К содержанию
РецензированоUZ2025

CHO‘LLANISH JARAYONI VA UNING EKOLOGIK JIHATLARI

Norqulov U.V. · Tillaboyeva M.M. · Botirov X.F

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada Zarafshon hoxasi sharoitida cho‘llanish jarayonining yuzagakelishidagi ekologik xavflar haqida va uni bartaraf etishning ekologik chora-tadbirlari to‘g‘risida tegishli fikr- mulohazalar bildirilib, shular asosida mantiqiy hulosa qilingan hamda uning salbiy oqibatlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan; Kalit so‘zlar: cho‘llanish, ekologik muammolar, tuproqning sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligi,foydalanish jihatlari; Kirish. Ma’lumki, ilmiy ma’lumotlarga ko’ra oxirgi o‘n yilliklarda dunyo bo‘yicha turli darajada tabiiy ofatlar va ekologik buxronlarga duch kelmoqdamiz va bularga masalan,iqlimning anomal o’zgarishi,suv toshqini va ifloslanishi, zilzila hamda qurg‘oqchilikkabi salbiy holatlarni tez- tez kuzatish mumkin. Bu esa pirovard natijada, butun yer yuzi aholisi va mamlakatlar rivojiga o’ta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirda yer resurslarining 97 %i jahon aholisini moddiy ne’matlar, ya’ni oziq-ovqat, ichimlik suvi, qurulish materiallari, sanoat korxonalarini esa qimmati xoashyozahirasi bilan ta’minlaydi. Biroq shunday bo’lsa-da,afsuski, yer ekotizimlarini, ayniqsa, umumiy yer maydonining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi lalmi yerlar maydoni noto’g’ri foydalanishi oqibatida antropogen omillar ta’siri yil sayin kuchayib bormoqda. Ayniqsa,qurg‘oqchilik, yerlarning degradatsiyasi,cho’llanish va ulardan betartib foydalanish amaliyoti va suvni noto‘g‘ri boshqarish, biologik xilma-xillikning qisqarishi,iqlim o‘zgarishi kabi omillar bugun dunyoning 165 dan ortiq mamlakatlarini qamrab olganini hisobga olsak, ushbu muammo global tusgaga ega ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 17 million gektar, 1 daqiqada esa 25 gektar hosildor yer cho‘lga aylanib bormoqda. Yana bir jihat, so‘nggi 300 yil ichida cho‘llashish yer yuzining 87 foizida o‘z salbiy asoratini qoldirgan va jumladan ulardan 54 foizi so‘nggi 100 yil ichida sodir bo‘lgan. Bunday jarayon ayniqsa Janubi-sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida hamon davom etmoqda. Agarda bunday jarayon shu alfozda davom etsa 2050-yilga borib yer yuzasining 95 % i yaroqsiz holga kelish mumkinligi bashorat qilinmoqda. Shunday qilib,yuqoridagilar asosida xulosa qilish mumkinki,cho’llanish va yerlarning degradatsyasi ishlab chiqarish korxonalari,sanoat va ayniqsa qishloq xo’jaligida yuz sodir bo’layotga cheklanishlarning oldi olinmas ekan va ekologik muammolarni bartaraf qilmas ekanmizona sayyoramiz vorislari ya’ni insoniyat 8.2 mlrd. bo’lishidan qat’iy nazar ertangi kunimiz va bulg’usi yosh avlod hayot- faoliyati tahdid ostida qolaveradi,deyish mumkin,albatta. Tadqiqot uslubiyati. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgi vaqtda 22 mln. gektar yer cho‘llanishga moil hudud hisoblanadi. Yaylovlarning 43% esa inqirozga uchrab cho‘llanib bo‘lgan. O‘zbekistonda 4.2 mln. gektar yer sug‘oriladigan yerlar bo‘lib har yili yerdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida bu yerlar maydoni qisqarib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida,tuproq unumdorligi,uning 98 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” hossa- hususyatlariga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda va bunga misol tariqasida sug’oriladigan yerlarimizning qariyb 60% i u yoki bu darajada eroziyaga uchragan va qisman sho’rlangandir. Yuqoridagilar asosida biz vohamizga qarashli bo’lgannurrobot tumani hududiga ekspeditsya uyushtirib,cho’l sharoitida tuproq xolati,yaylov o’simliklari va ularning qum hamda tuproq tiplarini mustahkamlahdagi o’rni va ahamiyatini o’rgandik.Ayniqsa kuzatuvlarimizda buta va yarimbuta o’simliklaridan cherkez,qandim,saksovul,singren va shuvoq o’simliklari bo’yicha kuzatuvlar olib bordik. Bunda cho’l o’simliklarining o’sish va rivojlanish fazalari hamda mahsuldorligi kuzatildi,ularning tup soni esa transekt usulida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari va tahlili. Cho‘llanishning salbiy oqibatlari ayniqsa, tuproqning degradatsiyalanishi va biologik xilma-xillikning kamayishi genofondning o‘zgarishi, hayvonot olamiga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari cho‘llanish jarayoni aholining turmush tarzi va salomatligi, shuningdek,tabiy yaylov va pichanzorlar bilan bog’liq aholi qaylami va cho’pon-cho’lixlarning ish faoliyati,chorva maxshulotlarini yetishtirish zahirasiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi. Cho‘llanish natijasida o‘simlik turlarining keskin kamayishidan tashqari cho’l sharitiga moslashgan nafaqat endemik,balkim boshqa turlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Kuzatuvlarimizga ko’ra tekislik mintaqasida o’zlashtirilgan va haydaladigan yerlarda ananaviy qo’y boqishning tartibsiz usuli natijasida floramiz tarkibidan mustaxkam o’rin olgan atlas va qora rangdagi lola turlari,chuchmoma va lolaqizg’aldoqlarning nisbatan kamyob ekanligi kuzatildi. Bundan tashqari ayniqsa past-tekislik mintaqasida ihota daraxtzorlarining yo’qligi qum ko’chishi va hatto yer yuzasining samol eroziyasiga uvhrasi kabi holatlar ham kuzatildi. Tuproq tarkibidagi mikro va makro faunaning kamayishi esa ,tuproqda o’sadiga o’simliklar,ya’ni chorva mollari uc

Доказательный фрагмент

«Maqolada Zarafshon hoxasi sharoitida cho‘llanish jarayonining yuzagakelishidagi ekologik xavflar haqida va uni bartaraf etishning ekologik chora-tadbirlari to‘g‘risida tegishli fikr- mulohazalar bildirilib, shular aso…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Zarafshon hoxasi sharoitida cho‘llanish jarayonining yuzagakelishidagi ekologik xavflar haqida va uni bartaraf etishning ekologik chora-tadbirlari to‘g‘risida tegishli fikr- mulohazalar bildirilib, shular aso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik muammolar, foydalanish jihatlari, tuproqning sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligi, cho‘llanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники