К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA TAʼLIMIDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA PSIXOPEDAGOGIK ASOSLARI

Ibodullayeva Baxora Xamidullayevna · Ismatullayeva Bahor Sherzod qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada biologiya fanini zamonaviy taʼlim texnologiyalari, xususan didaktik oʻyinlar asosida oʻqitishning afzalliklari, samaradorligi hamda psixopedagogik asoslari tahlil qilingan. Xorijiy tajriba asosida interfaol va oʻyinli usullarning oʻquvchilarning fanga qiziqishi, bilim sifati hamda darsdagi faolligini oshirishga ijobiy taʼsiri koʻrsatib oʻtilgan. Didaktik oʻyinlar orqali oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va ijtimoiy faollik rivojlanishi taʼkidlangan. Mazkur yondashuv biologiya darslarini mazmunli tashkil etish va oʻquvchilarda barqaror motivatsiyani shakllantirishda muhim omil sifatida baholangan. Kalit soʻzlar: biologiya taʼlimi, zamonaviy taʼlim texnologiyalari, didaktik oʻyinlar, interfaol metodlar, oʻquvchilarning faolligi, bilim sifati, mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv. Biologiya fani inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Chunki inson har kuni tabiat bilan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bilan bevosita aloqada boʻladi. Shu sababli biologiya darslarini qiziqarli, mazmunli va samarali tashkil etish oʻqituvchidan zamonaviy metodlardan foydalanishni talab etadi. Haqiqatan ham AQShda yaratilgan va YUNESKO tomonidan maʼqullangan pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan jahondagi 27 ta dan ziyod mamlakatlar oʻquv jarayonida AQShdagiga juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan, Janubiy Koreyada didaktik oʻyin texnologiyalari boʻyicha oʻqitilgan 5000 oʻquvchining 75 % i an’anaviy usulda oʻqiganda faqat eng yuqori oʻzlashtiruvchi oʻquvchilargina erisha oladigan koʻrsatkichlarga ega boʻlganlar. Baʼzi mamlakatlarda esa bunday koʻrsatkich ulushi 80-85 % ni tashkil etadi [4, 6]. Hozirgi vaqtda maktabning asosiy muammosi katta axborot yuki va bolalarning oʻqishni istamasligidir. Ammo oʻyin davomida, hatto eng passiv oʻquvchi ham darsga kirishib ketadi, oʻquvchilar oddiy darsga qaraganda bir necha baravar koʻp vazifalarni bajaradilar. Biologiya eng muhim fanlardan biri boʻlib, inson hayotida har kuni bu fan bilan toʻqnashadi. Shuning uchun oʻqituvchilarning biologiya fanini oʻqitishga, darslarni mazmunli oʻtkazishga jiddiy yondashishlari talab etiladi. Darslar qiziqarli oʻtishi uchun oʻqituvchilarning vaqti yetarli boʻlmaydi [2]. Shu munosabat bilan maktab oʻquvchilarining fikr-mulohazalarini faollashtiradigan samarali oʻqitish usullarini izlash kerak boʻladi. Bu yerda kognitiv qiziqishni rivojlantirish uchun ishlatiladigan didaktik oʻyinlarga muhim oʻrin berish yaxshi foyda beradi. Har bir inson har doim, qayerda boʻlmasin, turli oʻsimliklar bilan oʻralgan. Biologiya juda murakkab fan, u nafaqat floraning tur tarkibini, balki koʻplab tushunchalar va taʼriflarni, qonunlar va qonuniyatlarni ham oʻrganadi. Zamonaviy oʻqituvchining asosiy vazifasi darslarni qiziqarli va hayajonli tashkil qilish, ayni paytda oʻquvchilarni bilimini ularning faolligini, fanga qiziqishini oshirishdir. Didaktik oʻyinlar oʻquvchilarda diqqatni jamlash, mustaqil fikrlash hamda bilimga intilish kabi xususiyatlarni rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir. Oʻyinga berilib ketgan oʻquvchilar mavzuni oʻrganayotganlarini sezmaydilar: ular oʻrganadilar, yangi narsalarni eslaydilar, gʻayrioddiy vaziyatlarda harakat qiladilar, gʻoyalar, tushunchalar zaxirasini toʻldiradilar, tasavvurni 47 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL rivojlantiradilar. Hatto eng passiv bolalar ham katta ishtiyoq bilan oʻyinga kiritiladi, oʻz oʻrtoqlarini uyaltirmaslik uchun barcha saʼy-harakatlarni ishga tushiradilar [1, 5]. Oʻyin bolalarning tabiiy hamrohi boʻlib, ularga mamnunlik va quvonch baxsh etadi. Bolalarning barcha oʻyinlari oʻziga xos jozibaga ega va shuning uchun ular zoʻr ishtiyoq bilan oʻynaydilar. Oʻyin bolalarning organizmida katta oʻzgarishlar roʻy berishiga ham sabab boʻladi. Oʻyinda vujudga keladigan vaziyatlar bolalardan turli masalalarni tezkorlik bilan hal etishni talab qiladi. Shunday paytlarda bola oʻzining barcha imkoniyatlarini ishga solib, mushkul ahvoldan qutulishga tirishadi. Shuning uchun oʻyinlar bolalarning oʻsishida muhim oʻrin tutadi, ularni mustaqillikka undaydi. Biologiya darslarida didaktik oʻyinlar oddiy bolalar uchun moʻljallangan, ular maxsus moddiy resurslar va texnik tayyorgarlikni talab qilmaydi. Bunday darslarda oʻqituvchining roʻli quyidagilardan iborat:  vaqtni belgilash;  joyni aniqlash (partalarni joylashtirish, guruhlarni shakllantirish);  didaktik materiallarni tanlash (jadvallar, videoroliklar, gerbariylar, koʻrgazmali materiallar);  rollarni taqsimlash;  yangilik elementlarini kiritish;  hissiy mustahkamlash (“qoʻrquvni yoʻqotish”, ragʻbatlantirish);  umumiy rahbarlik Biologiya darslarida turli didaktik oʻyin vaziyatlari oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin [3]. Oʻyin davomida oʻquvchilar oʻz oldiga ijodiy vazifalarni qoʻyadilar, ularni hal qilishda chuqur bilim, turli koʻnikmalar, tasavvur va fantaziya yordam beradi Oʻyin davomida oʻquvchilarning ijodiy xatti-harakatlarini ragʻbatlantirishning bir qancha

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada biologiya fanini zamonaviy taʼlim texnologiyalari, xususan didaktik oʻyinlar asosida oʻqitishning afzalliklari, samaradorligi hamda psixopedagogik asoslari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada biologiya fanini zamonaviy taʼlim texnologiyalari, xususan didaktik oʻyinlar asosida oʻqitishning afzalliklari, samaradorligi hamda psixopedagogik asoslari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy yondashuv., biologiya taʼlimi, zamonaviy taʼlim texnologiyalari, mustaqil fikrlash, didaktik oʻyinlar, interfaol metodlar, bilim sifati, oʻquvchilarning faolligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники