К содержанию
РецензированоUZ2026

SHE’RIYAT ORQALI INSONLARDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI

SHAKLLANTIRISH YO`LLARI

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of poetry in the formation of ecological education, the possibilities of awakening love for nature, ecological awareness and a sense of responsibility in the human heart through works of art. Effective methods of instilling ecological education in the younger generation through poetry in the face of environmental problems are shown. 67 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Key words: poetry, ecological education, ecological culture, ecological awareness, ecological responsibility Hozirgi kunda ekologik inqiroz davrida insonlarning tabiatga bo`lgan munosbatini o`zgartirish orqali ekologik muammolarni hal qilish mumkin. Ma`lumotlarga qaraganda tabiat ne`matlari yildan yilga qisqarmoqda, bundan ma`lumki atrof-muhitni asrash kundan kunga dolzarb masalaga aylanmoqda. Buning uchun avvalo dunyodagi barcha kishilarni ekologik dunyoqarashini o`zgartirish ya`ni tabiat haqidagi bilimlarini oshirish, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`lish kerak ekanligini uqtirishdir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ekologik madaniyatni shakllantirishda ma`naviyat, ong va tarbiyaning birligi haqida alohida urg`u bergan: “Odamzodning ruhiy dunyosi tabiat bilan uyg`un bo`lsa, jamiyat ham sog`lom bo`ladi”[1] Ekologik tarbiy albatta oiladan boshlanishi lozim qolaversa maktabgacha ta`lim, maktab ta`limi, oliy ta`lim va oliy ta`limdan keyin ham ekologik bilimlar berilishi lozim. Qanchalik ekologik tarbiya va madaniyat shakllansa shunchalik tabiat bilan bog`liq muammolar kamayib boradi. Ekologik tarbiya va madaniyatni shakllantirishda she`riyatning o`rni ham beqiyosdir. Tabiat mavzusida yaratilgan she`rlar inson qalbiga bevosita ta`sir qiluvchi vosita sifatida ekologik qadriyatlarni singdiradi. Buyuk shoirlarimiz Alisher Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarning asarlarida tabiat obrazlari orqali inson va muhit o`rtasidagi uyg`unlik ifodalanadi. Masalan, Erkin Vohidovning “O`zbekiston-osmonim musaffo” she`rida muhitning pokligi yurtning timsoli sifatida ko`rsatiladi.[2] Shoirlar tabiatni jonli obrazda ko`rsatish orqali o`quvchi qalbida muhabbat va ma`suliyat uyg`otadi. Bu holat o`quvchilarda ekologik ong va estetika uyg`otishga xizmat qiladi Ekologik mavzudagi she`rlar asosida insho yozish, mushoira o`tkazish va dramatik sahnalarni qo`llash orqali o`quvchilarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish mumkin.[3] Zamonaviy shoirlar asarlarida chiqindilar, suv muammosi, havo ifloslanishi kabi muammolar san`at tilida ifodalanadi. Bu esa ekologik mafkuraning keng tarqalishiga xizmat qiladi. She`rlar orqali insonlarda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik, go`zallikka mehr va muhofaza qilish zarurligi shakllantiriladi. 68 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Ta`lim muassasalarida ekologik mavzudagi she`rlar asosida tashkil etilgan badiiy kechalar, insholar, sahna ko`rinishlari orqali o`quvchilarda yoki talabalarda ekologik tarbiya berishning samaradorligi ortadi. O`quvchilarning yoki talabalarning o`zlari tomonidan yozilgan ekologik mavzudagi she`rlar ularning ekologik fikrlash darajasini oshiradi. Tabiat haqidagi she`rlarni ko`proq targ`ibot qilish orqali ham yaxshi natijalarga erishsa bo`ladi. Masalan, bunday she`rlarni tadbirlar o`tkazish orqali yoki she`rni pechat variantini davlat muassasalariga yoki mahalla orqali har bir uyga osib qo`yilsa, bu sh`erlarni o`qigan har bir insonda tabiatga bo`lgan ma`suliyat hissi uyg`onsa ajab emas. Quyida mualliflardan biri oliygoh talabasi Xudarganova Oygul tomonidan yozilgan tabiat haqida she’rlarni taqdim qilamiz o‘ylaymizki bu she’rlarni o‘qigan har bir insonda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘onadi. O‘rmon Chiqindi O‘rmonlarni kesmanglar Chiqindini tashlamang Kislorodni to‘smanglar Aziz ko‘z-u qarog‘im Daraxtlarni kesib siz Chiqindini tashlasang Xaddingizdan oshmanglar Bo‘lar holim-harobim Yog‘och ko‘mir yoqilg‘i Buni bilgin azizim, Sifatida ishlatmang Chiqindini tashlama O‘rmonlarni kesibsiz Ko‘cha-kuyda yurganda Xilma-xillik yo‘qotmang. Ko‘ngillarni g‘ashlama Ko‘chat ek Ko‘chat eksang bolajon, Toza bo‘lar hammajon Ko‘chat eksang bolajon, Obod bo‘lar hammayon Nihol eking bobojon, Bo‘lsin nihol hammayon Gullar eking momojon, Gullab bitsin barcha yon 69 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, she`riyat inson qalbiga yo`l topuvchi eng kuchli vositalardan biridir. U orqali insonlar ongida atrof-muhitga nisbatan ma`suliyat hissini uyg`otish, tabiatga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirish mumkin. Shuning uchun ham ekologik tarbiyada badiiy adabiyot, ayniqsa she`riyatning ahamiyati beqiyosdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent.Ma`naviyat, 2008 yil. 45-46 betlar 2. E.Vohidov. Tanlangan asarlar-T.:2010 yil. 77-

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of poetry in the formation of ecological education, the possibilities of awakening love for nature, ecological awareness and a sense of responsibility in the human heart through works of…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of poetry in the formation of ecological education, the possibilities of awakening love for nature, ecological awareness and a sense of responsibility in the human heart through works of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetry, ecological education, ecological culture, ecological, she`riyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники