К содержанию
РецензированоRU2026

ABU RAYHON BERUNIY - O’RTA ASR GEOGRAFI

Shomurodov Mansurbek Jonibek o’g’li

Журнал универсальных научных исследований · 3 · 2026

Аннотация

This article provides information about Abu Rayhan Beruni's contribution to the science of geography, his scientific research, and his works on geography Kalit so’zlar: O’rta Osiyo, globus, geodeziya, minerologiya, kartografiya Ключевые слова: Центральная Азия, глобус, геодезия, минералогия, картография Key words: Central Asia, globe, geodesy, mineralogy, cartography O’rta Osiyo ko’plab olim-u fuzalolar yetishib chiqqan yurt hisoblanadi. Allomalarimizning qoldirgan boy madaniy merosi haligacha butun dunyoni olimlari tomonidan o’rganilib, ularni hayratga solib kelmoqda. O’rta Osiyo yirik mutafakkir allomalar orasida Abu Rayhon Beruniy o’zining qoldirgan boy ilmiy merosi va ilm fanda tutgan o’rni bilan ajralib turadi.[4] Uning qoldirgan ilmiy merosi jahon olimlari tomonidan yuksak baholanadi. Olimning to’liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 4- sentabrda Xorazmning Kat shahrida tavallud topgan. Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy yoshligidan astranomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya fanlariga qiziqqan. Abu Rayhon Beruniynining birinchi ustozi astronomiya va trigonomertiya fanlariga oid bir qator asarlar muallifi bo’lgan Abu Nasr ibn Iroq Mansur bo’lgan. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug’ullangan.Sharqning boy fan va madaniyatini o’rganib, yunon ilmi bilan ham tanishib, yetuk olim bo’lib yetishib chiqqan. Abu Rayhon Beruniyning yuksak ilmiy salohiyati va geografiya fanlariga qo’shgan hissasini O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Yer quyosh atrofida aylanish mumkinligini aytib, yerning aylana o’lchamini o’lchaganligi 33 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda yerning kichraytirilgan modeli ya’ni globusni yasaganligini ham ko’rishimiz mumkin.[1] Beruniyning 150 dan ortiq ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo’lyozmalarining qo’limizdagi ana shu to’liq bo’lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Ushbu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va 24 geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga bag’ishlangan. Beruniyning ilmiy merosida geografiya, geodeziya va geologiyaga oid asarlarini alohida ta’kidlab o’tishimiz mumkin. Ularning 12 tasi geodeziya – geografiya, 4 ta kartografiyaga, 3 ta minerologiyaga, 3 ta iqlim va ob-havoga oid asarlardir.Olim geografiya oid ma’lumotlarning ko’pchiligi Sharq adabiyotida birinchi manba bo’lib hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy o‘rta asr Sharq olamining eng buyuk olimlaridan biri bo‘lib, geografiya sohasida chuqur iz qoldirgan. U yer shakllari, iqlim zonalari, geodeziya, joy nomlari va masofalarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan.[2] Ayniqsa, Hindiston geografiyasi, Orolbo‘yi, Xorazm va boshqa hududlar haqidagi tavsiflari alohida ahamiyatga ega. Beruniy Yerning sharsimonligini aniqlagan, geografik koordinatalarni hisoblab chiqqan va o‘z davrida eng ilg‘or xaritalar tuzgan. Uning “Hindiston”, “Geodeziya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlari geografik bilimlarning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida bevosita Oʻzbekiston tabiati haqida toʻliq maʼlumotlar berilmagan bo‘lsa-da, uning ilmiy ishlari O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga tegishli hududlar geografiyasi va tabiati haqida umumiy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.[3] Beruniy davrida Oʻzbekistonning bugungi hududlari ilmiy tadqiqotlar uchunmuhim manzil bo‘lgan va u bu hududlarning geografiyasi haqida bilishga qiziqqan. Oʻrta Osiyoning tabiiy sharoitlari togʻlar, choʻllar, daryolar, iqlim va boshqa tabiiy xususiyatlar Beruniyning kuzatuvlari va ilmiy tadqiqotlarida muhim oʻrin tutgan. U Amudaryo va Sirdaryo kabi katta daryolar haqida maʼlumotlarga ega bo‘lgan va bu daryolarning geografik oʻrni, ularning oqimi, suvning harakati va foydalanilishi haqida yozgan. Beruniy hayoti o’ta sermaxsul o’tgan. U avlodlarga katta ilmiy meros qoldirib, shogirdi Abul Fadl as Seraxsiy maʼlumoti boʻyicha 1048 yil 11 dekabr sanasida vafot etgan. 34 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. G. M. Xoldorova,M. Nizomiddinova,D. Begbo‘tayev “Abu Rayhon Beruniyning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi” Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science 2. G. K. Xudaykulova, Sh. A. Abdurashitova, M. M. Muyassarova “Abu rayhon muhammad ibn ahmad beruniy o`rta asrlarning buyuk qomusiy olimi” Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022The significance of the scientific, culturalheritage of Abu Rayhon Beruni and its role inthe development of science 3. S.S. Saidxonova “O‘zbekiston tabiatining geografik õrganilish tarixi” “Journal of science-innovative research in Uzbekistan” jurnal volume 2, issue 1

Доказательный фрагмент

«This article provides information about Abu Rayhan Beruni's contribution to the science of geography, his scientific research, and his works on geography Kalit so’zlar: O’rta Osiyo, globus, geodeziya, minerologiya, ka…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about Abu Rayhan Beruni's contribution to the science of geography, his scientific research, and his works on geography Kalit so’zlar: O’rta Osiyo, globus, geodeziya, minerologiya, ka… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Central Asia, globe, geodesy, mineralogy, cartography, O’rta Osiyo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники