К содержанию
РецензированоUZ2026

TOSHPO‘LAT AHMAD LIRIKASI: POETIK IFODA VA KOMPOZITSION YAXLITLIK

Nilufar Avazova

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article approaches the poetic works of Toshpo‘lat Ahmad in the quatrain genre from a scientific-theoretical perspective. The poet’s quatrains occupy a unique place in modern Uzbek poetry through imagery, philosophical depth, and motifs of spiritual elevation. The article analyzes Toshpo‘lat Ahmad’s use of artistic devices, compositional structure, and the lyrical hero’s emotional experiences, emphasizing that his poetry is a rich source of contemporary lyricism. Keywords: Quatrain, Poetry, Artistic devices, Philosophical lyricism, Imagery, Spiritual elevation, Compositional analysis. Аннотация. В данной статье рассматривается творчество Тошпулата Ахмада в жанре четверостишия с научно-теоретической точки зрения. Четверостишия поэта занимают особое место в современной узбекской поэзии благодаря образности, философской глубине и мотивам духовного возвышения. В статье анализируются художественные средства, композиционная структура и душевные переживания лирического героя, подчеркивается, что его поэзия является богатым источником современной лирики. Ключевые слова: Четверостишие, Поэзия, Художественные средства, Философская лирика, Образность, Духовное вознесение, Композиционный анализ. She’riyat insoniyat tafakkuri va ruhiy dunyosining eng nozik qatlamlarini badiiy shaklda ifodalash imkonini beruvchi adabiy janrdir. Har bir shoirning poetik olami — u yashagan davr, ijtimoiy muhit, estetik qarashlar va individual ruhiy kechinmalarining o‘ziga xos aksidir. Shu bois zamonaviy o‘zbek adabiyotida faol ijod qilayotgan shoirlar orasida Toshpo‘lat Ahmadning poetik izlanishlari, obraz yaratish mahorati va ruhiy-falsafiy teranligi alohida e’tiborga loyiqdir Toshpo‘lat Ahmadning she’riyati zamonaviy o‘zbek lirikasida xayoliy-falsafiy tafakkur, tabiat manzaralari bilan uyg‘unlashgan obrazlilik va ichki ruhiy yuksalish motivlari bilan ajralib turadi. Uning ijodida inson va tabiat, xayol va haqiqat, ruhiy poklanish va ma’naviy yuksalish kabi kontseptual mavzular chuqur badiiylik bilan yoritiladi. Bugungi adabiy jarayonda to‘rtliklar orqali falsafiy fikrni, ruhiy kechinmalarni va estetik qarashlarni ifodalash tendensiyasi dolzarblik kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Toshpo‘lat Ahmad ijodida to‘rtliklar alohida ahamiyat kasb etadi. 68 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shoirning to‘rt satrli she’rlari badiiy yuksaklik, obrazlilik va ichki falsafiy teranlik bilan ajralib turadi. U tabiat manzaralarini ramziy ifoda vositasiga aylantiradi, xayol va ruhiy kechinmalarni kompozitsion jihatdan puxta tuzilgan to‘rtliklar orqali ifoda etadi. Toshpo‘lat Ahmadning to‘rtliklari nafaqat poetik ohangdorlik, balki ichki mazmuniy uyg‘unlik, lirik subyektning ruhiy yuksalishi va insoniy qadriyatlarning badiiy talqini bilan ajralib turadi. Dastlabki tahlilga tortmoqchi bo’lgan misralarimiz “Zilol tomchilar ” deb nomlanadi va u chuqur falsafiy va ma’naviy mazmunga ega. Keling, she’rni bandidan-bandiga tahlil qilaylik: Suv bo`yida o`sgan majnuntolman, Oshiqlar tilida kuyman – iqbolman. Hech kim quritolmas sha’nim-shukuhim, Chunki men vaznsiz, shirin xayolman... Bu bandda shoir o‘zini «Suv bo`yida o`sgan majnuntolman» (namlikni sevuvchi, nozik, g‘amgin daraxt) deb tasvirlaydi. Bu timsol – nozik tabiat, dardmand ruh, ehtimol shoirning o‘zi. U o‘zini oshiqlar tili, ya’ni sevgi va his-tuyg‘ular olamida iqbol topgan deb biladi. “Hech kim quritolmas” – uning sha’ni, izzati va or-nomusi hech kim tomonidan yo‘q qilib bo‘lmaydi. U vaznsiz, shirindan ham shirin xayol ekanini aytadi – bu esa uning fikr va ruh olamining yuksakligini bildiradi. Misralardagi badiiy san’atlar (badiiy vositalar)dan yaqolla ko’rinib turgani Tashbih (o‘xshatish): “Suv bo‘yida o‘sgan majnuntolman” — bu yerda lirik qahramon o‘zini majnuntolga o‘xshatgan. Majnuntol – ko‘pincha g‘amgin, yolg‘iz, muhabbatga sadoqatli obraz sifatida qo‘llaniladi. Suv bo‘yidagi daraxt bo‘lish – tabiiylik, noziklik, hayotiylik timsoli. Metafora (majoziy ifoda): “Kuyman – iqbolman” — kuylash orqali o‘zini baxt (iqbol) sifatida tasvirlaydi. “Kuylash” – bu yerda ilhom, tuyg‘u ifodasi, ijod ma’nolarini beradi. “Men – iqbolman” – bevosita emas, majoziy ifoda orqali ichki ulug‘likni anglatadi. “Men... shirin xayolman” – xayol bevosita shoirning o‘ziga nisbat berilmoqda. Bu personifikatsiya (insonlashtirish) san’atiga ham kiradi. Zidlik (antitez): “Hech kim quritolmas sha’nim- shukuhim” — ya’ni men tol daraxtiman, lekin meni hech kim quritolmaydi. Daraxt odatda quriydi, ammo bu yerda u ma’naviy kuchli, “sha’n-shukuhga” ega. Real zaiflik va ruhiy kuch o‘rtasidagi zidlik. Paradoks:“Men vaznsiz, shirin xayolman” — og‘irliksiz (ya’ni jismoniy bo‘lmagan) narsa bo‘lsa ham, u kuchli, shirin, yengib bo‘lmas.Bu mantiqiy jihatdan ziddiyatli tuyulsa-da, chuqur poetik ma’no beradi. Sifatlash bor, Shirin xayol – bu xayolning oddiy emas, yoqimli, ruhni to‘ldiruvchi ekanini bildiradi. Sha’nim-shukuhim – ulug‘lik, g‘urur, ilohiylik timsoli sifatida qo‘llangan. Tardiya (emotsional kuchaytirish): “He

Доказательный фрагмент

«This article approaches the poetic works of Toshpo‘lat Ahmad in the quatrain genre from a scientific-theoretical perspective.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article approaches the poetic works of Toshpo‘lat Ahmad in the quatrain genre from a scientific-theoretical perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Quatrain, Poetry, Artistic devices, Philosophical lyricism, Imagery, Spiritual, To‘rtlik, Badiiy san’at, She’riyat, Kompozitsion tahlil., Falsafiy lirika, Ruhiy yuksalish, Obrazlilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники