Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI
Raxmatov Yusupjon Babaqulovich
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
The article reflects the thoughts of Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Beruni about his life and work. Opinions about the contribution of scholars to astronomy, geography, geodesy, and mineralogy are written. Keywords: scientist, philosopher, encyclopedic scientist, geodesy, geography, astronomy, India, Turan, Central Asia, Saydana, Plato, Aristotle, Socrates, science, east, Khorezm Аннотация: В статье отражены мысли Абу Райхана Мухаммада ибн Ахмада аль-Беруни о своей жизни и деятельности. Высказаны мнения о вкладе учёных в астрономию, географию, геодезию, минералогию. Ключевые слова: ученый, философ, ученый-энциклопед, геодезия, география, астрономия, Индия, Туран, Средняя Азия, Сайдана, Платон, Аристотель, Сократ, наука, восток, Хорезм. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973–1048)–buyuk alloma, matematik, astronom, geograf, tarixchi va faylasuf bo‘lib, u Markaziy Osiyoning ilm- fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Turkistonlik ulug' alloma Beruniy 973-yilda hozirgi O‘zbekiston hududidagi Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan. U ota - onasidan juda yosh yetim qoldi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi1. 40 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Faylasuf Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi.U yoshlik chog‘idayoq ilmga bo‘lgan qiziqishini namoyon etib, ko‘plab fanlarni o‘rganishga intilgan. «Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining «Geodeziya» asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi». Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yili Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganjning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga keladi. U Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining «Al-Faxriy sekstanti» risolasini yozadi. «997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi.Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari 1000-yillar atrofida shu yerda yozilgan2. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib Al Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. 1017-yil yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra, Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. Beruniy o‘sha davrning yetuk olimlari, xususan, Abu Nasr Mansur ibn Iroq bilan yaqin ilmiy aloqada bo‘lgan. U o‘zining ilmiy faoliyati davomida turli mamlakatlarda yashab, ko‘plab sarkardalar va hukmdorlar xizmatida bo‘lgan. Beruniy Mahmud G‘aznaviy bilan Hindistonga borgan va Hind madaniyati, falsafasi, astronomiyasi va geografiyasini o‘rgangan. Beruniy Hindistonda «Hindiston» asari uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030– yil yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, 41 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Beruniy oʻzining shoh asarini Mas’udga bagʻishlab «Qonuni Mas’udiy», deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham, Beruniyning matematikaga oid, yaʼni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari «Hindiston», «Qonuni Mas’udiy», «Geodeziya», «Mineralogiya» va «Astronomiya». Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari 22 ta; astronomik asboblar haqida 10 ta; astrologiklari 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) - 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshl
Доказательный фрагмент
«The article reflects the thoughts of Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Beruni about his life and work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article reflects the thoughts of Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Beruni about his life and work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- scientist, philosopher, encyclopedic scientist, geodesy, geography, alloma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025