К содержанию
РецензированоUZ2025

BIOLOGIYA FANIDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI · Norsayidova Charosxon Solijon qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish usullari, pedagogik yondashuvlar va ularning samaradorligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va muammoli savollar yordamida o‘quvchilarda mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: biologiya, mustaqil fikrlash, muammoli ta'lim, interfaol metodlar, tahlil qilish, savol-javob. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilardan mustaqil fikrlash, tahlil qilish, muammolarni yechishga intilish kabi ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar, jumladan, biologiya fani o‘z mazmuni va amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan mustaqil fikrlashni rivojlantirishda keng imkoniyatlarga ega. Biologiya fanida mustaqil fikrlashni shakllantirish o‘quv jarayonining mazmunan boy, qiziqarli va mantiqiy bog‘liqlik asosida tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchilarning faolligini oshirish uchun quyidagi yondashuvlar foydalidir: 1. Muammoli vaziyatlar yaratish – dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarga an’anaviy savollardan tashqari, hayotiy, tahlil talab qiluvchi vaziyatlar bilan murojaat qiladi. Masalan: “Nima sababdan organizmning biror tizimi ishdan chiqsa, boshqa tizimlar ham zarar ko‘radi?” [45-49 b] 2. Tajriba va kuzatuvlarga asoslangan topshiriqlar – biologiya fanining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun laboratoriyan ishlari juda muhim. O‘quvchilar eksperimentlar o‘tkazish olingan natijalarni tahlil qilish, xulosa qilish orqali o‘z fikrlarini rivojlantiradilar. Bu jarayon faqat biologik bilimlarni o‘zlashtirishga emas, balki ilmiy izlanishlarni o‘rgatishga ham yordam beradi. [102-106 b] 3. Bahs-munozaralar va “Debat” metodlari – darsda turli qarashlarni o‘rganish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash uchun bahs-munozaralar, dikussiyalar o‘tkazish juda foydalidir. Masalan, “GMO mahsulotlar inson salomatligiga zararli yoki foydalimi?” mavzusida munozara o‘tkazish mumkin. Bu esa o‘quvchilarda fikrlarini erkim ifoda etishlari va turli qarashlarni muhokama qilishlari mumkin. [34-36 b] 4. Krossvord, klaster, “Fikrlar yog‘dusi” kabi interfaol metodlar – biologiya darslarida interfaol metodlar, jumladan “Fikrlar yog‘dusi”, krossvordlar, klasterlar va boshqa metodlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu metodlar orqali o‘quvchilar o‘rganayotgan mavzu bilan bog‘liq yangi fikrlarni o‘ylashadi va ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtiradilar.[88-92 b] Ta’lim jarayonida metodlarning samaradorligini ko‘rish uchun bir necha misollarni keltirish mumkin. Masalan, 10-sinf biologiya darsida o‘quvchilarga “Odam organizmida genetik kasalliklar qanday yuzaga keladi?” degan savol qo‘yilgan. O‘quvchilar mustaqil ravishda tadqiqot olib, 14 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” o‘zlarini tahlil qilish orqali xulosaga kelganlar. Bu jarayon ular uchun nafaqat biologik bilimlarni, balki mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirgan. [78-80 b] Biologiya fanida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish zamonaviy ta’lim talablaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda pedagog har tomonlama metodlardan foydalanmog‘i lozim. Ayniqsa, muammoli savollar, interfaol metodlar va laboratoriya ishlaridan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Bunday yondashuvlar nafaqat o‘quvchining fan bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtiradi, balki hayotiy muammolarni mustaqil hal etish ko‘nikmasini ham shakllantiradi va biologiya faniga bo‘lgan umumiy qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xasanboyeva, Z. (2021). Biologiya fanini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. – B. 45-49. 2. Karimov, M., & To‘raqulov, B. (2020). Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar. Samarqand: Ilm ziyo. – B. 88-92. 3. Tursunov, I. (2019). Biologik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiya. – B. 102-106. 4. Nishonov, Q. (2018). O‘quvchilarda tahliliy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari. Biologiya va Tibbiyot jurnali, №3. – B. 34-36. 5. Biologiya fanidan umumta’lim maktablari uchun darslik (10-sinf). Mualliflar: O. Amonov va boshqalar. (2022). – Toshkent: Yangi asr avlodi. – B. 78-80. 15

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish usullari, pedagogik yondashuvlar va ularning samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish usullari, pedagogik yondashuvlar va ularning samaradorligi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biologiya, muammoli ta'lim, mustaqil fikrlash, tahlil qilish, interfaol metodlar, savol-javob.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники