К содержанию
РецензированоEN2026

ZAMONAVIY ARAB OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Ibrohimov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations. This article also provides the dictionary meanings of some words that will help the reader to improve his translation skills. The cited article contributes to the development of translation studies in Uzbekistan to a certain extent. Key words: Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern technology, dictionary meanings. Mustaqillikka erishilgach, respublikamizda xorijiy tillarni o‘rganish va tarjimashunoslik sohalariga jiddiy e’tibor qaratilib, soha rivoji yo’lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning takomillashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 19-mayda chiqarilgan PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari tog‘risida”gi1 qarori muhim ahamiyat kasb etdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi roli va obro‘si tobora rivojlanib borishi natijasida arab mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, kimyo- texnologiya, diniy-ma’rifiy va shuningdek, bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik ko‘lami kengayib bordi. Mamlakatimiz ko‘plab arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish ustida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa bugungi kun arab tilshunosligi va tarjimashunosligi tadqiqotchilari zimmasiga muhim mas’uliyat yuklaydi. Ushbu keng ko‘lamli diplomatik munosabatlar arab tarjimashunosligi rivoji uchun muhim rol o‘ynamoqda. Bu esa tadqiqotchilar oldida arab ommaviy axborot vositalari uslubiyatining o‘ziga xosligi va uning arab-o‘zbek tillari chog’ishtirma tarjimashunosligi va tilshunosligidagi talqinini o‘rganishdek ustuvor vazifa kasb etmoqda. Maqolada arab ommaviy axborot vositalari maqola sarlavhalarining ifodalanishi va uning o‘zbek tilidagi talqini borasida fikr yuritiladi. 1 https://lex.uz/docs/-5426736 1752 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Shuningdek, ushbu maqola Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2020-yil 29-oktabrdagi 6097-sonli Prezident farmoni 2 ijrosini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi. Zamonaviy tarjima nazariyalarida maqsadga yo‘naltirilgan (funksionalist) yondashuv ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hans Vermeer tomonidan ishlab chiqilgan Skopos nazariyasi (Skopostheorie) tarjimaning asosiy maqsadi – uning funksiyasi ekanligini ta’kidlaydi. Bu yondashuv arab matbuoti tarjimasi uchun ayniqsa dolzarb, chunki matnlar ko‘pincha ma’lum bir ijtimoiy yoki siyosiy funktsiyani bajaradi.3 Masalan, “ةموكحلا مساب يمسرلا ثدحتملا” iborasi so‘zma- so‘z “hukumatning rasmiy vakili” deb tarjima qilinadi. Ammo bu ibora matn kontekstiga qarab “hukumat matbuot kotibi” yoki “vakil” tarzida funksional tahlil asosida tarjima qilinadi. Demak, tarjimada so‘zning sintaktik ko‘rinishi emas, balki uning diskursiv va ijtimoiy rolini anglash muhimdir. Kognitiv yondashuv tarjimonning tafakkur jarayoniga e’tibor qaratadi. Ya’ni tarjima faqat til kodlarini almashtirish emas, balki axborotni kodlash va dekodlashda insonga xos ong jarayonlari ishtirokini anglatadi. Bu uslub tarjima qilishda kontekstual izlanish, fikrlar zanjiri, assotsiatsiyalar va evristik mulohazalarni o‘z ichiga oladi (Shuttleworth & Cowie, 1997). Bu yondashuvdan foydalangan holda tarjimon matnning ma’no qatlamlarini bir necha darajada tahlil qiladi: • Yuzaki (literal) ma’no; • Pragmatik ma’no; • Konnotativ (qo‘shimcha) ma’no.4 Arab tilidagi “لوؤ سم ردصم نلعأ” jumlasi yuzaki tarjimada “mas’ul shaxs ma’lum qildi” bo‘lishi mumkin. Ammo o‘zbek jurnalistik uslubida bu “rasmiy manba ma’lumotiga ko‘ra” tarzida ifodalanadi. Bu kognitiv yondashuv asosida turgan tarjimadir. Tarjimani madaniy voqeliklararo ko‘prik sifatida talqin etuvchi yondashuvlar ham zamonaviy tarjima nazariyasining muhim qismini tashkil etadi. Bu nazariya tarjimani faqat til o‘zgarishi emas, balki madaniyatlararo transfer deb hisoblaydi. Arab tilida keng qo‘llaniladigan diniy, ijtimoiy va siyosiy terminlar tarjimada turlicha ifoda topadi. Misol: “نيفيرشلا نيمرحلا مداخ” — bu ibora so‘zma- so‘z tarjimada “Muqaddas ikki masjid xizmatchisi” degan ma’noni bildiradi. Biroq bu ibora aslida Saudiya Arabistoni podshohining rasmiy unvoni bo‘lib, uni o‘zbek tilida “Saudiya Arabistoni podshohi” tarzida ekvivalent holda berish mantiqan to‘g‘riroq hisoblanadi. Arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘plab arab so‘zlarining ko‘p ma’noliligi (polysemy) va sifat jihatidan yaqin bo‘lgan sinonimlar mavjudligi tarjimon uchun ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, arab tilidagi "نلعأ" fe’li — kontekstdan kelib chiqqan holda “ma’lum qildi”, “e’lon qildi”, “bayon etdi”, “bildirdi” kabi turli ekvivalentlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda tarjimon kontekstual semantik tahlil asosida so‘zning ma’nosini aniqlashi lozim.5 Siyosiy va iqtisodiy matnlard

Доказательный фрагмент

«This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern, so‘zboshi, maqola, arab tili, zamonaviy texnologiya, lug‘aviy ma’nolar., ommaviy axborot vositalari, sarlavha, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники