaqil ravishda “qurish”, xatolarni tuzatish va mustaqil o‘zlashtirishga imkon beradi. Buning natijasida, innovatsion ta
Доказательный фрагмент
«Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish fanni o‘qitish sifatini yanada yaxshilaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBiologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish fanni o‘qitish sifatini yanada yaxshilaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stress., ilmiy dunyoqarash, multimedia, internet, axborot, tasavvur, texnologiya, animatsiya, vizual, samaradorlik, diqqat, sekretsiya, idrok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026