Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHDA FUQAROLARGA BERILADIGAN IJTIMOIY IMTIYOZLAR: O‘ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING QIYOSIY TAHLILI
Yusufjonov Asadbek Dadabek o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the constitutional and normative-legal foundations of providing social benefits to citizens in the process of ensuring their right to higher education. The study examines the legal nature of these benefits, the categories of eligible subjects, the mechanisms for their provision, and their practical outcomes through a comparative legal analysis of the experience of the Republic of Uzbekistan alongside that of Germany, the Russian Federation, USA and UK. Particular attention is given to issues of ensuring equal opportunities 1776 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 in access to higher education, promoting social justice, and effectively implementing constitutional guarantees in real life. Based on the analysis, the article offers recommendations aimed at increasing the effectiveness of social benefits in higher education and explores the legal underpinnings of their application. Keywords: higher education, international experience, admission process, social benefits, constitutional guarantees, legal mechanisms, equal opportunities, comparative analysis. KIRISH. Bugungi kunda huquqiy-demokratik davlatlarda oliy ta’limga kirishda ijtimoiy imtiyozlarning joriy etilishi fuqarolarning ta’lim olish huquqini ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizm sifatida e’tirof etiladi. Bunday imtiyozlar, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning oliy ta’limga kirishdagi real imkoniyatlarini kengaytirish, ularning inklyuziv ishtirokini ta’minlash va ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishga xizmat qiladi. Huquqiy imtiyozlarning mohiyatini chuqur anglash uchun, avvalo, “imtiyoz” atamasining huquqiy va ilmiy asoslarini aniqlab olish muhim. “Imtiyoz” (lotincha privilegium) so‘zi “privus” (alohida) va “lex” (qonun) iboralaridan kelib chiqib, “ayrim shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar uchun maxsus qonuniy imkoniyat” degan ma’noni anglatadi. Huquqshunoslikda esa imtiyoz – bu umumiy huquqiy tartibdan chekinish asosida, ijtimoiy holati yoki xizmat aloqasi bilan ajralib turuvchi fuqarolarga qo‘shimcha yengilliklar berilishini nazarda tutuvchi huquqiy mexanizm hisoblanadi. Bu jihat uni ijtimoiy adolat va teng huquqlilik prinsiplarini amalda ro‘yobga chiqaruvchi vosita sifatida namoyon qiladi【1】. Oliy ta’limga kirish imkoniyatlarining barchaga teng bo‘lishi, bu tenglik esa nafaqat normativ-huquqiy, balki amaliy kafolatlar bilan ta’minlanishi demokratik jamiyat uchun zaruriy shart hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ijtimoiy imtiyozlar oliy ta’lim tizimining inklyuzivlik, adolat va barqarorlik tamoyillari bilan uyg‘unligini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu yo‘nalishda muayyan yutuqlarga erishilgan. Jumladan, Konstitutsiyada ta’lim olish huquqi kafolatlangan, abituriyentlar uchun ijtimoiy mezonlar asosida turli imtiyozlar shakllantirilgan, hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga davlat granti asosida ajratiladigan alohida kvotalar mavjud. Shunga qaramay, amaldagi imtiyozlar institutining tartibga solinmaganligi, normativ hujjatlardagi tarqoqlik, shaffof baholash mezonlarining sustligi ushbu tizimni xorijiy ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limga oid ijtimoiy imtiyozlar tizimi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolarga davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ta’lim olish huquqini kafolatlaydi【2】. Ushbu norma oliy ta’limga kirishdagi teng imkoniyat tamoyilining amaliy ifodasidir. Bunda “tanlov asosida” iborasi, bir tomondan, akademik yutuqlarga asoslangan yondashuvni bildirsa, boshqa tomondan, imtiyozga ega ijtimoiy toifalar uchun alohida tartib va kvotalarni huquqiy asosda belgilashga imkon yaratadi. Demak, konstitutsiyaviy huquq sifatida davlat hisobidan ta’lim olish huquqi nafaqat umumiy asosda, balki ijtimoiy imtiyozlar tizimi orqali ham ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yilishi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan【3】. Bu me’yor, o‘z navbatida, ijtimoiy imtiyozlarning adolatli, huquqiy va qonuniy asosda joriy etilishi zarurligini ko‘rsatadi. 1777 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Oliy ta’lim olish uchun taqdim etiladigan imtiyozlar ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar va konstitutsiyaviy kafolatlarni amalda ta’minlash vositasi sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasida mazkur institut tizimli tarzda shakllanayotgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab- quvvatlash, hududlararo tengsizliklarni yumshatish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida turli shakldagi imtiyozlar amaliyotga joriy etilgan. Ayni paytda yurtimizda oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar Prezident farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari asosida huquqiy jihatdan mustahk
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the constitutional and normative-legal foundations of providing social benefits to citizens in the process of ensuring their right to higher education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the constitutional and normative-legal foundations of providing social benefits to citizens in the process of ensuring their right to higher education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- higher education, international experience, admission process, social, teng imkoniyatlar, oliy ta’lim, qabul jarayoni, huquqiy mexanizmlar, qiyosiy tahlil., ijtimoiy imtiyozlar, xalqaro tajriba, konstitutsiyaviy kafolatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025