Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DORIVOR O`SIMLIKLAR (SHIRINMIYA – GLYCYRRHIZA GLABRA) HAQIDA BERUNIYNING FIKRLARI
HAQIDA BERUNIYNING FIKRLARI · Ro`zimova Sevara Komilovna
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
This article emphasizes that Abu Rayhan al-Biruni relied on a deep scientific foundation and medical experience in the study of medicinal plants. Al-Biruni 45 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya provided detailed information on the naming of plants, their habitats, methods of collection and storage, as well as the effects of medicines prepared from them on the human body. One such medicinal plant is licorice (Glycyrrhiza glabra L.), whose bioecological properties, biologically active substances, therapeutic and biotechnological characteristics, areas of application, role in medicine and pharmaceuticals, and use in various industrial sectors — including food, chemical, and metallurgical industries — as well as its future potential, are described based on the study of various sources. Key words: Metallurgy, Fiber, Hormone, Extract, Gypsum soil, Antibacterial, Hyperaldosteronism KIRISH. Abu Rayhon Beruniy dorivor o‘simliklarni o‘rganishda chuqur ilmiy asos va tibbiy tajribaga tayanadi. Beruniy o‘simliklarning nomlanishi, yashash muhiti, yig‘ilish va saqlanish usullari, shuningdek, ular asosida tayyorlanadigan dorilarning inson organizmiga qanday ta’sir qilishi haqida mufassal yozgan. Beruniy dorivor o‘simliklarning ta’sirini faqatgina tashqi belgilariga qarab emas, balki ularning ichki tabiatiga, ya’ni issiqlik, sovuqlik, namlik yoki qurituvchi xususiyatlariga ko‘ra baholagan. Bu yondashuv o‘sha davr uchun juda ilg‘or bo‘lib, dorivor moddalarning fiziologik ta’sirini tushunishga yo‘l ochgan. Masalan, u sarimsoq, zanjabil, qizil rayhon, piyoz, piyozpoya, choy va boshqa ko‘plab o‘simliklarning isitmani tushirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, yurak faoliyatini tiklash yoki og‘riqni kamaytirishdagi rolini tafsilotlari bilan ko‘rsatib bergan. Beruniy, shuningdek, o‘simliklarni iqlim va geografik hududga qarab o‘rganadi. U tropik, subtropik va mo‘tadil zonalardagi o‘simliklar orasidagi farqlarni kuzatgan va bu farqlar ularning dorivor xususiyatlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilgan. Bu holat uning zamonaviy ekologiya va farmakognoziya fanlariga yaqin yondashuvga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Beruniy o‘z asarida xalq tabobati bilan ilmiy tibbiy bilimlarni uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. U dorivor o‘simliklar haqida xalq orasida yuradigan turli afsona va tushunchalarni ham eslatib o‘tadi, biroq ularni tanqidiy tahlil qilib, faqat ilmiy asosga tayanishni tavsiya etadi. Shirinmiya yoki chuchukmiya, qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o‘simligi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, qimmatbaxo dorivor xomashyo sifatida qadimdan xitoy xalq tabobatida juda keng qo‘llanib kelingan. Shirin miya O‘zbekistonning turli 46 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hududlarida, jumladan Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo viloyatlarida uchraydigan ko‘p yillik dorivor o‘simlikdir. U qadimdan tabobatda ishlatilgan, ayniqsa, nafas yo‘llari, hazm tizimi va immunitet bilan bog‘liq kasalliklarda. Zamonaviy fan bu o‘simlikni glycyrrhizin, flavonoidlar, saponinlar kabi moddalari tufayli chuqur o‘rganmoqda. Buyuk alloma, olim va ensiklopedist Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Markaziy Osiyo ilm-fani tarixida muhim o‘rin tutgan siymolardan biridir. U o‘zining chuqur ilmiy tadqiqotlari bilan matematika, astronomiya, geografiya, farmatsiya, botanika va boshqa ko‘plab fan sohalariga ulkan hissa qo‘shgan. Ayniqsa, uning "Kitob as-saydala fi’t-tibb" nomli asari dorivor o‘simliklar, ularning xususiyatlari, shifobaxsh jihatlari va qo‘llanilish usullari bo‘yicha o‘z davrining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar nafaqat ilmiy asoslangan, balki amaliyotda ham qo‘llanilganligi bilan alohida ajralib turadi. Beruniy o‘simliklarning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ularning ta’sir kuchi, inson salomatligiga foydasi va dorivor aralashmalardagi roli haqida aniq va batafsil ma’lumotlar bergan.[1,2] Ushbu o‘simlik Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, 5-7 metr chuqurlikkacha kirib boradi. O‘simlikning bo‘yi 35 -150 smgacha yetishi mumkin. Poyasi tik o‘suvchi, siyrak yoki qisqa tukli(odatda bezli tuklar ham mavjud), ko‘p shoxlangan, dag‘alroq, qizg‘ish tusli. Barglari toq patsimon murakkab tuzulishga ega bo‘lib, 7-15 sm uzunlikda bo‘ladi, barg yaproqlarining soni 9 tadan 17 tagacha yetishi mumkin.[3,4] Bargchalarining shakli turlicha bo‘lib, tekis qirrali, cho‘ziq tuxumsimon, ellipssimon yoki lansetsimon, bezchalar hisobiga yaltiroq, yopishqoq. Gullari barg qo‘ltig‘idan chiqqan shingilga yig‘ilgan, uzunligi 5-12 sm, ikki jinsli, gul yaproqlari 812 mm uzunlikda, oqish binafsharang tusda. Mevasi quruq, pishganda ochilmaydigan dukkak. Urug‘lari 3-7 ta silliq, mayda, to‘q jigarrang. Aprel - iyulda gullab, may - sentabrda urug‘lari pishib yetiadi. Shirinmiya o‘simligi Osiyo mintaqasida hamda yer yuzining boshqa qismlarida k
Доказательный фрагмент
«This article emphasizes that Abu Rayhan al-Biruni relied on a deep scientific foundation and medical experience in the study of medicinal plants.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article emphasizes that Abu Rayhan al-Biruni relied on a deep scientific foundation and medical experience in the study of medicinal plants. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Metallurgy, Fiber, Hormone, Extract, Gypsum soil, Antibacterial, biotexnologiya metallurgiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025