К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK SHEVALARIDA O‘Z VA O‘ZLASHGAN QATLAM

NEW RENAISSANCE · N.O. Avazova · S. Shakarova

Современная наука и исследования · 2 · 18-25 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek shevalarida mavjud bo‘lgan o‘z va o‘zlashgan leksik qatlamlar tahlil qilinadi. Shevalardagi so‘z boyligi, ularning tarixiy ildizlari va bugungi kundagi shakllari misollar asosida ochib beriladi. Kalit so'zlar: sheva, adabiy til, o'z leksiklar, o'zlashma so'zlar, leksik qatlam, tilshunoslik, tarixiy leksika. Til jamiyat hayotining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, undagi shevalar xalqning og‘zaki nutqiy tajribasini, tarixiy taraqqiyotini va madaniy aloqalarini aks ettiradi. Shevalar tilning ildizli qatlamlarini, qadimgi so‘z boyligini va zamonlar davomida boshqa tillar bilan aloqada yuzaga kelgan o‘zlashmalarni o‘zida jamlaydi. O'zbek tili o'zining tarixiy taraqqiyotida lug'at tarkibini o'z va o'zlashma so'zlar hisobiga boyitib kelgan va kelmoqda. O'z qatlam ildizlari asosida yangi so'zlar yasaldi, qo'shimcha vazifalar kiritildi, mavjud so'z ma'nolari kengaytirildi, ehtiyojga ko'ra adabiy tilga shevalardan turli so'zlar qabul qilindi. O‘zbek tilining shevalarida uchraydigan o‘z qatlam so‘zlari — bu xalq tili tarixiy taraqqiyotining tub ildizlaridan oziqlangan, asosan turkiy asosli leksik birliklardir. Ular tilning ichki qonuniyatlari asosida vujudga kelgan bo‘lib, boshqa tillardan o‘zlashmagan, milliy, tarixiy va mintaqaviy jihatdan shakllangan so‘zlardir. Bu qatlam so‘zlari qadimgi turkiy tillardan meros bo‘lib, asosan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'oti turk" asarida, O'rxun-Enasoy va Qoraxoniylar yodgorligi manbalardan tarkib topgan. Masalan, Mahmud Qoshg'ariyning asarida uchraydigan ba'zi so'zlarimizni bugungi kunda ham iste'molda qo'llaymiz. Ïp–ip (bog'lab qo'yish uchun ishlatiladigan arqon), juq–yuq (idish yuqi), jïl–yil (vaqt o'lchovi), jüräk–yurak (tana a'zosi), jarïm-yarim (o'lchov), jašin-yashin (chaqmoq), julduz-yulduz (osmon jismi). Bundan tashqari o'z qatlam shevalarda ham saqlanib qoladi. Masalan, Buxoro shevasida uchraydigan buralmoq (aylanmoq), g'ur (suv), shovur (ariq) shular jumlasidandir. O‘z qatlamdagi so‘zlar xalqning til boyligini belgilovchi asosiy vositadir. Ular orqali mintaqaviy tafovutlar o‘rganiladi, qadimiy turkiy madaniyat va tafakkur namoyon bo‘ladi, adabiy tilni boyitishda resurs manbai bo‘lib xizmat qiladi. 69 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Shuning uchun o‘z qatlamdagi so‘zlarni ilmiy jihatdan o‘rganish, tasniflash va saqlab qolish dolzarb tilshunoslik masalalaridan biridir. O'zbek tili lug'at tarkibining boyishida ichki manba imkoniyalari muhim asos bo'lib hisoblansada, biroq dunyodagi hech bir til o'z ichki manbalarigagina tayanib qolmaydi. Shunga ko'ra ham o'zbek tili uchun faqat o'z so'zlari, o'z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina yetarli emas. O'zbek tili lug'at tarkibining boyishi va takomillashishida tashqi manba ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday til sof holda yashay olmaydi. Turli tillarning turli sharoitlarida yuzaga kelgan so'zlar yoki mavjud bo'lgan so'zlar o'zbek tili lug'atining boyishida ham o'z izini qoldiryapti. O‘zbek tili shevalarida o‘z qatlam bilan bir qatorda o‘zlashgan qatlam ham muhim o‘rin tutadi. Bu qatlam boshqa tillar ta’sirida o‘zbek tiliga kirib kelgan leksik birliklardan iborat bo‘lib, ular asosan tarixiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar natijasida yuzaga kelgan. O'zlashgan qatlam so'zlari ham tashqi va ichki omillar sababi shaklini o'zgartirgan va xalq tilining og'zaki shakli bo'lgan shevalarda saqlanib qolgan. O‘zlashma qatlam o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo‘li davomida bir necha manbadan ozuqa olgan. Masalan, arab, fors-tojik, rus, yaqin yillarda kirib kelayotgan inglizcha so'zlar manbaning asosiylari hisoblanadi. Misol qilib arabcha va forscha so'zlarni oladigan bo'lsak, bu so‘zlar islom dini, ilm-fan, adabiyot, ma’rifat va boshqaruv tizimi orqali o‘zlashgan. Ko‘p hollarda bu so‘zlar adabiy tilga ham chuqur singib ketgan. Sheva misolida esa daftar (o'quv quroli), maqbara ( qabriston), sabr (chidam). Ruscha o‘zlashmalar XX asrda, ayniqsa sovet davrida bu qatlam keskin ravishda boyidi. Rus tilidan kirgan so‘zlar asosan texnika, fan, siyosat, maishiy hayot va ijtimoiy sohalar bilan bog‘liq. Masalan, pechka–pïchka (isitish moslamasi), uchaska– učaska (mahalla vakilining hududi). Yaqin yillarda ingliz tilidan kirgan so‘zlar zamonaviy texnologiya, internet, madaniyat va yoshlar tili orqali inglizcha so‘zlar shevalarga ham kirib bormoqda. Asosan katta shaharlarda, yoshlar orasida tarqalgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda mintaqaviy shevalarda ham qayd etilgan. Masalan, kompyuter, printer, zoom qilmoq, like bosmoq, online bo‘lmoq, screenshot qilish. Bu so‘zlar hali shevalarda keng ildiz otmagan, ammo tez rivojlanayotgan qatlam hisoblanadi. O‘zbek tilidagi o‘zlashgan so‘zlar umumiy lug‘at boyligining 60 foizgacha qismini tashkil qilishi mumkin. Biroq bu foiz adabiy til va shevalarda faol ishlatiladigan so‘zlarda bir oz farq qiladi. Adabiy tilda o‘zlashgan so‘zlar ko‘proq (60 foizgacha) bo‘lishi mumkin. Shevalarda esa o‘z qatlam kuchli bo‘lib (50–

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek shevalarida mavjud bo‘lgan o‘z va o‘zlashgan leksik qatlamlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek shevalarida mavjud bo‘lgan o‘z va o‘zlashgan leksik qatlamlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sheva, adabiy til, o'z leksiklar, o'zlashma so'zlar, leksik qatlam, tilshunoslik, tarixiy leksika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники