К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARDA BIOLOGIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDAGI AMALIY MASHG‘ULOTLARNING O‘RNI

MASHG‘ULOTLARNING O‘RNI · Xoʻjamov Sh · Bahriddinova N

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Zamonaviy ta'lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va ilmiy qarashlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar, jumladan biologiya fani bu maqsadga erishishda keng imkoniyatlar yaratadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish asosiy metodik yondashuvlardan biridir. Biologiya fanining bevosita hayot bilan bog‘liqligi uni amaliy faoliyat orqali o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu tezisda biologik tafakkur tushunchasi, uni rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: biologik tafakkur, amaliy mashg‘ulotlar, tahliliy fikrlash, nazariya va amaliyot integratsiyasi, kuzatuvchanlik, biologiya ta’limi, interaktiv metodlar, STEAM, laboratoriya tajribalari. Biologiya fanining o‘ziga xos jihati shundaki, u bevosita real hayot bilan uzviy bog’liq. Bu fan orqali atrof-muhitdagi tirik organizmlar hayoti, ularning tuzilishi, funksional xususiyatlari va o‘zaro ta’siri chuqur o‘rganiladi. Bunday bilimlarni faqat nazariy asosda emas, balki amaliy faoliyat orqali egallash talabaning tafakkurini shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Aynan shu sababli amaliy mashg‘ulotlar biologik bilimlarni chuqurlashtirish va ularni ongli ravishda qabul qilishda katta ahamiyatga ega. Mazkur yondashuv davlat siyosatida ham o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarorida kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o‘qitish, laboratoriya mashg‘ulotlarini takomillashtirish hamda talabalarda ilmiy tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158- son qarorida oliy ta’limda talabalar amaliy mashg‘ulotlarini ilmiy-tadqiqot muassasalari va sohaga oid tashkilotlar bilan integratsiyada tashkil etish muhim vazifa sifatida belgilangan. Biologik tafakkur va uning shakllanishi Biologik tafakkur – bu atrof-muhitdagi biologik jarayonlarni tahlil qilish, tushunish va ular o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarni anglash qobiliyatidir. Bu tafakkur turini shakllantirish uchun nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar ham zarur. Kuzatuvchanlik, sabab-oqibat bog‘liqliklarni aniqlash, real obyektlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar biologik tafakkurni amaliy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi. Amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni Amaliy mashg‘ulotlar talabalar biologik jarayonlarni bevosita ko‘rish, kuzatish, tajriba qilish orqali chuqurroq anglashlariga yordam beradi va o’quvchilar nafaqat bilimga, balki tasavvurga ham ega bo‘ladi. Mikroskopik kuzatuvlar, laboratoriya ishlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bo‘yicha eksperimentlar talabalarning ilmiy tafakkurini faollashtiradi. Bunday mashg‘ulotlar quyidagi ijobiy natijaga erishishga yordam beradi:  ilmiy kuzatuv madaniyatini shakllantiradi;  savol berish va javob izlash ko‘nikmasini rivojlantiradi; 12 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”  nazariy bilimlarni real misollar bilan mustahkamlaydi;  mustaqil va guruhli ishlashga o‘rgatadi. Zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalarning ahamiyati So‘nggi yillarda ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Xususan, biologiyani o‘qitishda STEAM yondashuvi, interaktiv laboratoriyalar, 3D modellar, mobil ilovalar, shuningdek, kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari biologik tafakkurni samarali shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu vositalar murakkab biologik jarayonlarni talabalarga ko‘rgazmali, tushunarli va interaktiv shaklda taqdim etish imkonini beradi. Xulosa Biologi tafakkurni shakllantirish talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki real hayotdagi biologik jarayonlarni anglay olish, ularni tahlil qilish va sabablarini bog‘liqliklarini tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Amaliy mashg‘ulotlar esa bu jarayonning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Aynan amaliyot davomida talabalar o’z bilimni mustahkamlaydi, ilmiy kuzatuv, muammo qo‘yish va yechim topish kabi muhim kompetensiyalarni egallaydi. Shu boisdan, oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlar sonini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, real tajribalarga asoslangan interaktiv uslublarni tatbiq etish muhimdir. Shuningdek, oddiy laboratoriya tajribalariga asoslangan mashg‘ulotlar har qanday sharoitda ham talabada mustaqil fikrlashni kuchaytiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarori. “Kimyo va biologiya yo‘nalishidagi ta’lim sifatini oshirish va ilm-fan natijadorligini kuchaytirish to‘g‘risida”. lex.uz 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qarori. “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida”. lex.uz 3. Boboyorov, X. (2023). Talabalarda fanga qiziqishni oshirishda tajribaviy usullarning o‘rni. Ilmiy tadqiqotlar jurnal, 1(5), 65–69. 4. Karimova, S. (2022). Biologiya ta

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy ta'lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va ilmiy qarashlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy ta'lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va ilmiy qarashlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biologik tafakkur, laboratoriya tajribalari., interaktiv metodlar, kuzatuvchanlik, amaliy mashg‘ulotlar, nazariya va amaliyot integratsiyasi, STEAM, biologiya ta’limi, tahliliy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники