К содержанию
РецензированоUZ2026

SINCHINING BADIIY TAHLIL MAHSULI (QOZOQBOY YO‘LDOSHNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI)

Yo‘ldasheva Mohinur Akram qizi · M. Abdullayeva

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Olim, sinchi, kuchli metodist - Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlari, tahliliy fikrlarining izchilligi, ilmiy dalillarga asoslanishi boshqa adabiyot tanuvchilardan farq qiladi. Biz ushbu maqolada Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlarini, olimning ba’zi ijodkolarning ijodini tekshirishda foydalangan madaniy-tarixiy yondashuv asosida o‘rganishga harakat qildik. Kalit so‘zlar: madaniy-tarixiy yondashuv, tanqid, tahlil, ijodkorlar, asar, metod, olim, o‘zbek adabiyotshunosligi. Adabiyot va ijodkor munosabati doimo adabiyot tanuvchilar hamda sinchilarning e’tiborini o‘ziga jalb etib keladi. O‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchilarning adabiyot, ijod va ijodkor, so‘z mas’uliyati, hayot va haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishda ijodkor mahorati, ijod qonuniyatlari haqidagi fikr- qarashlarini maxsus o‘rgangan olimlar, sinchilar ko‘p. Ular ichida Q. Yo‘ldosh badiiy ijodga chuqur yondashadigan, har bir detalgacha ko‘zdan qoldirmay tahlil qiladigan sinchi sifatida ajralib turadi. O.Sharafiddinov aytganiday: “Tanqidchilik talanti uch narsadan tashkil topadi. Bularning birinchisi – adabiyotdagi go‘zallikni, g‘oyaviy va badiiy boylikni his qila bilishdir. Umuman olganda “tanqid badiiy asarni emotsional qabul qilish jarayonni idrok etish san’atidir”. Ikkinchidan – fikrlash qobiliyatidir. Tanqidchi o‘qigan asarini chuqur tahlil qila bilishi, asardagi voqea hodisalarni, xarakterlarni hodisalarni hayotdagi jonli odamlar bilan taqqoslay bilishi va bu taqqoslardan jamiyat hayoti uchun zarur hamda manfaatli xulosalar, umumlashmalar chiqara olishi kerak. Nihoyat, uchinchi unsuri sifatida so‘z san’atiga nisbatan ehtirosli, otashin muhabbatni aytish” ni ta’kidlab o‘tadi. Xuddi shu uch jihatga ega bo‘lgan, barcha asarlarga ijobiy yondoshadigan tanqidchi – Q. Yo‘ldoshdir. Dunyo adabiyotshunosligida ijodkorlarning adabiyot va uning mohiyati to’g‘risidagi qarashlari turli darajada tadqiq qilingan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda yuz berayotgan sifat o‘zgarishlari nazariy xulosa va to’xtamlarni yangidan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Binobarin, ijodkorning adabiy-estetik qarashlari va ularning ijodida namoyon bo‘lishiga oid masalalarni adabiyotshunoslikning ilg‘or tamoyillari hamda metodlari asosida tahlil qilish milliy adabiyotshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Biz mazkur maqolada olimning “So‘z yolqini” kitobidagi bir nechta ijodkorlar ijodiga bildirgan munosabatini, turli metod va yondashuvlari asosida ko‘rib chiqamiz. Bulardan madaniy-tarixiy yondoshuv asosida tahlil qilingan asarlarga diqqat qaratamiz. Olimning o‘zi bu yondashuv haqida “Madaniy-tarixiy yondashuv san’at asarida milliy ruhni aks ettirishda “muhit”, ya’ni tabiat, iqlim, “sotsial omil”, ya’ni ijtimoiy sharoitga xos jihatlarni ko‘ra va ko‘rsata bilish hal qiluvchi o‘rin tutishini hisobga oladi”1, deydi. Olim Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasini aynan shu metod asosida tahlilga tortadi. Jumladan: “Mehmon qo‘li ko‘ksida so‘rab boshladi: -Yaxshimisiz aka... 1 Yo‘ldoshev Q. Yo‘ldasheva M. Badiiy tahlil asoslari – Toshkent: 2016 – B.232. 1832 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Otamiz qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: -Shukur-shukur, — dedi. — Bola-chakalar o‘syaptimi? — Shukur... — Nevara-chevaralar katta bo‘lyaptimi? — Shukur… — Chopqillab-chopqillab yurishibdimi? Otamiz qo‘li ko‘ksida bo‘ldi. Egik boshini irg‘ab utira berdi”. Bunda olim farzandsizlik o‘zbek uchun tengsiz fojia ekanini madaniy -tarixiy yondoshuv orqali ko‘rsatib o‘tgan. Ya`ni o‘bekka xos milliy ruhni talqin qilgan. Bunda o‘zbekdan boshqa hech qaysi millatda tanimagan odamga bola – chaqa haqida bu qadar sinchiklab so‘ramasligi, hamda farzandsiz Qoplonning qanchalik iztirob chekganini tahlil qilgan. T.Murodning barcha asarlarida o‘zbekga xos urf-odat, xalq og‘zaki ijodining eng yorqin namunalarini, o‘zbekning hayotida katta yoshli kishida bo‘lgan hurmatni, umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, xalqning milliy ruhini aks etganini tahlillar asosida ochib beradi. Olim bir qator badiiy asarlarni shu yondashuv asosida tekshirib, milliy-mental xususiyatlarni yoritishga harakat qilgan. Jumladan, badiiy adabiyot jamiyat va xalq oldidagi ijtimoiy muammolarni hal etishga xizmat qilishi kerak deb hisoblaydigan P.Qodirovning asarlarini o‘rganishda ham ushbu yondashuvdan foydalanadi. Madaniy-tarixiy yondoshuv san’at asarida milliy ruhni “muhit” yani tabiat, ijtimoiy sharoitga xos jihatlarni ko‘rsatishga xizmat qiladi. P.Qodirovning “Qora Ko‘zlar” romanida inson, oila, halollik, e’tiqod, to‘g‘rilik kabi ma’naviy muammolarni o‘ziga hos insonlar taqdiri misolida aks ettiradi. “Yulduzli tunlar” romani ham ayni shu yondashuv asosida tahlil qilingan. Olimning o‘zi aytganidek: “Men madaniy -tarixiy yondoshuvni to‘g‘ri deb bilmayman, sababi har qanday inson she’r yoki roman yozolmaydi. Bobur, “Boburnoma” asarlari P.Qodirovdan oldin ham bo‘lgan, ammo aynan P. Qodirovgina u haqida ya’ni “Yulduzli tunlar” romanini yoza oldi” – deydi. Shu sababdan P. Qodirov “Yulduzli tunlar”

Доказательный фрагмент

«Olim, sinchi, kuchli metodist - Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlari, tahliliy fikrlarining izchilligi, ilmiy dalillarga asoslanishi boshqa adabiyot tanuvchilardan farq qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Olim, sinchi, kuchli metodist - Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlari, tahliliy fikrlarining izchilligi, ilmiy dalillarga asoslanishi boshqa adabiyot tanuvchilardan farq qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tanqid, olim, ijodkorlar, o‘zbek adabiyotshunosligi., madaniy-tarixiy yondashuv, metod, tahlil, asar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники