Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O‘QUVCHILARINING OVQAT HAZM QILISH AZOLARIDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLARNI OLDINI OLISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA ODATLANTIRISH
TARZIGA ODATLANTIRISH · Ongarov Mansurbek Bayrambekovich · Sirojiddinova Aziza Abdumannon qizi · Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish sog‘lom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ta’lim muassasalarida pedagoglar tomonidan o‘quvchilarda sog’lom turmush tarzi tushunchalarini shakllantirish hamda to‘g’ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yishlarida amaliy ko‘rsatmalar berishning yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Kalit so‘zlar: kun tartibi, ovqatlanish rejimi, oshqozon-ichak kasalliklari, ishtaha, vitaminlar. Mavzuning dolzarbligi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom qilib tarbiyalash har bir davlatning asosiy vazifasidir. Chunki ma’naviy va jismonan sog‘lom avlodlar mamlakatning asosiy tayanchi va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shishadi. Hozirgi kunda Respublikamiz bo‘yicha yosh avlodni salomatligi bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, O‘zbekistonda 2025-yilgacha mo‘ljallangan “Yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi” da yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga doir qarorlar qabul qilindi. Bolalarning o‘sishi va rivojlanishi kuzatib borish ularning o‘quv boshqaruvida va sog‘ligida muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi to‘xtaladigan bo‘lsak quyidagi olimlar mavzuni atroflicha o‘rganishgan jumladan; - A.E. Eshonqulov va Sh.M.Ahmedovlar muallifligida yozilgan “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” [98-115-b.] darsligida ovqat hazm qilish azolarining tuzilishi, anatomik va fiziologik xususiyatlari, vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. - D.A.Mamatkulovning “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari” [75-95-b.] kitobida hazm qilishning yoshga bog’liq xususiyatlari, bolalarning ovqatlanish tartibi va gigiyenasi hamda ularda kechadigan fiologik jarayonlar: oqsillar almashinuvi va sintezi, energiya sarfi haqida ma’lumotlar keltirilgan. - S.O.Safarova, A.I.Raxmatullayevlarning “Tibbiy bilim asoslari” [140-157-b.] nomli o‘quv qo‘llanmasida me’da va ichakning yuqumli kasalliklari: o‘tkir va surunkali gastrit, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, ichakning yallig’lanish kasalliklari enterit, kolit, o‘t yo‘li kasalliklari hamda ularning kelib chiqish sabablari, kasallik belgilari, oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. - D.A.Mamatqulov, I.T.Azimov, G.A.Shaxmurova “Odam anatomiyasi, fiziologiyasi va antropologiya” [61- 63-b.] o‘quv darsligida ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va funksiyasi, fiziologiyasi, ovqatning hazm bo‘lishida fermentlarning roli va ahamiyati to‘g’risida fikr yuritilgan. - Professor N.M.Shavazi tahriri ostidagi “Bolalar gastroenterologiyasi” [16-41-b.] kitobida bolalarda uchraydigan surunkali gastrit, o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalliklari, ingichka va 95 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL yo‘g‘on ichak kasalliklari, pankreatit va o‘t yo‘llari kasalliklari kelib chiqish sabablari, etiologiyasi, oldini olish va davolash chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar berilgan. Asosiy qism Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish bugungi kunda Respublikamizdagi barcha ta’lim maskanlari uchun dolzarb va muhim masalalardan biri sanaladi. Chunki sog‘lom ovqatlanish sifatli ta’lim olishnin garovidir. Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajakdir. Yoshlarimizning barkamol o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Shunda ular Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “ bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘ladi”.[1]. O‘sib borayotgan yosh organizmning ovqat hazm qilish tizimi o‘ziga xos bo‘lganligi sababli ovqatlanish tarzi ham alohida ahamiyatga ega. Maktab yoshidagi bolalarda oshqozon buzilishi tez- tez uchraydi. Bunga sabab noto’g’ri ovqatlanishdir. Ertalab maktabga shoshayotgan bolaning yaxshilab ovqatlanishga vaqti va sabri yetmaydi, peshinda ovqatlanib olish uchun berilgan pulni bola kompyuter o’yinlariga yoki shirinliklarga ishlatishni afzal biladi. Natijada bolaning oshqozoni ishdan chiqishni boshlaydi, fermentlar faoliyati buziladi, oshqozon osti bezi funksiyasi yomonlashadi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish sog‘lom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ovqatlanish rejimi sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lib, uni bolalikdan singdirib borish kerak. Belgilangan vaqtlarda yeyish odati shunga olib keladiki, ovqat yeyish mahali yaqinlashganda odam ochlikni his qila boshlaydi va ishtaha bilan ovqatlanadi. Bu esa hazm qilish yaxshilanishig
Доказательный фрагмент
«Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’min…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’min… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vitaminlar., kun tartibi, oshqozon-ichak kasalliklari, ishtaha, ovqatlanish rejimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025