Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATNDA QAHRAMONLARARO MULOQOT VA ULARNING ICHKI MONOLOGI ORQALI IFODALANGAN DISKURS
Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The structure of the novel, a large epic genre with a unique artistic and aesthetic structure, describes not only the problems related to a person's personal life, but also the life of society, state administration, and political and ideological problems. These are conveyed to the reader through the discourse in the text of a sample of artistic creation. This article analyzes the dialogue between the characters in the text of Abdulla Qahhor's novel "Sarob" and the discourse expressed through their internal monologue. Ma’lumki, badiiy matn mohiyati, uning yetakchi falsafiy-estetik konseptsiyasi yozuvchi- kitobxon diskursi jarayonida yuzaga chiqadi va oydinlashadi. Bir davr (masalan, sovet davri) kitobxonlari tomonidan matndan olingan taassurotlar, fikr-mulohaza, xulosalar boshqa zamon (milliy Mustaqillik yillari) adabiyot muxlislari tomonidan yangicha, oldingi nuqtai nazarlardan jiddiy, hatto keskin farqlanishi mumkin. Chinakam badiiyat namunasini, strukturalizm va semiotika atamasi bilan aytganda, matnni ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotning har bir mavsumi ana shunday yangicha qabul qiladi, uni o‘z davrining intellektual, estetik tamoyillari, talab va ehtiyojlari doirasida tahlil qiladi va undagi yangidan yangi xususiyatlarni kashf etadi. Akrativ diskurs badiiy matnda quyidagi tarzda yuzaga chiqadi: 1) roviy va adresat muloqoti; 2) matn syujetida ishtirok etgan personajlarning o‘zaro kommunikativ munosabati orqali. Matnning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyati unga taalluqli bo‘lgan har bir badiiyat namunasiga tegishlidir. Biz Abdulla Qahhorning “Sarob” romaniga ham matn sifatida yondashamiz va tadqiq jarayonida shunday badiiy-poetik tizim talablariga nechog‘lik javob bera olishini ko‘rsatishga harakat qilamiz. 1 69 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Sarob” matni qurilmasida enkratik diskurs miqyosining kengligi, ko‘lamdorligi bilan ajralib turadi. Bu hodisaning boisi shundaki, roman katta epik janr sifatida faqat qahramon(lar)ning shaxsiy hayoti, uning ichki olami, ruhiy kechinmalari, boshdan kechirgan sarguzashtlari tasviri bilangina kifoyalanib qolmaydi. U katta bir davrni imkon darajasida kengroq, teranroq qamrab olishga intiladi, o‘z badiiy hududida xalq, millat, insoniyatning yuksak intilishlari, urf-odatlari, milliy mentaliteti, tabaqa, guruhlararo aloqa-bog‘lanishlarni murosa va ziddiyatlarni, davlat boshqaruvi, siyosat, mafkura, turli-tuman dunyoqarashlarni badiiy tajassum ettiradi. “Sarob”ning dastlabki fasllaridayoq akrativ diskursga aloqador muloqot o‘z ifodasini topgan: “Qiz kibr bilan boshini ko‘tardi: -Men...men eng oldingi kursida o‘tirib dars o‘qiyman” (11-bet). “Men senga tegmayman-da” (Saidiyga qarab aytilmoqda, 39-bet). Shunday qilib, dorilfunun eshigi oldida uchrashib qolgan ikki yoshning ruhiy olamidagi kitobxon uchun muhim bo‘lgan xususiyatlar – bir-biriga nisbatan moyillik, shu bilan birga, xudbinlik namoyon etilgan. O‘zbek adabiyotida bir-biriga zid bo‘lgan bunday psixologik alomatlarning uyg‘un kelishi hazrat Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidagi Bahrom va Dilorom orqali orqali yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan edi. Shahanshohning o‘ziga nisbatan ishtiyoqidan g‘uluga ketgan sohibjamol kanizak unga bajarilishi nihoyatda mushkul bo‘lgan shart qo‘yadi. Holbuki, hukmdor bu shartni bajara olmasa, xalqaro miqyosda obro‘siga putur ketishi mumkin. Bunday talab ayolning chinakam ma’shuqa (Shirin, Layli kabi) darajasida emasligidan dalolat beradi. Bahrom ham Farhod va Qays darajasidagi oshiq emas. Dilorom bilan may va ishrat bazmlariga berilgan shoh mamlakat ishlariga e’tibor bermay qo‘yadi. Buning oqibati o‘laroq mamlakatda zulm kuchayadi, xalq noroziligi yuzaga keladi. Tahlikali vaziyatdan tashvishga tushgan saroy ayonlari saltanat sohibi oldiga qat’iy talab qo‘yadilar: yo toju taxtdan yo Diloromdan voz kechish. Bahrom ularga aniq bir javob aytmasa-da, imkon topganda, ma’shuqasidan qutilishni diliga tugib qo‘yadi. Holbuki, ulkan saltanat (imperiya) hoqonining valiahdi bo‘lgan Farhod ishq yo‘lida hokimiyatdan uzuil-kesil voz kecha olgan edi. Albatta, romantizm adabiyoti mahsuli bo‘lgan oshiqlarning yangi davr eposi sanalgan realistik roman qahramonlaridan jiddiy tafovut-o‘zgachaliklar bor. Ularni nafaqat ijodiy metodlar, shu bilan birga ulkan davr, tafakkur va hayot tarzi, nasl-nasab singarilar ajratib, farqlab turadi. Shunga qaramay, tahlillar davomida ko‘rib chiqqanimizga ko‘ra, mazkur badiiy obrazlar orasidagi muayyan yaqinlik-o‘xshashliklar bor. Bunday mushtaraklik avvalambor, ular tabiatidagi o‘ziga bino qo‘yish, xudparastlikda namoyon bo‘ladi. Roman voqea tizimi davomida Rahimjon va Munisxon ruhiy qurilmasidagi ikki jihat (bir- biriga moyillik va xudsevarlik) yuz ko‘rsatib, oxir-oqibat ulardagi xudbinlik ustuvor o‘ringa chiqib olganini ko‘rish mumkin. Matn diskursida bunday binar oppozitsiya roviy tomonidan struktur izchillikda bosqichma-bosqich ko‘rsatilib, oyd
Доказательный фрагмент
«The structure of the novel, a large epic genre with a unique artistic and aesthetic structure, describes not only the problems related to a person's personal life, but also the life of society, state administration, a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe structure of the novel, a large epic genre with a unique artistic and aesthetic structure, describes not only the problems related to a person's personal life, but also the life of society, state administration, a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yuzaga chiqadi, yadi holbuki, badiiy, lgan, sarob, matn, bunday
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025