К содержанию
РецензированоUZ2025

AN’ANAVIY SHARTNOMALAR VA SMART-KONTRAKTLARNING O‘ZARO TAHLILI, XUSUSIYATLARI VA FARQLARI (TEZIS)

NEW RENAISSANCE · Muhammadiyev Samariddin Iskandar o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning o‘xshash va farqli jihatlarini taqqosiy tahlil qiladi. Maqolada ularning mohiyati, tuzilishi, ijro etilishi, qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqiladi. Alohida e’tibor smart-kontraktlarni tuzish, ijro etish va buzishning huquqiy oqibatlariga qaratiladi. Tahlil natijasida smart-kontraktlarning afzalliklari va cheklovlari aniqlanadi hamda ularning zamonaviy fuqarolik huquqidagi o‘rni baholanadi. Kalit so‘zlar: smart-kontrakt, an’anaviy shartnoma, taqqosiy tahlil, blokcheyn, avtomatik ijro, huquqiy oqibatlar. Kirish. Texnologik taraqqiyot shartnoma huquqiga yangi shakllarni olib kirdi. Blokcheyn texnologiyasi asosidagi smart-kontraktlar an’anaviy shartnomalarga nisbatan o‘ziga xos yondashuvni taklif etadi. Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning fundamental xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning o‘xshashliklari va farqlarini aniqlashga qaratilgan. Maqsad – har ikki turdagi shartnomaning imkoniyatlari va cheklovlarini tushunish orqali ularning zamonaviy huquqiy muhitdagi ahamiyatini belgilashdir. An’anaviy shartnoma – bu ikki yoki undan ortiq tomonning o‘zaro huquq va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvidir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasi shartnomani bir yoki bir necha shaxsning boshqa bir yoki bir necha shaxs bilan fuqarolik huquq va majburiyatlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvi sifatida ta’riflaydi. Xususan, Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga asosan ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Smart-kontrakt – bu blokcheyn texnologiyasida kodlangan, oldindan belgilangan shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ijro etiladigan kompyuter dasturidir. U o‘z-o‘zini ijro etuvchi algoritm bo‘lib, shartlar bajarilganda hech qanday vositachisiz operatsiyalarni amalga oshiradi. A.N.Yakubov “smart kontrakt” –“aqlli shartnoma” bu –taraflardan kamida bittasi shaxs bo’lmagan, tuzilishi va amalga oshirilishi to’liq avtomatlashtirilgan, muallifining o’z oldiga 29 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 qo’ygan maqsadlariga erishgan deb hisoblanishi uchun yetarli bo’lgan hatti-harakatlarni sun’iy intellekt yordamida baholaydigan, avvaldan yaratilgan dasturiy ta’minot va algoritmlarga asoslangan, yaratuvchisida shartnomaviy munosabatlar birga mualliflik huquqini paydo qiladigan elektron shartnomadir – deb fikr bildiradi.1 Shuningdek, Fayzullayev M.S O’zbekistonda ilk marotaba «aqlli shartnoma» atamasiga huquqiy ta’rif berar ekan: ““Smart kontrakt” bu raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma”, - deya ta’kidlaydi.2 Smart-kontraktlarning asosiy xususiyatlari avtomatik ijro, shaffoflik (blokcheynda qayd etilgani uchun), o‘zgarmaslik (kodni o‘zgartirish qiyinligi) va faqat raqamli shaklda mavjudligidir. Shundan kelib chiqib ikki shartnoma turning farqini turli munosabatlardan kelib chiqib aytishimiz mumkin. Xususan, tuzilish va shakl jihatidan: *An’anaviy shartnoma: Yozma (oddiy, notarial), og‘zaki yoki jim turish orqali tuzilishi mumkin. Matn, hujjat shaklida ifodalanadi. *Smart-kontrakt: Faqat raqamli kod (dastur) shaklida mavjud bo‘ladi. Blokcheyn platformasida joylashtiriladi. Ijro mexanizmi jihatidan: *An’anaviy shartnoma: Tomonlarning ixtiyori, harakatlari yoki uchinchi shaxslarning harakatlari orqali ijro etiladi. *Smart-kontrakt: Kodda belgilangan shartlar bajarilganda avtomatik ravishda, inson aralashuvisiz ijro etiladi. Shaffoflik jihatidan: *An’anaviy shartnoma: Odatda, faqat shartnoma tomonlari uchun shaffof bo‘ladi. *Smart-kontrakt: Blokcheynda qayd etilganligi sababli, ko'pincha barcha ishtirokchilar uchun shaffofdir (kontrakt kodi va tranzaksiyalar). O‘zgarmaslik jihatidan: *An’anaviy shartnoma: Tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. *Smart-kontrakt: Blokcheynga yozilgandan so‘ng o‘zgartirish juda qiyin yoki imkonsiz bo‘lishi mumkin. Ishonchlilik jihatidan: 1 Yakubov Axtam Nusratilloevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda “Aqlli(smart) shartnomalar” va uni samarali tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali. Jild 2-son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130. 2 https://cyberleninka.ru/article/n/smart-shartnomalar-aqlli-shartnomalar-va-ularning-qo-llanishi/viewer 30 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 * An’anaviy shartnoma: Tomonlarning vijdoniga, reputatsiyasiga va huquqiy tizimga ishonishga asoslanadi. * Smart-kontrakt: Kodning aniqligi va blokcheyn texnologiyasining xavfsizligiga asoslanadi. Nizolarni hal etish: * An’anaviy shartnoma: Nizolar sud, arbitraj yoki mediatorlik orqali hal etiladi. * Smart-kontrakt: Ko‘p hollarda n

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning o‘xshash va farqli jihatlarini taqqosiy tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning o‘xshash va farqli jihatlarini taqqosiy tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy oqibatlar., taqqosiy tahlil, avtomatik ijro, blokcheyn, smart-kontrakt, an’anaviy shartnoma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники