К содержанию
РецензированоEN2025

SOLIQ NIZOLARINI KO'RISHNING IXTISOSLASHTIRILGAN SUD TIZIMINI YARATISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI

NEW RENAISSANCE · YARATISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI · Qurbonov Abdulaziz Sulton o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This study highlights modern concepts for creating a specialized judicial system for considering tax disputes. Given the inherent complexity of tax issues and international experience, the urgency of introducing such a judicial system is scientifically justified. The author emphasizes that the general approaches of existing economic courts in Uzbekistan are insufficient to resolve tax disputes based on in-depth expertise, and considers the role of the formation of a specialized judicial institution in increasing economic stability and investor confidence. At the same time, the study analyzes the experience of countries such as Germany, the USA, Singapore and Japan, and puts forward proposals for the possibilities of an electronic judicial system and transparent resolution of tax disputes. The study presents promising mechanisms for fair and effective consideration of tax disputes based on a scientific and practical approach. Keywords: tax disputes, specialized court, economic court, investor rights, international experience, electronic court system, financial and legal expertise, transparent justice, judicial reforms, fair trial. Soliq nizolari barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular davlat fiskal siyosati, moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlik muhiti va jamiyatning huquqiy tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Soliq organlari bilan tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga kelgan bu nizolar ko‘pincha yirik moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, ularni hal etishda tezkorlik, xolislik, qonuniylik va mutaxassislikning ustuvor ahamiyati bor. Soliq nizolarining samarali hal qilinmasligi davlatning fiskal barqarorligiga, investorlar ishonchiga va milliy iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda O‘zbekistonda soliq nizolari hozirda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Biroq iqtisodiy sudlar keng doiradagi ishlarni ko‘rib chiqadi: mulkiy nizolar, shartnoma muammolari, bank va bojxona ishlari. Shu sababli, soliq masalalari ko‘pincha yetarlicha chuqur ekspertizaga tayangan holda hal qilinmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qonuniylik va adolat tamoyillarining buzilishiga olib keladi.[1. 173-176.] 22 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Xorijiy olimlarning fikrlari ushbu masalada alohida ahamiyatga ega. Masalan, amerikalik tadqiqotchi Bryan T. Camp o‘zining “Tax Administration as Procedural Justice” tadqiqotsida soliq organlari faoliyatining sud nazoratisiz samarador bo‘lishi qiyinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, soliq nizolari nafaqat moliyaviy masala, balki ma’muriy adolat prinsipining ifodasidir. Sudlarning mutaxassisligi oshgan sari, taraflar o‘rtasidagi ishonch tiklanadi va jarayonlar shaffoflashadi.[2. 331–399] Shu bilan birga, rossiyalik yuridik olim A.V. Krotov ham soliq sudlarining ixtisoslashuvini ma’muriy adolatning muhim tarkibiy qismi sifatida ta’kidlaydi. U o‘zining “Специализация судов и эффективность правосудия” nomli asarida, sud tizimida ixtisoslashuv protsessual samaradorlik va huquqiy aniqlikni oshirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi. Krotovga ko‘ra, iqtisodiy va soliq sudlarini ajratib ko‘rish nafaqat ma’muriy qulaylik, balki jamiyat ishonchini mustahkamlovchi vositadir.[3. 245-255.] Germaniyalik mutaxassis Klaus Tipke esa o‘zining “Steuerrecht: Ein Studienbuch” asarida Federal Soliq sudi (Bundesfinanzhof) faoliyatini tahlil qiladi. U Germaniyadagi soliq sudlarining asosiy afzalligi — qonunlarni bir xilda talqin qilish va iqtisodiy vositalarni yuridik mezonlarga moslashtirishga erishish ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa, soliq nizolarining ixtisoslashtirilgan sudlarda ko‘rib chiqilishi shartligini tasdiqlaydi. O‘zbekiston sharoitida esa, bu yo‘nalish hali yangi va rivojlanayotgan jarayon hisoblanadi. Mahalliy tadqiqotchi M.N. Yusupovning “Sud-huquq tizimining ixtisoslashuvi va uning islohotlar jarayonidagi o‘rni” tadqiqotsida iqtisodiy sudlar tarkibida ixtisoslashtirilgan sudlar tashkil etish zarurati asoslab berilgan. Uning fikricha, soliq sohasidagi murakkab nizolarni umumiy iqtisodiy sudlar hal qilishga urinishi sud jarayonlarining sifatiga va adolat tamoyillariga putur yetkazadi. Shu bilan birga, N.A. Mustafoyevning “O‘zbekiston soliq qonunchiligining evolyutsiyasi” monografiyasida soliq organlari ustidan sud nazoratining zaifligi va ixtisoslashgan sudlar joriy etish orqali byurokratik muammolar kamayishi mumkinligi qayd etilgan.[4. 245-255.] Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5482 farmoni “Sud-huquq tizimini isloh qilish va iqtisodiy sudlovda ixtisoslashtirishni kuchaytirish” dolzarb yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu esa, davlatning soliq siyosatini adolatli va shaffof amalga oshirishda ixtisoslashtirilgan sud tizimini yaratishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.[5.lex.uz ] Shuningdek, globallashuv jarayonlari, xalqaro savdoning faollashuvi va O‘zbekistonda soliq

Доказательный фрагмент

«This study highlights modern concepts for creating a specialized judicial system for considering tax disputes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study highlights modern concepts for creating a specialized judicial system for considering tax disputes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax disputes, specialized court, economic court, investor rights, international, ixtisoslashtirilgan sud, iqtisodiy sud, adolatli sudlov., elektron sudlov tizimi, soliq nizolari, moliya-huquqiy ekspertiza, sud islohotlari, investor huquqlari, shaffof sudlov, xalqaro tajriba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники