К содержанию
РецензированоRU2025

ЗАДАЧИ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКЕ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ В РАЗВИТИИ В УСЛОВИЯХ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Mirzaeva Umida Inamovna (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitishida muammolari bo'lgan bolalarga inklyuziv ta'lim sharoitida matematikani samarali o'qitishning vazifalari va huquqiy aspektlari haqida ma'lumotlar keltirildi. Kalit so'zlar: karlik, zaif eshituvchilik, ta'lim, dars, maqsad, vazifa, ta'lim muassasasi, matematika. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloxida ta'lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ- xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to'g'risida” qarori asosida tasdiqlangan “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari to'g'risidagi Nizomda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya berish, nuqsonlarni korrektsiyalash va davo choralarini ko'rish, sog'lomlashtirish kabi vazifalarni bajarishi belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunida “jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bola” va “nogiron bola” tushunchalariga ta'rif berilgan. Xujjatda: “Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bola – nogironlikni belgilash uchun yetarli bo'lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo'lgan bola”; “Nogiron bola – jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo'lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb topilgan bola” kabi izohlar keltirilgan. Qonunga muvofiq nogiron bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va bilim olishga bo'lgan huquqlari kafolatlangan bo'lib, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi asosida hamda ota-onalar xohish-istagiga ko'ra umumta'lim yoki ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi turini tanlash huquqiga ega. Ta'lim muassasalarida o'quv fanlari samarali o'qitilib hamda o'quvchilarning nutqi yetarlicha shakllangandan so'ng muayyan sinflarda, xususan, 5-sinfdan mazkur o'quvchilar umumta'lim maktablarga jalb etilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarida korrektsion-pedagogik ishning asosiy maqsadi ma'naviy yetuk va barkamol, intellektual rivojlangan, mehnat bozorida o'z imkoniyatlariga mos kasb- hunar bilan shug'ullanuvchi shaxsni tarkib toptirishdan iborat. Biroq sanab o'tilgan vazifalar bolalarda mavjud eshituv analizatorining jarohatlanganligi natijasida yuzaga kelgan birlamchi va ikkilamchi kamchiliklarni bartaraf etishsiz amalga oshmaydi. Shu bois zamonaviy maxsus ta'limning maqsadi va vazifalari ham umumta'lim maktablari oldiga qo'yilgan vazifalarni to'liq ma'noda bajarishga hamda qo'shimcha korrektsion-kompensatsion yondashuvlarni maqsadli va tizimli olib borishni ham ko'zlaydi. Bu ikki bir-biriga tutash, bog'liq vazifalar kar va zaif eshituvchi bitiruvchilarni fanlardan zaruriy bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarga ega hamda ma'lum bir kasb-hunarning elementar uquvlari bilan qurollangan tarzda mustaqil hayotga tayyorlashni ko'zda tutadi. Sanab o'tilgan vazifalar O'zbekistonning ta'lim siyosatiga oid qator xujjatlarning alohida bandlarida aks etgani ham kar va zaif eshituvchi bolalarning ta'limi, rivojlanishi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan ekanligidan dalolat beradi. Kar va zaif eshituvchi o'quvchilarga boshlang'ich sinflarda matematikani samarali o'qitish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi o'quvchilarga boshlang'ich sinflarda matematikani samarali o'qitish o'z mazmuni va metodik jihatlari bilan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Matematika eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun adpi.uz universaljurnal.uz 801 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv rejada aniq fanlar blok- moduli tarkibidagi fandir. Umumta'lim maktablaridagi kabi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasasida matematika fanini o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda kundalik faoliyat uchun zarur, boshqa o'quv fanlarini o'zlashtirish uchun hamda umumta'limdan keyingi ta'limni davom ettirish uchun asos bo'luvchi fanga oid akademik bilim, ko'nikma, malakalar hamda kompetentsiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Uzluksiz ta'limning har bir bo'g'inida matematikaning o'rni va ahamiyati beqiyosligi qator ilmiy ishlar, madaniy meroslarda keltirilgan fikrlardan ayondir. Zero, tez suratlarda rivojlanayotgan, axborotlashayotgan jamiyatda samarali va qulay faoliyat yurita oladigan, vaziyatni tez tahlil qilib, mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirishda matematik bilimlar zarurdir. Umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika fanini o'qitishning ijtimoiy zarurat ekanligi pedagogik qarashlarda asoslab berilgan. Ma'lumki, umumta'lim maktablarida o'qitiladigan fanlar orasida matematika

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitishida muammolari bo'lgan bolalarga inklyuziv ta'lim sharoitida matematikani samarali o'qitishning vazifalari va huquqiy aspektlari haqida ma'lumotlar keltirildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitishida muammolari bo'lgan bolalarga inklyuziv ta'lim sharoitida matematikani samarali o'qitishning vazifalari va huquqiy aspektlari haqida ma'lumotlar keltirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karlik, zaif eshituvchilik, ta'lim, dars, maqsad, vazifa, ta'lim muassasasi, глухота, education, математика., урок, goal, mathematics., задача, образование, task, hearing impairment, matematika., нарушение слуха, educational institution, цель, deafness, учебное заведение, lesson
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники