Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHILONJIYDA (ZIZIPHUS JUJUBA MILL.) NING INTRODUKTSIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Современная наука и исследования · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada Ziziphus jujuba Mill., ning Qoraqog‘iston Respublikasi iqlim va tuproq sharoitiga chidamli va istiqbolli bo‘lgan navlarini introduktsiya qilish bayon etilgan. Ushbu qurg‘oqchil mintaqada ko‘p maqsadli istiqbolli subtropik o‘simlik yetishtirish imkoniyati ko‘rsatildi. Kalit so‘zlar: ziziphus jujuba Mill, intensiv, chilonjiyda, unabi, introdusent, biologik, ekologik, flora, yovvoyi, sho‘rlanishga chidamli, degradatsiya. Hozirgi kunda dunyo miqyosida unabi (Ziziphus jujuba Mill.) bog‘larining maydoni 410 ming gektardan ortiq, shu jumladan yalpi hosil 7,5 mln tonnani tashkil qiladi. Chilonjiyda daraxti qadimdan boshlab boshqa davlatlarda yetishtirib kelingan va Janubiy hamda Sharqiy Osiyo, Janubiy Evropa, Yaponiya va Avstraliya mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu bilan Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog‘ va adirlarining quyoshli, quruq hududlarida tarqalgan va hozirgacha 400 ga yaqin bo‘lgan navlari ma’lum [4]. O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora tadbirlari tog‘risida” gi qarorida sohani rivojlantirish istiqbollari va respublikamizda yangi mevali o‘simlik turlarini kengaytirish masalalari belgilab qo‘yilgan. Keyingi yillarda Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, AQSH, va Rossiya singari davlatlarda unabining hosildor va noqulay iqlim sharoitlarga chidamli intensiv holdagi navlarini yaratish katta miqyosida bog‘larni tashkil etish, sifatli meva va yuqori hosil olish bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi kungacha Xitoyda unabining bir qancha navlari yaratilib ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ushbu yangi navlarning bir qanchasi intensiv tipda bog‘ yaratishga mo‘ljallangan navlar hisoplanadi. Respublika hududida unabi plantatsiyalarini tashkil etish va yuqori sifatli sho‘rga va sovuqqa chidamli o‘simliklarni introduktsiya etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada xorijdan keltirilgan ko‘chatlarni ekish intensiv tipdagi ko‘chatlardan bog‘lar barpo etish va ularning o‘sish fazalarini inobatga olgan holda alohida e’tibor qaratish kerak. Qoraqolpog‘iston Respublikasi iqlim va tuproq sharoitida chilonjiyda (Ziziphus jujuba Mill.) ning introduktsiyasi va bioekologik xususiyatlarini aniqlash ilmiy tadqiqotlarining natijasi mazkur hudud florasidagi o‘simliklar xilma-xilligini boyitish bilan birga o‘sha hudud mahalliy ishlab chiqarish tarmog‘ining oziq-ovqat va o’simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan extiyojini istiqbolli introdusent o‘simlikning xom-ashyosi bilan to‘ldiradi. Tatqiqotni ob’ekti va uslubiyati : Chilonjiyda (Унаби обыкновенный) - Ziziphus jujuba Mill., jumrutdoshlar - Rhamnaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2-5 m boladigan tikanli daraxt. Barglari cho‘ziq tuxumsimon, tishsimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarida 63 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, sariq rangli, ko‘rimsiz gullari barg qoltig‘idan o‘sib chiqqan yarim soyabonga joylashgan. Mevasi to‘q sariq-qizil rangli, dumaloq yoki bir oz cho‘ziq, nordonshirin mazali danakli meva. Chilonjiyda iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. Chilonjiyda yovvoyi holda Xitoy, Markaziy Osiyo va Kavkaz tog‘larida, ularning o‘rta qismidagi quruq qiyaliklarda o‘sadi. O‘zbekistonda chilonjiyda yovvoyi holda To‘polang daryosi havzasida uchraydi. Xalq tabobatida chilonjiydaning bargi va mevasi ishlatiladi. Bargini o‘simlik gullaganda va mevasi pishishidan oldin yig‘iladi va soya yerda quritiladi. Mevasi yaxshi yetilib pishgandan keyin yig‘ib olinadi va ochiq havoda - quyoshda quritiladi. Chilonjiyda bargi tarkibida 0,36% saponinlar, 3,7% flavonoidlar (rutin, giperozid, kvcrsimeritrin), 6,6% qandlar, 292,5 mg% S vitamini, smolalar, 9,46% oshlovchi moddalar, mevasida — 30% gacha qandlar, 25% gacha organik kislotalar, 3,5% flavonoidlar (rutin va boshqa), S vitamini, oshlovchi moddalar bor [2;18-b]; [3;24-b.]. Ushbu tadqiqot bo‘yicha ta‘jribalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolboyi Xalqaro innovatsiya markazida olib borilmoqda. Tadqiqot obe’kti sifatida chilonjiydaning 2 yillik ko‘chatlari Та-ян-цзао (st), У- син-хун, mayda mevali Мелкоплодный кислый №1, yovvoyi shakillari introduktsiya etildi. №1 a) Мелкоплодный кислий, b) У-син-хун, c) Та-ян-цзао 1-rasm. Chilonjiyda navlari urug‘lari va mevalarining ko‘rinishi Katta mevali navlar: Та-ян-цзао (st), - xitoy navi, o'rta bo’yli daraxt, yoyilgan toj, tikansiz yon kurtaklar, yirik mevalar, vazni 50 g gacha (o'rtacha 13-16 g); O'rta mevali navlar: У- син-хун, 10-15 g mevali sovuqqa chidamliligi katta mevali navlarga qaraganda yuqori; Kichik mevali: Мелкоплодный кислий, yovvoyi chilonjiyda yuqori hosildorlik, yaxshi qishga chidamlilik, past shakar miqdori bilan ajralib turadi. Xulosa. Mazkur unabi o‘simligi haqida aytish mumkinki Qor
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ziziphus jujuba Mill., ning Qoraqog‘iston Respublikasi iqlim va tuproq sharoitiga chidamli va istiqbolli bo‘lgan navlarini introduktsiya qilish bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ziziphus jujuba Mill., ning Qoraqog‘iston Respublikasi iqlim va tuproq sharoitiga chidamli va istiqbolli bo‘lgan navlarini introduktsiya qilish bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sho‘rlanishga chidamli, unabi, ziziphus jujuba Mill, chilonjiyda, introdusent, yovvoyi, intensiv, ekologik, degradatsiya., flora, biologik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026