К содержанию
РецензированоUZ2025

GULXANIY IJODIDA MASALLAR BADIIYATI

NEW RENAISSANCE · Shukurova Shahina Farid qizi · Yapaloqq ush Boyo‘g‘li. (Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.)

Современная наука и исследования · 2 · 18-25 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Gulxaniy hayoti va ijodiy faoliyati, Gulxaniy ijodida ,,Zarbulmasal” asarining ahamiyati, undagi masallar haqida sòz yuritiladi. Shuningdek, ,,Silsilat- uz zahab”, ,,Kalila va Dimna”asarlariga solishtirilgan holda bayon etiladi. Kalit sòzlar: ,,Zarbulmasal”, masallar, asardagi obrazlar, Kulonkir, Gunashbonu, Yapaloqq ush Boyo‘g‘li. Bizga ma’lumki, xonliklar davri boshlangan bir davrda jamiyatdagi chirkinliklar va illatlarni fosh etishda qalamkashlar turli ramzlar orqali, satirik va yumoristik uslublardan foydalangan holda davr tuzumini fosh etishga urinishga. Shunday urinishlardan biri sifatida Gulxaniy qalamiga mansub “Zarbulmasal” asarini keltirib o‘tish mumkin. Ushbu asar o‘z ichiga 400ga yaqin maqollarni qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Qushlar obrazlari orqali yuqori organ vakillari hamda oddiy jamiyat kishilarining asl yuzlarini fosh etgan asar sifatida hamon kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi. "Zarbulmasal” arabcha zarb va masal so‘zlarining qo‘shilishidan hosil boʻlgan bo‘lib, ,,masallar yig'indisi" ma'nosini beradi. Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma'nosida ishlatilgan. Zarbulmasal maqol, matal va ramzli hikoyalar asosida yaratilgan taʼlimiy hikoyalar. Bunday hikoyalar koʻpincha pand-nasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasallarda majoziy maʼno, kinoya, razm yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllanadi. Zarbulmasalda muayyan hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi sifatida matallar keltiriladi. Baʼzan masal, matallarning mazmuni asosida hikoyalar yaratiladi. Bunday hikoyalar koʻpincha pandnasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasalda majoziy maʼno, kinoya, ramz yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllanadi. Gulxaniy masallarida tasvirlangan obrazlarning ko‘pchiligi - ular xoh hayvonlar, xoh Qushlar obrazi, xoh kishilar obrazi bo‘lsin- yaramas illatlar sifatida shakllangan. U o‘zi yashab ijod etgan davrdagi illatlarni, xato va kamchiliklarni asarlarida hayvon obrazida talqin etib qoralagan. Gulxaniy masallarida o‘z davrining eng ahamiyatli masalalar badiiy ifodalab bergan. Asarlarida feodal tizimning chirib borishi, bu tizim xulq – atvorining tanazzuli, mamlakatning vayronaligi masalda turli obrazlarda o‘z ifodasini topgan. 32 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 „Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo‘lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o‘quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu q chiroyliki adar , olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi: Orazidin shams-u qamardir xijil, So‘zlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri edi ul boyning, Oti Gunashbonu o‘shal oyning. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo‘sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo‘llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko‘rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o‘zaro muomalamunosabatlari asnosida ko‘rsatilgan bo‘lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do‘sti — Sho‘ranulga bergan ta’rifi qarg‘a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o‘sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo‘lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko‘rsatadi. Asarda qarg'a Sho‘ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo‘l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Zarbulmasalda’’ yetakchi mazmun bilan uzviy bog’lanib ketgan o‘ndan ortiq nasriy va nazmiy masal qissa va hikoyalar mavjud. Xususan ’’Maymun va Najjor’’, ’’Toshbaqa bilan chayon’’, ’’Tuya va bo‘taloq’’ vaboshqa masallar hayotiy lavha orqali bayon etilgan ,,Zarbulmasal”da muayyan hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi sifatida matallar keltiriladi. Baʼzan masal, matallarning mazmuni asosida hikoyalar yaratiladi. Bunday hikoyalar koʻpincha pandnasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. ,,Zarbulmasal”.da majoziy maʼno, kinoya, ramz yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllanadi. "Kalila va Dimna", "Marzbonnoma", "Sindbodnoma", 33 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 "Qobusnoma" va Saʼdiy Sheroziyning "Guliston"i, Muhammad Ali Habaliyning "Jome-ut tamsil" asari ,,Zarbulmasal”ga misol boʻladi. Gulxaniy va Rojiyn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Gulxaniy hayoti va ijodiy faoliyati, Gulxaniy ijodida ,,Zarbulmasal” asarining ahamiyati, undagi masallar haqida sòz yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Gulxaniy hayoti va ijodiy faoliyati, Gulxaniy ijodida ,,Zarbulmasal” asarining ahamiyati, undagi masallar haqida sòz yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
asardagi obrazlar, Kulonkir, Yapaloqq ush Boyo‘g‘li., Gunashbonu, masallar, Zarbulmasal”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти