К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK TILIDA OTLARDA SINONIMLIK SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA TASNIFI

NEW RENAISSANCE · Xudoyberdiyeva Farangiz Dilshod qizi · Mirxanova Gulandom Rustamovna (Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti.)

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In this article, which is intended to shed light on the phenomenon of synonymy of nouns, we mainly consider the phenomenon of synonymy in nouns in our speech, their semantic properties. In general, the phenomenon of synonymy occurs in all independent words and even in independent word classes. In this case, if we focus on the noun word class, which is the largest of the independent word classes, has the property of diversification, is formed and serves as the basis 85 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 for formation, the phenomenon of synonymy is also widespread in this class. Such phenomena that increase the expressiveness of speech are found in our language in large numbers. For example: synonymy, homonymy, antonymy, paronymy are among them. Keywords: Semantic feature, dominant, emotional coloring. Insoniyat yaralibdiki, borliqdagi narsa, hodisalarni tafakkuri orqali idrok qilib, uning nomini atash uchun ma’lum bir tushunchalarni qo‘llab o‘z nutqini boyitib kelgan. Tildagi so‘zlarning salmog‘i oshib borgach, ularni ma’lum bir guruhlarga ajratish ehtiyoji tug‘ilgan. Bu haqida qadimga faylasuflar o‘z qarashlarini bayon qilganlar. Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi yunon faylasufi, Aristotel (Arastu) so’z turkumlarini 7ga, miloddan avvalgi V asrda hind tilshunoslaridan Panini (III-II asrda Panining grammatika va grammatik kategoriyalar haqida fikr yuritganligi ma’lum) va Yaska 4ga (ot, fe’l, ko‘makchi va yuklama) shaklida tasniflagan . Bunda fe’l harakatni ifodalovchi, ot esa substansiya-ifodalovchi, yuklama va ko‘makchi so‘z o‘rtasidagi munosabatni, shuningdek, insonning o‘z fikriga munosabatini ifodalovchi hodisa sifatida berilgan) ga boʻlganlar. Hindlar to‘rtta so‘z turkumini farqlaganlar: ot, fe’l, old ko‘makchi va yuklama. Hind tilshunosligida ot predmet ifodalovchi, fe’l esa harakat, holat ifodalovchi so’z sifatida berilgan. Turkiy tilshunoslikda morfologiyaga oid qarashlar arab tilshunosligi ta’sirida IX-XI asrlarda shakllana boshlagan. O‘rta Osiyo xalqlari uchun bebaho sanalgan ilk qomusshunos olim sifatida tan olingan Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida so‘z turkumlariga ham to‘xtalib o‘tadi, ulardagi yasalish hodisasini ham ilmiy asoslab misollar bilan fikrini dalillab beradi. Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘z davrida 2 yirik turkumni farqlab beradi. Bularni predmet bildiruvchi so‘zlarni-otlar, harakat nildiruvchi so‘zlarni esa fe’llar guruhi ostida birlashtiradi. Hozirgi zamonaviy tilshunosligimizda ham morfologiyaning asosini shu ikki yirik guruh tashkil qiladi. Hozirda biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan mulohazalar ham ot so‘z turkumidagi sinonimlar va ularning semantik xususiyati haqida. Narsa-predmet, shaxs otlari va nomlari ma’nosini bildiruvchi, kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘luvchi va gapda istalgan gap bo‘lagi sifatida ishtirok etuvchi so‘zlarni-ot so‘z turkumi ostida birlashtiramiz. Nutqimizni ta’sirchan qiluvchi vositalarning barchasi bu turkumdagi so‘zlarda faol qo‘llanadi. 1. Omonimlik hodisasiga misol qilib “Burun” so‘zini oladigan bo‘lsak:1. burun tana a’zosi, nafas olish vazifasini bajaradi. Bu uning otlik xususiyati. 2. Burun geografik atama bo‘lib, quruqlikning dengizga tomon turtib chiqqan qismi. Bunda ham otlik ma’nosida. 3. Burun ilagarilari avvallari singari ma’nosi bilan ravish so‘z turkumini ifodalab keladi. 86 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 2. Antonimlik hodisasiga misol qilib quydagi so‘zlarni olishimiz mumkin. O‘g‘il-qiz jinslar o‘rtasida, tun-kun vaqtlar o‘rtasida, bosh-oyoq tana qismlari o‘rtasidagi zidlik hodisasi. 3. Paronimlik hodisasiga misol qilib: sud-sut, asr-asir, tanbur-tambur kabilar. 4. Sinonimlik hodisasiga misol qilib ko‘plab so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Bunga misol qilib otning ma’no turlari tasnifiga oid guruhlar orqali fikrimizni dalillashimiz mumkin. Shaxs otlarida: qarindosh, urug‘, tug‘ishgan, jigar, bovur, jigarband, jigargo‘sha, qondosh, qardosh, aymoq, xesh; narsa otlarida: bayroq, yalov, alam, tug‘, baydoq; o‘rin-joy otlari: sayilgoh, sayrgoh, sayrbog‘, tomoshabog‘; faoliyat-jarayon otlarida: mardlik, jasurlik, qo‘rqm aslik, erlik, dovyuraklik, botirlik… Nutqimizda sinonimlar so‘z ko‘pavayergan sari. Tilshunos olimlar bu hodisan ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganishga kirishishdi. Dunyo tilshunos olimlari qatorida o‘zbek tilshunosligida ham bu borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. O‘zbek tilidagi sinonimlar muammosini monografik aspektda tadqiq qilgan B.Doniyorov asosli tarzda ta’kidlaganlar “Sinonimlar nafaqat semantikaning konnotativ aspekti bo‘yicha faqrlanadi, balki aniq bir hollarda ijtimoiy tomondan anglangan tarixiy jihatdan saqlangan kontekstdagi denotativ ma’nosi bo‘yicha ham faqrlanadi”. Sinonimlik hodisasi barcha so‘z turkumlarida kuzatiladigan hodisadir. Bu hodisada bosh, (asos) ma’no atrofida unga o‘xshash ma’noli so‘zlar jamlanadi. Sinonim so‘zlar qaysi uslubda qo‘llanishi, ematsional bo‘yoq

Доказательный фрагмент

«In this article, which is intended to shed light on the phenomenon of synonymy of nouns, we mainly consider the phenomenon of synonymy in nouns in our speech, their semantic properties.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, which is intended to shed light on the phenomenon of synonymy of nouns, we mainly consider the phenomenon of synonymy in nouns in our speech, their semantic properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Semantic feature, dominant, emotional coloring, dominanta, emotsional bo‘yoqdorlik., Semantik xususiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники