Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJRO MAHORATI VA USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI ASOSIDA QORAQALPOQ VA O‘ZBEK BAXSHICHILIK MAKTABLARINING TAQQOSIY TAHLILI
Barshinay Matnazarova · Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika fakulteti · УЗБЕКСКИХ ШКОЛ БАХШИ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article studies the mastery of the master-student tradition, performance styles, and generational continuity in Karakalpak and Uzbek Bakhshi schools. The role of the master-student school in folk art, similarities and differences between schools are scientifically and analytically examined. The results of the analysis reveal the main factors in maintaining the cultural stability of Bakhshi art. Keywords: Bakhshi, master-student tradition, Karakalpak school, Uzbek school, mastery, folklore, oral art. Baxshichilik san’atining ildizlari qadimiy turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Miloddan avvalgi davrlardan boshlab shoir-baxshilar xalqni ruhlantiruvchi, tarixiy voqealarni yodda saqlovchi va yosh avlodga axloqiy pand-nasihat beruvchi sifatida faoliyat yuritganlar. Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib kabi mualliflar o‘z asarlarida baxshilarning ijtimoiy roliga urg‘u berganlar. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlarida esa bu san’at mustaqil maktablar shaklida rivojlangan. Ustoz-shogird an’anasi faqat ijodiy uzluksizlik emas, balki ma’naviy va axloqiy tarbiyaning vositasi hamdir. 1 68 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Baxshilar o‘z shogirdlarini avvalo “eshitish” (diqqat), “yod olish” (xotira), “his qilish” (estetik did), so‘ngra “ijro” bosqichlari orqali tarbiyalaydilar. Baxshichilik – Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy og‘zaki ijod san’atidir. Bu san’at turi o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari orasida asrlar davomida ustoz-shogird an’anasi orqali avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Har ikki maktab o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa-da, ular orasidagi umumiylik va farqlilik jihatlari ijro uslubi, repertuar boyligi hamda didaktik yo‘nalishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqola mazkur jihatlarni qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda quyidagi uslublar qo‘llanildi: Taqqosiy-tahliliy yondashuv – qoraqalpoq va o‘zbek baxshilarining ijro maktablari o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlash. Tarixiy-etnografik tahlil – baxshichilikda ustoz-shogird an’anasi shakllanishining tarixiy asoslarini ko‘rsatish. Intervyu usuli – Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston hududlaridagi zamonaviy baxshilar bilan suhbat asosida amaliy tahlil.Manbaviy asos sifatida baxshi ijodiga oid to‘plamlar, ilmiy maqolalar, shuningdek og‘zaki hikoyatlar foydalanildi. Bu model bugungi musiqiy-pedagogik tizimlar bilan uyg‘unlashgan. Qoraqalpoq baxshilarida bu ko‘proq “oila davrasida” yoki “yoshlar davrasida” shakllansa, o‘zbek baxshilarida do‘mbira chalish maktablari orqali rasmiylashtirilgan. Zamonaviy o‘zbek baxshilaridan biri – Odilxon To‘xtanazarov o‘z intervyularida ustozlaridan nafaqat ijro uslubini, balki xalq bilan muloqot qilish madaniyatini ham o‘rganganini aytadi. Qoraqalpoq baxshilaridan esa Matnazar Yusupov o‘z shogirdlari bilan bir necha bor xalqaro festivalda qatnashgan. Ularning chiqishlari ustozdan o‘zlashtirilgan an’anaviy dostonlarni zamonaviy elementlar bilan uyg‘unlashtirgan.Bugungi global axborot davrida baxshichilik san’ati yoshlar orasida unutilib borayotgan madaniy qatlam sifatida baholanmoqda. Biroq bu san’atni raqamli texnologiyalar orqali targ‘ib qilish (masalan, YouTube, Spotify, doston ilovalari yaratish) yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. O‘zbekistonda “Baxshichilik san’ati” UNESCOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgani bu soha uchun xalqaro e’tirofni anglatadi. Tadqiqot davomida quyidagi natijalarga erishildi: 1. Ustoz-shogird an’anasi har ikki maktabda ijodiy uzviylik va barqarorlikni ta’minlab kelgan. Masalan, o‘zbek baxshilaridan Fazilat baxshi – Mardon baxshi – Sherali Jo‘rayev kabi izchil zanjir mavjud bo‘lsa, qoraqalpoqlarda Berdimbet baxshi – Dosjan baxshi – Matnazar Yusupov kabi an’anaviy davomiylik kuzatiladi. 2. Ijro mahorati bo‘yicha farqlar: O‘zbek baxshichiligida musiqiy asbob – do‘mbira muhim rol o‘ynaydi, Qoraqalpoq baxshilarida esa ayrim hollarda cholg‘usiz ijro ham uchraydi. 3. Repertuar: O‘zbek baxshilari ko‘proq epik dostonlarga urg‘u bersa, qoraqalpoq baxshilari lirika va folklor hikoyatlarini ham ko‘proq kuylaydi. 4. Uslub: O‘zbek baxshichiligida melizmatika va keng ovoza ustun bo‘lsa, qoraqalpoq maktabida soddaligi bilan ajralib turadi.Ustoz-shogird tizimi – baxshichilik maktablarining asosiy tamoyillaridan biridir. O‘zbek va qoraqalpoq maktablarining har ikkisi an’anaviy asosda rivojlanib, san’atda ma’naviy uzluksizlikni ta’minlagan. Farqli jihatlar esa bu maktablarning o‘z muhitiga moslashgan holda shakllanganidan dalolat beradi. 1 68 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Misol uchun, qoraqalpoq baxshilarining ko‘pchilik hollarda epik emas, balki balladik asarlarga urg‘u berishi – bu xalq ruhiyatining badiiy ifodasi bilan bog‘liq.Zamonaviy sharoitda bu maktablarning mavjudligi va rivojlanishida ustoz-shogird an’anasining davom ettirilishi ta’lim tizimiga ham kirib borayotganini ko‘rish mumkin. M
Доказательный фрагмент
«This article studies the mastery of the master-student tradition, performance styles, and generational continuity in Karakalpak and Uzbek Bakhshi schools.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article studies the mastery of the master-student tradition, performance styles, and generational continuity in Karakalpak and Uzbek Bakhshi schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bakhshi, master-student tradition, Karakalpak school, Uzbek school, mastery, o‘zbek maktabi, ijro mahorati, ustoz-shogird an’anasi, folklor, og‘zaki ijodi., baxshichilik, Qoraqalpoq maktabi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025