Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HAYOTNING HUJAYRA DARAJASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI” MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Avalboyev Olimjon Narkuziyevich
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada “Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari” mavzusini o‘qitishda innovatsion usullaridan foydalanish haqida bayon qilingan. Kalit so‘zlar: sitoplazma, sitoskelet, mikrofibrilla, mikronaycha, hujayra markazi, ribosoma, endoplazmatik to‘r, Goldji majmuasi, mitoxondriya, plastida. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo‘lib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o‘zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o‘qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o‘quv dasturini chuqur va har tomonlama o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Pedagogik testlarning bu afzalliklari AQShda munosib baholangan. Abituriyent (talabgor) larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo‘llash bo‘yicha AQSh tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda olib borilgan. Mutaxassislik fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to‘g‘ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o‘quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [1]. Dars mavzusi: Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berish. Darsning tarbiyaviy ahamiyati: O‘quvchilarga hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari haqida tushuncha berish, biologiya faniga mehr uyg‘otish, ularda tushuncha va ko‘nikma hosil qilib, tirik organizmlar haqidagi dunyoqarashini ilmiy materialistik shakllantish va ekologik muammolarni bartaraf etish yo‘llarini, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha ma’lumotlar berish. Darsning rivojlantiruvchi O‘quvchilarga hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga maqsadi: xos jihatlari haqida tushuncha hosil qilish. Darsning jihozi: Hayotning hujayra darajasi va uning organoidlari tasvirlangan plakatlar, darslik, qo‘shimcha adabiyotlar, test kartochkalari, tarqatma materiallar hamda mavzuni aks ettiruvchi taqdimotlar. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: а) o‘quvchilar bilan salomlashish. b) o‘quvchilar davomatini aniqlash. v) sinf xonasining gigiyenik holatiga e’tibor berish. 38 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 2. Asosiy qism: 1. O’tilgan mavzuni so’rash: O‘qituvchi o‘tilgan mavzu bo‘yicha doskaga test usulida javoblarni yozadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘tilgan mavzu bo‘yicha hujayra organoidlarini doskaga tеst usulida javoblarni yozadi. А) Sitoplazma В) Ribosoma S) Endoplazmatik to‘r D) Mitoxondriya Ye) Plastida Shundan so‘ng o‘quvchilarga test blankalari tarqatiladi S 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 J T So‘ngra o‘qituvchi o‘zi tuzgan savollarini sеkin og‘zaki o‘qiydi, o‘quvchilar esa javoblar qatorini tеst blankasiga to‘ldiradi. SAVOLLAR: 1. Qaysi organoid jigar hujayralarida 2500 tagacha, limfotsitlarda 25-50 tagacha bo‘lishi mumkin? 2. Qaysi organoid diametri 15-35 nm bo‘lib, ikkita katta va kichik subbirliklardan iborat yassi tanachalardan tashkil topgan? 3. Qaysi organoid bir qavat membrana bilan chegeralangan bo‘shliq va kanalchalardan iborat bo‘lib, hujayraning 50 % qismini egallaydi? 4. Qaysi organoidning uch xil turi bo‘lib, biri ikkinchisiga aylanib turadi? 5. Qaysi organoid tashqi muhitdan plazmatik membrana bilan, ichkaridan yadro qobig‘I bilan ajralib turadi? 6. Qaysi organoid erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin? 7. Qaysi organoidda sintezlangan moddalar uning kanalchalarida to‘planadi va Goldji majmyasiga tashiladi? 8. Qaysi organoidda sitozol tarkibining 70-90 % ini suv tashkil etib, unda oqsil, uglevod, lipid va xilma-xil anorganik birikmalar ham uchraydi? 9. Qaysi organoid prokariotlarda sitoplazmada hosil bo‘ladi va eukariotlarda ularning shakllanishi yadro ichida boshlanib, sitoplazmada yakunlanadi? 10. Qaysi organoid burmalari kristalar deb, ichki membrana bo‘shlig‘I matriks deb ataladi? Savollar tugagach, o‘qituvchi tеst topshirig‘ining to‘g‘ri javobini o‘qiydi, o‘quvchilar esa diqqat bilan tеst blankasining uchinchi qatorini to‘ldiradi. “To‘g‘ri” javobga “1”, “noto‘g‘ri” javobga “0” bеlgisi qo‘yiladi. Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Javob D В S Ye А В S А B D Tеkshirildi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Bu usulning afzalligi shundaki: 39 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1. O‘quvchilar o‘z-o‘zini baholashni o‘rganadi. 2. O‘quv xonasidagi barcha o‘quvchilar qisqa muddatda baholanadi. 3. O‘quvchilar belgilangan javoblarni esda saqlashga harakat qiladilar. Yangi mavzuning DTS talabi: 1. Hayotning hujayra darajasiga umumiy tavsif. 2. Hujayra organoidlari. Yangi mavzuning bayoni: Hujayra barcha tirik organizmlarning tuzilish, funksional va rivojlanish birligidir. Hujayraning tizim sifatidagi xusu
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada “Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari” mavzusini o‘qitishda innovatsion usullaridan foydalanish haqida bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada “Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari” mavzusini o‘qitishda innovatsion usullaridan foydalanish haqida bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mitoxondriya, mikrofibrilla, mikronaycha, ribosoma, sitoplazma, sitoskelet, plastida., hujayra markazi, endoplazmatik to‘r, Goldji majmuasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025