Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ZARBULMASAL” ASARI BADIIYATI
NEW RENAISSANCE · “ZARBULMASAL” ASARI BADIIYATI · Nuraliyeva Nasiba Bobirjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 18-25 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada "Zarbulmasal"ning obrazlari va ularning gʻoyaviy badiiy xususiyatlari bayonida soʻz yuritiladi. Kalit soʻzlar: "Zarbulmasal" asardagi obrazlar, Kulonkir, Gunashbonu, Boyoʻgʻli, Yapaloqqush. Zarbulmasal-hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar hisoblanadi. U aslida odamlar haqidagi asar sanaladi. Adabiyotimiz tarixida "Zarbulmasal" nomi bilan keng tarqalgan asarlar juda koʻp boʻlganligi maʼlum. U avvalo bir tildagi masallarning oddiy toʻplamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham "Zarbulmasal" deb nomlangan ekan. Biror masalga tayanib pandnoma yoʻnalishda bitilgan risola ham "Zarbulmasal"ni anglatgan. Gulxaniyning Zarbulmasal asari esa tamomila orginal badiiy asar boʻlib, dunyo adabiyotida oʻxshashi yoʻq hodisasidir. Bu janrdagi asarlarda imo ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlarning taqdiri tasviri emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalash orqali taʼsir kuchini oshirib bera olgan. Asardagi asosiy qahramonlardan boʻlmish, Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning nafaqat vayronalarni tutishi maʼlum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat ila tasvirlanadiki, beixtiyor oʻquvchilarning kulgusi keladi. Maʼlumki, boyqush- tungi jonzotlar sirasiga kiradi. Uning qizi ham boʻlib, uning ismi Gunashbonu deb atalgan. Bu esa Quyoshxon degani ekan. Boyqushdan quyosh tugʻilishi mumkinligi tasavvurimizga ham sigʻmaydi. Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi yaʼni kun uning yuziga ham qaray olmaydi. Oraziddin shams-u qamardir xijil, Soʻzlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri edi ul boyning, Oti Gunashbonu oʻshal oyning. Boyqushning kibri, qattiqqoʻlligi, boshqalarni mensimasligi, oʻzgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yoʻsinda yoritilgan. Koʻproq qalin undirish uchun 59 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 qizning baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarini yorqin namoyon boʻladi. Asarda Boyqushga "Anda Koʻrqush koʻrdiki xasis-u haris, agar ming chordevordir bir chordevor ham boʻlsa, oʻttuz tishini bir - biridin sindirur" - degan taʼrif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Koʻrqush nazari bilan berilgan baho koʻp jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: " Farosat oyogʻi oqsoq, tevadik yegani shoʻra va yantoq ilgari oʻtgan soʻzning birini ming qilib soʻzlarga toq oyogʻidin osilgan soʻtqoq qushga oʼxshash ahmoq emasmen", - degani yoki "Koʻbga kengash, oʻz bilganingni qil" , - qabilidagi soʻzlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini oʻzgartirib turishi mumkin boʻlgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi aks etadi. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yoʻsinlarda namoyon boʻlgan. Bu qush tabiatiga xos jihatlarni aks ettirishda qoʻllanilgan usuldan boshqasining feʼlini koʻrsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Koʻrqush, Yapaloqqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir kabi qushlarga xos sifatlar ularning oʻzaro muomala- munosabatlari asosida koʻrsatilgan boʻlsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning doʻsti- Shoʻranulga bergan taʼrifi qargʻa tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishdan tashqari, bu taʼrifda oʻsha davrdagi ayrim odamlarga tegishli boʻlgan sifatlar ham aks etganligi "Zarbulmasal" ning umumlashma kuchini koʻrsatadi. Asarda qargʻa Shoʻranul yashaydigan yurt qushlarning podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qoʻl ostidagi odamlariga munosabatini baholashida asar matniga tayanilsa ham Malik Shohinning tabiati ochiladi ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilgʻab olinadi. Kardon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan mahr bahosining asosi boʻlishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari oʻquvchi Kardonning himmat kamarini garovdik bir necha yerdan bogʻlashning sababini anglab olishi asoslashadi. Kardonning Turumtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechogʻlik oʻz oʻrnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qoʻllagan: " Yomon otga yol bitsa, yoniga toʻsiq bogʻalamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qoʻndirmas " degan maqol Boyoʻgʻlini hafa qilganining sabablari toʻgʻrisida oʻylab koʻrilsa, nooʻrin ishlatilgan haq gap foyda oʻrniga zarar keltirishi mumkinligi maʼlum boʻladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yoʻsinda anglatish, toʻydirishdan iboratdir. 60 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTIC
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada "Zarbulmasal"ning obrazlari va ularning gʻoyaviy badiiy xususiyatlari bayonida soʻz yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada "Zarbulmasal"ning obrazlari va ularning gʻoyaviy badiiy xususiyatlari bayonida soʻz yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zarbulmasal ning, tildagi masallarning, emas balki, asosiy qahramonlardan, new renaissance, renaissance june, june international
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025