К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYA BOZORINING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI

Yusupova Zilola

Современная наука и исследования · 2 · 25-46 · 2026

Аннотация

This article provides a detailed description of the place and role of the financial market in the modern economy. Finance is an important part of the economy, its strategic functions in ensuring the efficient allocation of resources, the activation of investment processes and macroeconomic stability. The article analyzes in more detail the interrelationships and economic growth of the main segments of the financial market - the capital market, the debt market, the foreign exchange market and other sectors. Keywords: market, financial market, stock market, trading system, shareholders, investments, etc. Zamonaviy sharoitda rivojlangan moliya bozorisiz hech bir davlat iqtisodiyoti samarali faoliyat yurita olmaydi. Moliya bozori iqtisodiyotda kechayotgan turli jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy tushuncha sifatida qaraladi. Bu holat uning mohiyati, tuzilmasi hamda bajaradigan funksiyalariga oid turli qarashlar mavjudligiga sabab bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda moliya bozori keng ma’noda – moliyaviy resurslar, vositalar va xizmatlarni sotib olish hamda sotish orqali faoliyat yurituvchi institutsionallashgan iqtisodiy makon sifatida talqin qilinadi. Tor ma’noda esa, moliya bozori – vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni qayta taqsimlash, shuningdek, bozor ishtirokchilari o‘rtasida qimmatli qog‘ozlar muomalasini ta’minlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida tushuniladi. Moliyaviy aktivlarga quyidagilar kiradi: pul mablag‘lari (milliy va xorijiy valyutalar), tijorat va aksiyadorlikka asoslangan korporativ hamda davlat qimmatli qog‘ozlari, bankdan tashqari moliyaviy vositachilarning instrumentlari (masalan, investitsiya fondlari, pay fondlari, 1869 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 investitsiya banklari), qimmatbaho metallar, sug‘urta va pensiya mahsulotlari. Aynan shu aktivlar moliya bozoridagi operatsiyalarning obyekti hisoblanadi. Moliyaviy aktivlarning turlariga qarab moliya bozori quyidagi segmentlarga bo‘linadi: pul bozori, kredit bozori, fond bozori, valyuta bozori, sug‘urta bozori, shuningdek oltin va qimmatbaho metallar bozori. Bu segmentlar birgalikda yagona milliy moliya bozorini shakllantiradi. Moliya bozorining har xil sohalarida shakllanayotgan iqtisodiy munosabatlar o‘zining murakkab va rang-barang xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu esa har bir bozor segmentining o‘ziga xos tuzilishi va noyob funksiyalariga ega ekanini ko‘rsatadi. Masalan, fond bozorida moliyaviy operatsiyalar asosan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar orqali amalga oshiriladi. Bu qog‘ozlar qarz majburiyatlarini (masalan, obligatsiyalar) yoki korxona ustav kapitalidagi ishtirokni va foyda olish huquqini tasdiqlovchi moliyaviy aktivlar sifatida namoyon bo‘ladi1. Qimmatli qog‘ozlar – oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlaridir (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va b.). Ular taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi. Aksiya – bu o‘z egasining (aksiyadorining) aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini belgilanmagan dividendlar shaklida olish, aksi- yadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqlarini ta'minlay- digan emission qimmatli qog‘ozdir. Bunda aksiya egasi aksiyadorlik jamiyati faoliyati tugatilgandan so‘ng ham, o‘z ulushiga egalik qilish huquqini saqlab qoladi. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga bo‘linadi. Imtiyozli aksiyalar ularning egasiga boshqaruvda ishtirok etish huquqlarini ma'lum darajada cheklash bilan belgilangan daromadga ega bo‘lishini anglatadi. Obligatsiyalar – bu doimiy daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular qarz majburiyatlari toifasiga kiradi. Oddiy qilib aytganda, obligatsiya bu – uning egasiga (investorga) belgilangan muddatda nominal qiymatini (asosiy qarzni) va odatda oldindan belgilangan foiz (daromad) miqdorini emitentdan (ya'ni qarz oluvchidan) olish huquqini beruvchi moliyaviy hujjatdir. Obligatsiyalardan olinadigan daromad faqat foiz shaklida bo‘lmasligi mumkin – ba’zi holatlarda ular chegirma asosida sotiladi, bu esa obligatsiyaning real daromadliligini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, obligatsiyalar ikki turga bo‘linadi: • Foizli obligatsiyalar – har yili yoki boshqa davrlarda investorga foiz to‘lanadi, • Diskontli obligatsiyalar – ular nominal qiymatidan arzon narxda sotiladi, investor esa muddat oxirida to‘liq nominal summani oladi2. Muhim jihati shundaki, obligatsiya egasi kompaniyaning mulkiy ulushiga ega bo‘lmaydi, ya’ni boshqaruvda yoki foyda taqsimotida ishtirok etmaydi. U faqat emitentning kreditori (qarz beruvchisi) sifatida tan olinadi. 1 Bouchaud J. P., Gefen Y, Potters

Доказательный фрагмент

«This article provides a detailed description of the place and role of the financial market in the modern economy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a detailed description of the place and role of the financial market in the modern economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
market, financial market, stock market, trading system, shareholders, investitsiya va boshqalar., bozor, aksiyadorlar, fond bozori, moliya bozori, savdo tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники