К содержанию
РецензированоUZ2025

MOLEKULYAR BIOLOGIYA MAVZULARINI O'QITISHDA QO’LLANILADIGAN METODLARDAN TO’G’RI FOYDALANISH.

METODLARDAN TO’G’RI FOYDALANISH. · Aqida Valixanova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Biologiya darslarida laboratoriya va amaliy ishlarni tashkil qilishda jiddiy muammo - uni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muqarrar ravishda yuzaga keladi. Bunday ishlarni tashkil qilish murakkab jihozlar, qimmatbaho modellar, mikroskoplar va mikroslaydlar orqali kerakli ma'lumotlarni biroz kattalashtirish bilan ko'ra olmaslikni o'z ichiga oladi. Molekulyar biologiya fani loyiha faoliyatidan samarali foydalanish uchun eng mos keladigan fanlardan biridir. Darslikdagi illyustratsiyalar kam bo‘lgani uchun o‘rganilayotgan materialni tasvirlash uchun ko‘rgazmali qurollarni topish va yaratish zarurligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ushbu muammoni hal qilishda ta'lim jarayoni ishtirokchilarining o'zlari - o'qituvchilar va talabalar tomonidan yaratilgan raqamli resurslar katta yordam beradi. Kalit so'zlar: metod, fan, didaktika, innovatsion texnologiyalar, o'quv jarayoni, ta'lim faoliyati, molekulyar biologiya, pedagogik funksiyalar. Ma’lumki, ta’lim jarayoni talabalarning bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo’g`rilgan o’qituvchi va talabalarning o’zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining o’qitish metodlari yordamida o’zlashtirilishiga erishishdir. Metod so’zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir. O’qitish metodlari tom ma’noda o’qituvchining bilimlarni talabalar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni talabalar tomonidan o’zlashtirib olish usulidir. Oliy ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlangan shaxs taxsil oladi. Har tamonlama rivojlangan shaxsning eng muhim ko‘rsatkichi yuqori darajadagi aqliy qobiliyatlarning mavjudligidir. Oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanidan dars o’tish jarayonida ta’lim texnologiyalarining ahamiyati juda katta. Biologiya o`qitish metodikasi fan sifatida biologiya o`qituvchisini tayyorlash uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida o‘quvchilarda kasbiy bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi, ularda o‘qituvchilik qobiliyati shakllanadi. Mavzu tadqiqot jarayonida fan tomonidan to'plangan barcha bilimlarni o'z ichiga olmaydi, faqat uning asoslarini o'z ichiga oladi. Ular o'quv maqsadlari, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligini hisobga olgan holda maxsus tanlanadi. Biologiya o`qitish metodikasi ushbu fan bo`yicha o`quv jarayonining mazmunini va maktab o`quvchilarining biologik materialni o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadi. Biologiya o`qitish metodikasi maktab o`quv predmetining xususiyatlari bilan belgilanadigan o`qitish va tarbiya jarayoni tizimi haqidagi fandir. Fan - ob'ektlar va hodisalar haqida yangi bilim olishga qaratilgan tadqiqot faoliyati sohasi. Metodika talabalarda biologiyaga oid bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, ilmiy dunyoqarash va hayotning qadriyati haqidagi tushunchani shakllantirish uchun o‘qitishning oqilona usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqadi. 20 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Didaktikada o’qitish metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga asosan ta’riflanadi: 1. O’qitish metodi o’qitish jarayonining o’ziga xos pedagogik sharoitida ob’ektiv reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni o’qitish metodlari yordamida talabalarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi. 2. O’qitish metodlari talabalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo’llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag`batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud. 3. O’qitish metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti bo’lgan o’qituvchining pedagogik va talabalarning o’quv-bilish faoliyatini uyg`unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir. 4. O’qitish metodlari o’qitishning moddiy vositalari bo’lgan darslik, ko’rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog`langandir. 5. O’qitish metodlari aniq o’qitish usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga qo’llaniladi. 6. O’qitish metodlari o’zaro bog`langan faoliyat usullari sifatida darsning barcha bosqichlari, tashkiliy qism, talabalarning bilish motivlarini faollashtirish, yangi mavzuni o’rganish, talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi. 7. Darsda o’qitish metodlari doimo muayyan birikma holida qo’llaniladi. Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. Mazkur bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod ustunlik qiluvchi yetakchi tizim hosil qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo’ysunadi. Biologiyani o’qitishda aksariyat hollarda ko’rgazmali metod yetakchi o’rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo’ysunadi yoki singib ketadi. 8. Inson faoliyati metodlarining o’zgarishi, o’qitish metodlarining boyishiga va ya

Доказательный фрагмент

«Biologiya darslarida laboratoriya va amaliy ishlarni tashkil qilishda jiddiy muammo - uni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muqarrar ravishda yuzaga keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Biologiya darslarida laboratoriya va amaliy ishlarni tashkil qilishda jiddiy muammo - uni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muqarrar ravishda yuzaga keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metod, fan, didaktika, innovatsion texnologiyalar, o'quv jarayoni, ta'lim, pedagogik funksiyalar., molekulyar biologiya, ta'lim faoliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники