К содержанию
РецензированоUZ2025

BIOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH FANINI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI

Raxmatov Uchkun Ergashevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda Biologiyadan masala va mashqlar yechish fanini o‘qitishda integrativ yondashuvni amalga oshirishning pedagogik shart sharoitlari, imkoniyatlari, turlari va ularning ayrim xususiyatlari ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlari. Ta’lim sifati, integratsiya, vertikal va gorizontal bog‘lanishlar, biologiya, masala va mashqlar, genetika, kimyo, fizika, matematika, Mavzuning dolzarbligi. Jahon ilmiy tadqiqot institutlarida yetuk mutaxasislarni tayyorlash jarayonida integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi va uning imkoniyatlari, provard natijalari, pedagogik ahamiyatlari ilmiy-metodik jihatidan dalillab berildi. Fanlarni integratsiyalab o‘qitish ta’lim oluvchilarda o‘zlashtirilayotgan bilimlar majmuasini o‘rganish jarayonida ro‘y beradigan voqea va hodisalarning tub mazmunini anglash, ular o‘rtasida ro‘y beradigan sabab va oqibatlarni mazmunan tushunish, muayyan bilimlarni tizimlashtirish, egallanayotgan bilimlarni o‘rganish arealini kengaytirish imkoniyatini beradi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Bugungi kunda fanlararo bog‘lanishlarni xorij olimlaridan V.N.Maksimova, V.N.Fedorova, D.M.Kiryushkin, M.N.Skatkin, K.P.Koroleva, N.M.Cherkez-Zade kabi tadqiqotchilar ishlarida ko‘rish mumkin. Xususan, V.N.Maksimova o‘zining olib borgan tadqiqotlarida zamonaviy maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish muammosini didaktik talablari nuqtai nazardan ishlab chiqqan. Olim mazkur tadqiqotdan fanlararo bog‘lanish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida ko‘rib chiqilgan va o‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishning turlari, vazifalari, fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishga muammoli yondoshuv mohiyati aniqlangan, fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish maqsadida o‘qitish shakllarini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan[4; 67-83-b.]. V.N. Fedorova, D.M. Kiryushkinlar tomonidan chop etilgan “Межпредметные связи” monografiyada fanlarara bog‘lanish - didaktikaning dolzarb muammosi sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu monografiyada kimyo, biologiya, fizika o‘quv fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishning mohiyati, funksiyasi va metodikasi yoritilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv fanlarini integrallash, ya’ni fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish muammosi juda ko‘pchilik tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, M.N.Skatkin o‘z tadqiqodlarida vaqtinchalik fanlararo bog‘lanishni uchta turga, avval uzlashtirilgan bilimlar bilan o‘rganilayotgan bilimlar o‘rtasidagi o‘rganilayotgan bilimlar bilan kelgusida o‘zlashtiriladigan bilimlar o‘rtasidagi, bir vaqtda o‘zlashtiriladigan bilimlar o‘rtasidagi bog‘lanishga ajratgan(1-rasm). K.P. Koroleva esa, o‘z tadqiqotlarida vaqtinchalik fanlararo bog‘lanishning to‘rtta turi mavjudligi, ya’ni faktik materiallar bilan tushunchalar o‘rtasida, tadqiqot metodlari bilan ilmiy 16 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” tafakkur o‘rtasida, umumiy ko‘nikma va malakalar o‘rtasida, bilish faoliyati usullarini o‘rgatish o‘rtasidagi bog‘lanishni kiritgan. N.M.Cherkez-Zade esa olib borgan tadqiqotlarida fanlararo bog‘lanishning mantiqiy yo‘nalishi, tabiiy fanlarning o‘quv dasturida bo‘limlar, mavzular o‘zaro mantiqiy bog‘lanishlar asosida tuzilishi, o‘quvchilar ularni o‘zlashtirishda mantiqiy operatsiyalarni bajarishi lozimligini qayd etgan. Mantiqiy bog‘lanishlarga taqqoslash, sabab-oqibat bog‘lanishlari, induksiya, deduksiya, tahlil, sintez, umumlashtirishlar kiritilgan(1-rasm). Mshhur biolog-metodist olimlar N.M. Verzilin va V.M.Korsunskaya fanlararo bog‘lanishlar ustda olib borgan tadqiqotlari asosida gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi bog‘lanishlarni farqlab bergan. Olimlar gorizontal fanlararo bog‘lanish bir sinf, bir chorak, yarim yillikda o‘qitilayotgan fanlar ortasida, vertikal fanlararo bog‘lanish esa avvalgi sinflarda o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalaiish orqali amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tgan[4; 179-180-b.]. 1-rasm. Fanlararo bog‘lanishlarni o‘ziga xos xususiyatlari Respublikamiz biolog metodist olimlari tomonidan fanlar o‘rtasidagi fanlararo bog‘lanishni tadqiq etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Integratsiya, fanlararo aloqalar, fanlararo bog‘lanishlar kabi masalalar yuzasidan A.T.G‘ofurov, E.Turdiqulov, R.Sh.Ahliddinov, R.H.Jo‘rayev, J.O.Tolipova, B.S.Abdullayeva, U.E.Raxmatov, I.T.Azimov, N.O.Temirov, O.S.Xolmurodova kabi soha olimlari tadqiqotlarida atroflicha o‘rganilgan[1; 27-29-b.]. Jumladan, A.T.G‘ofurov tomonidan biologiyani o‘qitishda, S.S.Fayzullaev genetika va seleksiya asoslarini o‘qitishda fanlararo boglanishdan foydalanish muammolarini tadqiq etgan. Keyingi yillarda fanlar o‘rtasidagi fanlararo bog‘lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga aylangan. Integratsiya - lotincha “integration” so‘zidan olingan bo‘lib, toliq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi. E. Turdiqulovning fikricha, integratsiya - tarqoq, bo‘lak-bo‘lak, ayrim-ayrim holdagi narsalarning butun, yaxlit, tizimlashgan xolatga keltirishdir. Olimning

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Biologiyadan masala va mashqlar yechish fanini o‘qitishda integrativ yondashuvni amalga oshirishning pedagogik shart sharoitlari, imkoniyatlari, turlari va ularning ayrim xususiyatlari ma’lumotlar keltir…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Biologiyadan masala va mashqlar yechish fanini o‘qitishda integrativ yondashuvni amalga oshirishning pedagogik shart sharoitlari, imkoniyatlari, turlari va ularning ayrim xususiyatlari ma’lumotlar keltir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vertikal va gorizontal bog‘lanishlar, biologiya, fizika, Ta’lim sifati, matematika, genetika, kimyo, integratsiya, masala va mashqlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники