К содержанию
РецензированоUZ2025

“ZARBULMASAL”DA TIMSOLLAR TALQINI

NEW RENAISSANCE · “ZARBULMASAL”DA TIMSOLLAR TALQINI · Shomurodova Lola Bobir qizi

Современная наука и исследования · 2 · 18-25 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi. Kalit so’zlar: “Zarbulmasal”, asardagi obrazlar, Kulonkir, Gunashbonu, Boyo’g’li, Yappaloqqush. Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhum fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur "Zarbulmasal"asari yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va ...bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aql-u donishing yetishicha tartib ver"-deb buyiradi. Gulxaniy darrov javob beradi: "Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordirki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) "Alar (ya'ni xon) aytdilarki, "O'zbekning bir maqoli bordirki,"Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy "amirning amirlarini vojib qilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yappaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasalli "avommunos" ni bayon qiladi. Asarning kompozitsiyasi ham, syujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga maqol, matal, masal va hikmatlardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. “Zarbulmasal” — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. U, aslida, odamlar haqidagi asardir. Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imoishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi. 64 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 „Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi: Orazidin shams-u qamardir xijil, So'zlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri edi ul boyning, Oti Gunashbonu o'shal oyning. Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur", — degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko‘pga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Zarbulmasal”, asardagi obrazlar, Kulonkir, Boyo’g’li, Gunashbonu, Yappaloqqush.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники