К содержанию
РецензированоUZ2020

SIRDARYO VILOYATIDA VEGETATSIYA QOPLAMIINING NDVI KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA TAHLILI

KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA TAHLILI · Musurmanov Nurbek Ummatqul oʻgʻli

Современная наука и исследования · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati hududida 2020-yilgi masofaviy zondlash (MZ) ma’lumotlari asosida olingan NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Vegetatsiya qoplamining zichlik darajasi, qishloq xo‘jaligi uchun qulay zonalar hamda suv resurslari bilan bog‘liq hududlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari viloyatdagi yer resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini belgilashga xizmat qiladi. Kalit so‘z: Sirdaryo viloyati, vegetatsiya qoplami, NDVI, vegetatsiya holati, sun’iy yo‘ldosh,yashillik darajasi. Kirish.Vegetatsiya holatini o‘rganishda NDVI indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeks fotosintez faolligi asosida o‘simliklarning holatini baholaydi va -1 dan +1 gacha qiymatga ega. Mazkur tadqiqot Sirdaryo viloyatining vegetatsiya holatini 2020-yilgi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida xaritalashga qaratilgan. Tadqiqot obyekti va metodologiyasi Tadqiqot obyekti sifatida Sirdaryo viloyati tanlandi. NDVI xaritasi Landsat 8 kabi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan olingan. Xaritada vegetatsiya quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tasniflangan:  -0,17 – 0: Suv ob’ektlari (ko‘k rang)  0 – 0,11: Namlik yuqori va siqilgan hududlar  0,11 – 0,2: Bo‘sh yerlar va texnogen obyektlar  0,2 – 0,3: Siqilgan o‘simliklar  0,31 – 0,55: Zich vegetatsiya (quyuq yashil rang) Xarita 1:500000 masshtabda tuzilgan bo‘lib, viloyatning tumanlararo chegaralari, avtomobil va temiryo‘l liniyalari ham ko‘rsatilgan. 77 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Tahlil va natijalar Xarita tahliliga ko‘ra:  Vegetatsiya zichligi 54,3% ni tashkil etadi. Bu viloyat hududining yarmi o‘simliklar bilan qoplanganligini anglatadi.  Eng zich vegetatsiyali hududlar Guliston, Boyovut, Paxtaobod va Sayxunobod tumanlarida qayd etilgan.  Suv ob’ektlari – Sardoba suv ombori va Sirdaryo daryosi bo‘yidagi hududlar, xaritada ko‘k rangda ifodalangan.  Texnogen hududlar – temiryo‘l, avtomobil yo‘llari va aholi punktlari atrofida joylashgan.  Siqilgan vegetatsiya zonalari – asosan sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullaniladigan yerlardir. Mazkur holat Sirdaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanilayotganini ko‘rsatadi. NDVI ko‘rsatkichlari dehqonchilik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 78 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Yuqoridagi diagramma Sirdaryo viloyatida 2020-yilda kuzatilgan NDVI ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlarning taqsimlanishini grafik ko‘rinishda ifodalaydi. Diagrammadagi ma’lumotlar quyidagilarni anglatadi:  Zich vegetatsiya (0.31–0.55): 30%  Siqilgan vegetatsiya (0.2–0.3): 25%  Texnogen obyektlar va bo‘sh yerlar (0.11–0.2): 30%  Namlik yuqori va siqilgan hududlar (0–0.11): 10%  Suv ob'ektlari (-0.17–0): 5% Xulosa NDVI indeksining 2020-yilga oid tahlili Sirdaryo viloyatida o‘simlik qoplamining barqarorligini ko‘rsatadi. Sug‘oriladigan yerlar va suv manbalari yaqinida vegetatsiya zichligi yuqori bo‘lib, bu hududlarning qishloq xo‘jaligi salohiyati yuqoriligini anglatadi. Ushbu tahlillar yer resurslarini boshqarishda, ekologik monitoringda va agrotexnik choralarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. www.1yex.uz. 2.Karshibayeva L.K., Egamqulov H.E. Sirdaryo viloyati geografiyasi darslik Toshkent- 2024. 3. M.R Masharipovich.,N.U.Musurmanov Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan yerlarni sho‘rlanganligi va ularning tuz rejimini baholash 4.Musurmanov, N. (2022). Sirdaryo viloyati–o 'ziga xos turistik obyekt sifatida. Menejment va iqtisodiyotda ijtimoiy muammolarni hal qilish , 1 (4), 34-41. 5.Erkaboyevich, E. K. (2025). Sirdaryo viloyati turist imkoniyatlari. Innovatsion tadqiqotlar samaraliligini ortalash uchun model va usullari , 4 (43), 201-206. 79

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati hududida 2020-yilgi masofaviy zondlash (MZ) ma’lumotlari asosida olingan NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati hududida 2020-yilgi masofaviy zondlash (MZ) ma’lumotlari asosida olingan NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yashillik darajasi., Sirdaryo viloyati, NDVI, sun’iy yo‘ldosh, vegetatsiya qoplami, vegetatsiya holati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники