К содержанию
РецензированоUZ2025

GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAKTAB O‘QUVCHILARINI TARBIYALASHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI

TARBIYALASHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI · Mamatsaliyeva Muxlisa San'at qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

this article analyzes the impact of the globalization process on the school education system as well as the importance of innovative approaches to educating students. Keywords: globalization, upbringing, Innovation, School, student, digital technology, national values. Globallashuv — bu zamonaviy dunyoning ajralmas qismi bo‘lib, u ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va axborot sohalarini qamrab olayotgan murakkab va o‘zaro bog‘liq jarayondir. Ayniqsa, globallashuv ta’lim tizimiga katta ta’sir o‘tkazib, o‘quvchi shaxsining shakllanishida yangi talab va ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. Bugungi kunda maktab nafaqat bilim beruvchi muassasa, balki shaxsni tarbiyalovchi, uni jamiyatga tayyorlovchi asosiy institut sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu nuqtai nazardan, maktab o‘quvchilari tarbiyasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, raqamli texnologiyalar, loyihaviy ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan metodikalarni joriy qilish tobora dolzarb bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ta’lim-tarbiya tizimi globallashuv jarayonlariga mos ravishda takomillashmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar, davlat dasturlari, zamonaviy maktablar qurilishi, pedagoglar malakasining oshirilishi – bularning barchasi tarbiyaning innovatsion mexanizmlarini amaliyotga tatbiq qilishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada globallashuv jarayonining maktab ta’limiga ta’siri, o‘quvchilarni tarbiyalashda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, innovatsion mexanizmlarning tahlili hamda ular asosida shakllanayotgan tarbiya samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Globallashuv zamonaviy dunyoda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va axborot sohalarida davlatlararo integratsiyani kuchaytirayotgan jarayon bo‘lib, u ta’lim va tarbiya tizimiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon orqali ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Biroq, globallashuvning salbiy jihatlari ham mavjud. Xususan, ommaviy madaniyat va g‘arblik qadriyatlarning tarqalishi, yoshlar ongiga yot g‘oyalarni singdirish orqali milliy o‘zlik 1 65 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va ma’naviyatga tahdid solmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan axborotlar yoshlarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, "Yangi O‘zbekiston" konsepsiyasi doirasida, globallashuv sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan. Bu islohotlar maktab o‘quvchilarini zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish bilan birga, ularning milliy o‘zlikni anglashini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va milliy qadriyatlarni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv sharoitida maktab o‘quvchilarini tarbiyalashda an’anaviy metodlardan tashqari, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan pedagogik jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Innovatsion yondashuvlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, interfaol metodlar, loyihalar asosida ta’lim berish, va o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan raqamli ta’lim loyihalari maktab o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqishga rag‘batlantirmoqda. Shuningdek, interfaol o‘quv mashg‘ulotlari, guruh ishlari, muammoli ta’lim metodlari o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini va jamoaviy ishga bo‘lgan qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Innovatsion yondashuvlarning yana biri — “STEAM” ta’lim tizimi bo‘lib, u o‘quvchilarning ilmiy va texnik sohalarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi hamda ularni global raqobatbardosh shaxs sifatida shakllantiradi. Shunday qilib, maktab o‘quvchilarini tarbiyalashda innovatsion mexanizmlarni joriy etish — ularning zamonaviy dunyo talablariga javob beruvchi, kreativ va ijtimoiy faollikka ega shaxslar sifatida shakllanishiga yordam beradi. Maktab o‘quvchilarini tarbiyalashda innovatsion mexanizmlar sifatida ko‘plab zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar joriy etilmoqda. Ulardan eng samaralilari quyidagilar: Raqamli ta’lim platformalari: Masofaviy ta’lim va interaktiv darslar imkonini beruvchi platformalar o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Loyihaviy ta’lim: O‘quvchilar mustaqil tadqiqot va ijodiy ishlarni bajarish orqali bilimlarni amaliy qo‘llashni o‘rganadilar. Bu usul ularning mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Gamifikatsiya: O‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali ta’lim samaradorligi oshiriladi. Bu o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda yordam beradi. STEAM dasturlari: Ilm-fan, texnologiya, muhandislik

Доказательный фрагмент

«this article analyzes the impact of the globalization process on the school education system as well as the importance of innovative approaches to educating students.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article analyzes the impact of the globalization process on the school education system as well as the importance of innovative approaches to educating students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globalization, upbringing, Innovation, School, student, digital technology, tarbiya, maktab, globallashuv, o‘quvchi, raqamli texnologiya, innovatsiya, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники