К содержанию
РецензированоUZ2026

USMON AZIM SHE’RIYATIDA UNDOV GAPLARNING EMOTSIONAL KUCHI, PRAGMATIK FUNKSIYALARI VA BADIIY KOMMUNIKATIV ROLI

Salimova Gulnoza Anvar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The article explores the pragmatic and emotional features of exclamatory sentences in Usmon Azim’s poetry, as well as their artistic and communicative role. Exclamatory sentences are analyzed as important tools for expressing the poet’s inner emotional state, establishing an emotional connection with the reader, and enhancing the expressiveness of poetic speech. Keywords: exclamatory sentences, pragmatics, emotional expression, speech acts, literary language, poetry, communicative function. Аннотация. В статье рассматриваются прагматические и эмоциональные особенности междометных предложений в поэзии Усмона Азима, а также их художественная коммуникативная роль. Междометные предложения анализируются как важные средства выражения внутреннего эмоционального состояния поэта, установления искренней связи с читателем и усиления экспрессивности поэтической речи. Ключевые слова: междометные предложения, прагматика, эмоциональное выражение, речевые акты, художественный язык, поэзия, коммуникативная функция. Undov gaplar nutqning eng kuchli emotsional ifoda vositalaridan biri bo‘lib, insonning ichki kechinmalarini bevosita va yorqin tarzda ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa badiiy matnda ular poetik ruhiyat va muallifning his-tuyg‘ularini o‘quvchiga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda tilshunoslik va pragmatika sohalarida undov gaplarning kommunikativ va pragmatik ahamiyatini chuqur o‘rganish zarurati ortib bormoqda, chunki ular nafaqat tilning grammatik shakli, balki nutqdagi ijtimoiy va madaniy munosabatlarni aks ettiruvchi kuchli vositadir. O‘zbek tilshunosligida S. Axmedova undov gaplarni his-tuyg‘u, hayajon, istak, g‘azab, norozilik kabi holatlarning ifodachisi sifatida ta’riflaydi va ularni nutqning emotsional- ekspressiv qatlamiga mansub deb hisoblaydi [4: 205]. M. G‘aniyeva esa undov gaplarni pragmatik nuqtai nazardan baholab, ularni subyektiv nuqtayi nazarning bevosita ko‘rinishi, nutqning emotsional dominantasi deb ataydi. Unga ko‘ra, undov gaplar muloqotda muhim sotsiopragmatik yukni o‘z zimmasiga oladi [5: 88]. Xalqaro tilshunoslikda esa J. Searle va J. Austin kabi nutq aktlari nazariyotchilari undov gaplarni ekspressiv nutq aktlari toifasiga kirgizadi. J. Searle fikricha, bunday gaplar orqali shaxs o‘z kayfiyati, munosabati yoki hissiy holatini bildiradi, bu esa ularni informatsion emas, balki illokutsion maqsadli gaplar toifasiga kiritadi[6: 66; 7]. 1782 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Shuningdek, rus tilshunosligida A. Shaxmatov undov gaplarni nutqning intonatsion va psixologik markazi sifatida baholaydi, ularga og‘zaki nutqda muloqotni boshqaruvchi va hissiy fon yaratuvchi vosita sifatida yondashadi [8: 112]. Ushbu nazariy qarashlar undov gaplarning grammatik shakldan tashqari, kommunikativ va pragmatik ahamiyatga ham ega ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, badiiy adabiyotda ular obraz va muallif pozitsiyasining emotsional ifodachisiga aylanadi. Badiiy adabiyotda undov gaplar o‘quvchining diqqatini tortadi, uni muallif bilan emotsional aloqa o‘rnatishga undaydi. Ayniqsa she’riyatda bu gaplar poetik nutqning ekspressivligini oshiradi, ritmik va ohangdorlikka xizmat qiladi. Shoir o‘z his-tuyg‘ularini yoki lirik qahramonning ichki kechinmalarini undov gaplar orqali qisqa, lekin chuqur mazmunli shaklda yetkazadi. Bu jihat undov gaplarni nafaqat grammatik birlik sifatida, balki badiiy vosita sifatida ham muhim o‘rin egallashiga sabab bo‘ladi. Undov gaplarning pragmatik funksiyalari esa ularning faqat shakliy emas, balki kommunikativ jihatdan ham faol ishtirok etishini ko‘rsatadi. Pragmatik nuqtai nazardan undov gaplar — bu emotsional holatni ifodalashdan tashqari, muloqotdagi ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan nutq aktlari hamdir. Ular orqali shoir yoki lirik qahramon e’tiroz bildiradi, istakni izhor etadi, iltimos qiladi, hayrat yoki norozilikni ifodalaydi, ba’zida esa o‘quvchi bilan bevosita aloqa o‘rnatadi. Bunday funksiyalar undov gaplarning badiiy matndagi o‘rnini mustahkamlaydi. Xususan, Usmon Azim she’riyatida bu turdagi gaplar nafaqat hissiy kuchaytmaga xizmat qiladi, balki lirik obrazlar ruhiy holatini aniqlashda, o‘quvchiga shoir pozitsiyasini yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Shu orqali undov gaplar poetik nutqning pragmatik boyligini oshiradi va o‘quvchining emotsional qamrovini kengaytiradi. Poetik pragmatika esa badiiy matndagi nutq harakatlari, kommunikativ niyat va emotsional kayfiyatni o‘rganadigan pragmatikaning bir sohasi hisoblanadi. U poetik matnda ishlatilgan til birliklari — so‘zlar, frazalar, gaplar — qanday kommunikativ vazifa bajarishini, muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatni tahlil qiladi. Poetik pragmatika yordamida undov gaplar, metafora, epitet kabi poetik vositalarning pragmatik funksiyalari, ya’ni ular orqali qanday emotsiyalar, kayfiyatlar yoki nutq aktlari ifodalanishi ochib beriladi. Usmon Azim she’riyatida undov gaplarning tahlili. Undov gaplar badiiy matnda nafaqat emotsiyalarni ifodalash vositasi, balki nutqning pragmatik funk

Доказательный фрагмент

«The article explores the pragmatic and emotional features of exclamatory sentences in Usmon Azim’s poetry, as well as their artistic and communicative role.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article explores the pragmatic and emotional features of exclamatory sentences in Usmon Azim’s poetry, as well as their artistic and communicative role. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
exclamatory sentences, pragmatics, emotional expression, speech acts, kommunikativ funktsiya., nutq aktlari, she’riyat, pragmatika, undov gaplar, badiiy til, emotsional ekspressiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники