К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMOAT YO‘LOVCHI TRANSPORTIDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHI VA TALABALAR IJTIMOIY ADAPTATSIYASI, VAQTNI BOSHQARISH VA TA’LIMGA MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK · Gaipov Sháripboy Jubatovich · Dawletyarova Feruza Quwanishbaevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada jamoat yo‘lovchi transportidan foydalanish orqali o‘quvchi va talabalar ijtimoiy adaptatsiyasi, vaqtni boshqarish hamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi.O‘quvchi va talabalar uchun transport - bu faqat o‘qishga qatnov emas, balki ijtimoiy aloqalar, muomala madaniyati va ijtimoiy tajribani shakllantirish maydonidir. Transport orqali ular kundalik muhitdan tashqarida yangi ijtimoiy guruhlar bilan aloqaga kirishadi, bu esa ularning ijtimoiy adaptatsiyasiga yordam beradi.Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan, jamoat transporti ijtimoiy o‘zaro ta’sir va moslashuv makoni sifatida ko‘riladi. Kalit so`zlari: konfliktlarni hal qilish, sabr-toqat ko‘rsatish va hamkorlikda harakat qilish kabi ko‘nikmalar, psixologik va ijtimoiy jihatidir. Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchi va talabalarni mustaqil, ijtimoiy faol, vaqtni to‘g‘ri boshqara oladigan va ta’limga yuqori motivatsiyaga ega shaxs sifatida shakllantirishdir. Bu jarayonda turli ichki va tashqi omillar, shu jumladan jamoat yo‘lovchi transportidan foydalanish ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki o‘quvchilar va talabalar har kuni jamoat transporti orqali o‘quv muassasalariga qatnashar ekan, ular muayyan ijtimoiy tajribaga ega bo‘ladilar, vaqtni rejalashtirish va boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladilar hamda bu orqali o‘z motivatsiyalarini yanada kuchaytiradilar. Jamoat transporti — bu nafaqat harakat vositasi, balki yoshlarning psixologik va ijtimoiy jihatdan yetuklashuviga xizmat qiluvchi ijtimoiy makondir. Ushbu muhitda ular turli yoshdagi, ijtimoiy qatlamdagi insonlar bilan muloqotda bo‘lib, real hayotiy vaziyatlarda o‘zini tutish, muomala qilish, o‘z vaqtida yetib borish kabi zaruriy ko‘nikmalarni egallaydilar.Mazkur maqolada jamoat yo‘lovchi transportidan foydalanish orqali o‘quvchi va talabalar ijtimoiy adaptatsiyasi, vaqtni boshqarish hamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mazkur jarayonning ijobiy jihatlarini aniqlab, uni ta’lim- tarbiyaviy faoliyatga samarali integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Jamoat yo‘lovchi transporti nafaqat kundalik hayotning ajralmas qismi, balki yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faoliyatini tashkil etishda muhim vositadir. O‘quvchi va talabalar uchun transport — bu faqat o‘qishga qatnov emas, balki ijtimoiy aloqalar, muomala madaniyati va ijtimoiy tajribani shakllantirish maydonidir. Transport orqali ular kundalik muhitdan tashqarida yangi ijtimoiy guruhlar bilan aloqaga kirishadi, bu esa ularning ijtimoiy adaptatsiyasiga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan, jamoat transporti ijtimoiy o‘zaro ta’sir va moslashuv makoni sifatida ko‘riladi. Bu muhitda yoshlar o‘zaro muloqot qiladi, konfliktlarni hal qilish, sabr-toqat ko‘rsatish va hamkorlikda harakat qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. 1819 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Shu tariqa, transportdagi tajriba ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy adaptatsiya — bu shaxsning yangi ijtimoiy muhitga moslashishi jarayoni bo‘lib, unda u o‘zini muvofiqlashtiradi va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatadi. Jamoat transportida o‘quvchi va talabalar yangi insonlar bilan uchrashib, turli holatlarga moslashishga majbur bo‘ladilar. Bu esa ularning moslashuvchanligini, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Transport muhitidagi ijtimoiy adaptatsiya psixologik barqarorlik va ijtimoiy qobiliyatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yerda shaxs o‘z-o‘zini boshqarish, hissiyotlarni nazorat qilish va stressga chidamlilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi, bu esa ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi. Vaqtni boshqarish — muvaffaqiyatli o‘qish va ta’lim uchun zarur ko‘nikmalardan biridir. Jamoat transporti foydalanuvchilari, ayniqsa o‘quvchi va talabalar, har kuni qatnov jadvaliga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. Bu esa ularning rejalashtirish va intizom ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Transportdan samarali foydalanish vaqtni boshqarishni o‘rgatadi, chunki talabalar o‘z yo‘l harakatlarini oldindan rejalashtirishlari, kechikmasliklari va vaqtni tejash yo‘llarini topishlari lozim. Shu tariqa, vaqtni boshqarish ko‘nikmalari kundalik hayotda shakllanadi va ta’lim jarayonida motivatsiyani oshirishga xizmat qiladi. Motivatsiya — ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyat kalitidir. U ichki (shaxsiy qiziqish, o‘z- o‘zini rivojlantirish) va tashqi (ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi, o‘qituvchilarning rag‘batlantirishi, shuningdek, transportdagi samarali vaqt foydalanish) omillarga bog‘liq. Jamoat transportidan foydalanish vaqtida talabalar o‘z bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin — masalan, audio darslarni tinglash, kitob o‘qish yoki eslatmalar tayyorlash. Bu esa tashqi motivatsiyani mustahkamlaydi va ta’limga bo‘lgan qiziqishni o

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jamoat yo‘lovchi transportidan foydalanish orqali o‘quvchi va talabalar ijtimoiy adaptatsiyasi, vaqtni boshqarish hamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik aso…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jamoat yo‘lovchi transportidan foydalanish orqali o‘quvchi va talabalar ijtimoiy adaptatsiyasi, vaqtni boshqarish hamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik aso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sabr-toqat ko‘rsatish va hamkorlikda harakat qilish kabi ko‘nikmalar, psixologik va ijtimoiy jihatidir., konfliktlarni hal qilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники