К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPONENTLARI VA KONIKMALARI

KOMPONENTLARI VA KONIKMALARI · Xalmuratov Miyirbek Tajetdinovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Bu maqalada Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nafaqat dars o‘tuvchi, balki murabbiy, tashkilotchi va tarbiyachi hamdir. U o‘quvchilar bilan ishlashda ularning yoshi, fiziologik xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda darslarni tashkil etadi. Metodik kompetensiya dars rejasini tuzish, mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish, sport mashqlarini xavfsiz va to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish bilan bog‘liqdir. Kalit so`zlar: Ayniqsa, jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar ham kerak boladi. XXI asrda ta’lim tizimining rivojlanishi nafaqat bilim berish, balki har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarda jismoniy faollikni shakllantirishda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish asosiy e’tiborda bo‘lishi lozim.Kasbiy kompetensiya tushunchasi hozirgi kunda pedagogik ta’limda markaziy o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar, psixologik tayyorgarlik, kommunikativ qobiliyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy komponentlari, ularning mazmun-mohiyati va shakllanish yo‘llari ilmiy asosda yoritiladi.Kasbiy kompetensiya bu — o‘qituvchining o‘z faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, shaxsiy fazilatlar va kasbiy qadriyatlar majmuidir. Kompetensiya tushunchasi ko‘plab olimlar tomonidan quyidagicha tavsiflanadi: • Pedagogik kompetensiya — ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarish qobiliyati; • Metodik kompetensiya — dars jarayonini samarali metodlar asosida olib borish malakasi; • Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy muloqot va aloqa o‘rnatish qobiliyati; • Innovatsion kompetensiya — yangi texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llay olish salohiyati. Ushbu kompetensiyalar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular har bir pedagogik faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy komponentlari.Pedagogik kompetensiya Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nafaqat dars o‘tuvchi, balki murabbiy, tashkilotchi va tarbiyachi hamdir. U o‘quvchilar bilan ishlashda ularning yoshi, fiziologik xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda darslarni tashkil etadi. Metodik kompetensiya dars rejasini tuzish, mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish, sport mashqlarini xavfsiz va to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish bilan bog‘liqdir. Bu komponent jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatining asosiy negizini tashkil qiladi.Kommunikativ kompetensiya.Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘quvchilar, ota-onalar, sport murabbiylari va boshqa pedagoglar bilan samarali muloqotda bo‘lishi zarur. Muloqot madaniyati va psixologik yondashuv bu kompetensiyaning asosiy qismlaridandir. 1824 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Innovatsion kompetensiya. Zamonaviy ta’limda yangi texnologiyalarni, masalan, videodarslar, onlayn platformalar, AR/VR texnologiyalarini qo‘llash jismoniy tarbiya darslarini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchi bu borada doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi kerak.Bunga ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, javobgarlik, sog‘lom turmush tarziga sodiqlik, liderlik kabi fazilatlar kiradi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi boshqalarga namuna bo‘lishi, o‘z shaxsiy hayoti orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun nazariy bilimlar yetarli emas, ular amaliyot bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. Sport zalida, stadionda, o‘quvchilarga dars o‘tish jarayonlarida nazariy bilimlar real sharoitda mustahkamlanadi.Tajribali jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan yetakchilik qilish, yosh pedagoglarga maslahatlar berish orqali kasbiy o‘sishni ta’minlash mumkin.Zamonaviy ta’limda innovatsiyalar tez-tez yangilanib turadi. Shu sababli o‘qituvchilar muntazam ravishda malaka oshirib borishlari kerak.Onlayn treninglar, masofaviy seminarlar, virtual laboratoriyalar orqali jismoniy tarbiya metodikasini yangilash imkoniyati kengayadi.Misol uchun, Finlyandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasida jismoniy tarbiya faniga katta e’tibor qaratilgan. Bu mamlakatlarda har bir o‘qituvchi maxsus malaka testidan o‘tadi, pedagogik innovatsiyalarni amalda sinab ko‘radi. O‘zbekistonning o‘zida ham “Sog‘lom avlod uchun” dasturi doirasida maktablarda sport to‘garaklari, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari faol yo‘lga qo‘yilgan.Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyatlari, balki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli quyidagi takliflarni ilgari suramiz: 1. Ta’lim dasturlarida kompetensiyaviy yondashuv asosida fanlararo integratsiyani kuchaytirish

Доказательный фрагмент

«Bu maqalada Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nafaqat dars o‘tuvchi, balki murabbiy, tashkilotchi va tarbiyachi hamdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqalada Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nafaqat dars o‘tuvchi, balki murabbiy, tashkilotchi va tarbiyachi hamdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
balki amaliy ko‘nikmalar ham kerak boladi., Ayniqsa, jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda nafaqat nazariy bilim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники