К содержанию
РецензированоRU2025

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ КОЛИЧЕСТВЕННЫМ ПОНЯТИЯМ БУДУЩИХ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Umaraliyeva Nilufar Rustamali qizi · O`zbekiston Respublikasi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

si: Miqdor tushunchasini o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar o‘quvchilarning nafaqat matematika, balki umumiy aqliy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Sun'iy intellekt texnologiyalari esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini yaxshilash, individual yondashuvni amalga oshirish va ta'limni yanada interaktiv va samarali qilishda katta rol o‘ynaydi. Bu yondashuvlar yordamida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nafaqat miqdor tushunchalarini o‘rganadi, balki zamonaviy texnologiyalarni hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini ham egallaydi. Kalit so`zlar: miqdor tushunchasi, sun`iy intellekt, miqdorlarni taqqoslash, o‘lchov birliklari, kreativ o‘qish, problema yechish, ijodiy fikrlash. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda kompetensiyaviy yondashuvning samarali ishlashi uchun bir qator metod va usullarni qo‘llash kerak. Bu usullar o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, matematikaning amaliy ahamiyatini tushunishga va o‘quvchilarning o‘zgalar bilan hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. Kompetensiyaviy yondashuvni o‘quvchilarni qiziqtirish va ular o‘rganayotgan bilimni mustahkamlash uchun qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqamiz. O‘yinlar va amaliy mashqlar yordamida o‘rgatish Bugungi kunda sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari ta'lim sohasida samarali qo‘llanilmoqda. Bu borada SI texnologiyalari bir qancha foydali imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan, interaktiv ta'lim dasturlari va ilovalar o‘quvchilarga vizual va audio materiallar orqali miqdor tushunchalarini tushunishni osonlashtiradi. Sun'iy intellekt asosidagi o‘quv platformalari, o‘quvchilarni real vaqt rejimida kuzatib borish va ularga moslashtirilgan o‘quv dasturlari taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Sun'iy intellekt yordamida o‘quvchilarga o‘lchovlar, miqdorlar va ularni solishtirishni amaliyot orqali ko‘rsatish mumkin. Misol uchun, virtual o‘yinlar va simulyatsiyalar orqali miqdorlarni o‘lchash jarayonlarini vizual ko‘rsatib berish, o‘quvchilarning tushunchalarni yaxshiroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. SI algoritmlari o‘quvchilarning o‘quv jarayonini individual tarzda kuzatib, ularning qaysi sohalarda qiyinchilikka duch kelayotganini aniqlash va moslashtirilgan o‘quv materiallarini taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda kompetensiyaviy yondashuvni sun'iy intellekt bilan integratsiyalash o‘quvchilarga nafaqat matematik bilimlarni, balki kritikal fikrlash, muammoni hal qilish va jamoaviy ish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. O‘quvchilar masalalarni hal qilishda sun'iy intellektdan foydalanish, o‘z bilimlarini kengaytirish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yondashuv o‘quvchilarga o‘zlarining malaka va ko‘nikmalarini real dunyo muammolariga moslashtirishda katta yordam beradi. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda o‘yinlar va amaliy mashqlarni qo‘llash o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. Masalan: ü O‘lchov o‘yinlari: O‘quvchilarga turli obyektlarning o‘lchovlarini taqqoslashni taklif etish, ularni turli o‘lchov birliklari bilan solishtirish (masalan, uzunlik, og‘irlik, hajm) orqali miqdor tushunchasini o‘rgatish. ü Fazoviy vaziyatlar: O‘quvchilarga turli miqdorlarni o‘lchash va taqqoslash orqali amaliy masalalarni yechish (masalan, suyuqlik yoki ovqat miqdorlarini o‘lchash). adpi.uz universaljurnal.uz 737 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Bu turdagi o‘yinlar va mashqlar o‘quvchilarga miqdor tushunchasini nazariy emas, balki amaliy tarzda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, bu usul o‘quvchilarni o‘rganayotgan mavzulari bilan bog‘lab, ularning matematikaviy tasavvurini rivojlantiradi. Miqdor tushunchasini o‘rganishda vizual materiallar yordamida tushunchalarni mustahkamlash juda samarali usuldir. Masalan: Diagrammalar va grafiklar: O‘quvchilarga turli diagrammalar (doira diagrammasi, ustun diagrammasi) yordamida miqdorlar orasidagi farqlarni taqqoslash va tushuntirish. Rasmli misollar: Miqdorlarning o‘lchov birliklari, masalan, uzunlik yoki og‘irlik kabi tushunchalarni rasmli misollar orqali ko‘rsatish. Bunday vizual materiallar o‘quvchilarning miqdor tushunchasini aniqroq tushunishlariga yordam beradi. Ular nafaqat matematikaviy amallarni yodlashadi, balki ular bilan bog‘liq hayotiy holatlar va vaziyatlarni ham anglab yetadilar. 3. Problema yechish metodlari Kompetensiyaviy yondashuvda masalalarni hal qilish o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun juda samarali metoddir. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda quyidagi usullarni qo‘llash mumkin: · Kundalik hayotga oid masalalar: Masalan, o‘quvchilarga supermarketda xarid qilishda narxlarni taqqoslash, idishlarni o‘lchash, yoki o‘yin maydonchasida ob’ektlarni o‘lchash kabi amaliy masalalarni yechish. · Vaziyatli masalalar: O‘quvchilarga amaliyotda uchraydigan turli vaziyatlar orqali miqdorlarni taqqoslashni va hisoblashni o‘rgatish. Misol uchun, ikki turdagi suyuqlikning miqd

Доказательный фрагмент

«si: Miqdor tushunchasini o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar o‘quvchilarning nafaqat matematika, balki umumiy aqliy rivojlanishiga ham xizmat qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

si: Miqdor tushunchasini o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar o‘quvchilarning nafaqat matematika, balki umumiy aqliy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
: miqdor tushunchasi, : concept of quantity, problem solving, o‘lchov birliklari, problema yechish, kreativ o‘qish, creative thinking., ijodiy fikrlash., creative reading, comparison of quantities, miqdorlarni taqqoslash, artificial intelligence, sun`iy intellekt, units of measurement
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники