Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY O‘ZBEK LEKSIKASIDA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI: NEOLOGIZMLAR, JARGON VA INTERNET TILI TA’SIRI
Salimova Mohinur Axmadjonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This study analyzes the ongoing changes in modern Uzbek vocabulary, focusing on neologisms, internet language, and jargon. It examines the origin, impact on the literary language, and functional roles of new lexical units. The necessity of normative regulation of the language is justified, and practical recommendations are proposed. Keywords: neologism, internet language, jargon, Uzbek vocabulary, language change, literary language, linguistics. Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari zamonaviy dunyoda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Bu o‘zgarishlar til tizimida, xususan o‘zbek tilida ham sezilarli leksik yangilanishlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, yangi so‘zlar, xorijiy atamalar, internet tarmog‘i orqali kirib kelayotgan jargon va internet tili (ijtimoiy tarmoqlar tili) orqali o‘zbek tilining leksik boyligi boyib bormoqda [1:3]. Mazkur o‘zgarishlar natijasida tilning leksik tarkibi o‘zgarib, yangi qatlamlar shakllanmoqda, mavjud birliklarning semantik ko‘lamida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Biroq bu hodisalar hali lingvistik jihatdan chuqur tahlil etilmagan, ayniqsa ularning normativ adabiy tilga ta’siri, rasmiy-yozma nutqda qo‘llanish xususiyatlari va barqarorlashuvi dolzarb ilmiy muammo bo‘lib qolmoqda [4:7]. Zamonaviy o‘zbek leksikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish — tilning hozirgi rivojlanish bosqichini anglash, yangi birliklarning til tizimidagi o‘rnini aniqlash, ularning jamiyat hayotiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi [8]. Ayniqsa, davlat tilining rasmiy maqomini mustahkamlash, adabiy til me’yorlarini saqlash va zamon bilan uyg‘un til siyosatini olib borish uchun bu tadqiqot muhimdir. Zamonaviy o‘zbek leksikasida yuz berayotgan transformatsion jarayonlarni — neologizmlar, jargon va internet tili ta’siri doirasida — tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari, funksional roli va adabiy tilga ta’sirini aniqlash. Tadqiqotning vazifalari: 1. O‘zbek tiliga kirib kelayotgan neologizmlar turlarini va ularning manbalarini aniqlash; 2. Internet tili va yoshlar jargonining tarkibiy va funksional xususiyatlarini tahlil qilish; 3. Yangi birliklarning rasmiy adabiy til bilan munosabatini ko‘rsatish; 4. Til transformatsiyasining ijtimoiy-lingvistik omillarini aniqlash; 5. Til madaniyatini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish. 1785 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot zamonaviy o‘zbek tilidagi leksik transformatsiyani tizimli tarzda o‘rganadi. Yangi paydo bo‘lgan leksik birliklar — neologizmlar, ijtimoiy va internet jargoni turlari lingvistik nuqtai nazardan tavsiflanadi. Ularning o‘zbek adabiy tiliga integratsiyalashuvi, semantik va morfologik xususiyatlari, kommunikativ funksiyasi chuqur tahlil qilinadi [10:13]. Bundan tashqari, tadqiqotda quyidagilar ham yoritiladi: • Leksik o‘zgarishlarning ijtimoiy va texnologik omillar bilan bog‘liqligi; • Neologizmlarning barqarorlashuvi va normativ tilga mosligi; • Jargon birliklarining funksional uslublar bilan aloqasi; • O‘zbek tilining zamonaviy kommunikatsion ehtiyojlarga moslashuvi. Zamonaviy o‘zbek tilidagi leksik o‘zgarishlar — bu til tizimining tabiiy evolyutsiyasi, ya’ni tilning jamiyat ehtiyojlariga, texnologik taraqqiyotga, global kommunikatsion muhitga moslashuvi jarayonidir. Neologizmlar, internet jargonlari va ijtimoiy tarmoq tili lingvistik hodisa sifatida nafaqat til birliklari tizimiga yangi elementlarni olib kiradi, balki mavjud strukturalarni ham qayta shakllantiradi [3:6]. Tilshunoslikda bu jarayonlar dinamik tizim konsepsiyasi bilan izohlanadi, ya’ni til doimiy o‘zgarishda bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq [8:10]. Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘zbek leksikasidagi transformatsiya — bu til rivojining tabiiy bosqichi bo‘lib, uni inkor etish emas, balki ilmiy asosda tartibga solish muhimdir. Ushbu transformatsion jarayonlar nafaqat lingvistik, balki sotsiolingvistik kontekstda ham o‘rganilishi zarur. Tilga kirib kelayotgan yangi birliklar (masalan, “kontent”, “like”, “feyk”, “vayner”, “trending”, “podkast” va boshqalar) ko‘plab yoshlar orasida faol ishlatilayotgan bo‘lsa-da, ularning barchasi hali adabiy til darajasiga ko‘tarilmagan. Shuning uchun bu birliklarning barqarorlik darajasi, uslubiy maqomi va normativlik imkoniyatlari alohida tahlil etilishi lozim [7:13]. Zamonaviy lingvistika amaliyotida “kod almashtirish” (code-switching), “transliteratsiya”, “interferensiya” kabi tushunchalar aynan internet tili doirasida o‘z ahamiyatini oshirmoqda. Shu sababli, ushbu birliklarni ilmiy jihatdan tasniflash, leksik-morfologik tavsif berish, semantik tahlil qilish muhim ilmiy vazifa hisoblanadi. Quyida amaliy tavsiyalar beriladi: 1. Neologizmlar lug‘atini tuzish: O‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi so‘zlar va atamalarni tizimli ro‘yxatga olish va tavsiflash asosida “Zamonaviy o‘zbek neologizmlari” lug‘ati ishlab chiqilishi lozim. Bu lug‘at akademik va amaliy til
Доказательный фрагмент
«This study analyzes the ongoing changes in modern Uzbek vocabulary, focusing on neologisms, internet language, and jargon.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis study analyzes the ongoing changes in modern Uzbek vocabulary, focusing on neologisms, internet language, and jargon. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neologism, internet language, jargon, Uzbek vocabulary, language change, neologizm, lingvistika., adabiy til, til o‘zgarishi, o‘zbek leksikasi, internet tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025