К содержанию
РецензированоRU2025

ПРОГРАММНЫЕ РЕШЕНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ МЕДИЙНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА ЧЕРЕЗ ВОЗМОЖНОСТИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY YECHIMLARI · Mo’minova Madina Muxiddinovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

This article analyzes the importance of an axiological (value-based) approach in the development of digital media competence and the possibilities of using artificial intelligence technologies in this process. It also highlights the advantages of introducing AI-based person- centered, individual competence-based, real-time analysis and thinking training tools in improving educational software. Keywords: Axiological approach, digital media competence, artificial intelligence, student, educational program, software, person-centered learning, media literacy. Raqamli axborot muhitining jadal rivojlanishi, ayniqsa sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’limga kirib kelishi, talabalarda faqat texnik ko‘nikmalar emas, balki axloqiy-aksiyologik qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini ham rivojlantirish zaruratini tug‘dirmoqda. Raqamli mediakompetentlik — bu nafaqat texnologiyadan foydalanish, balki media axborotga tanqidiy yondashish, qadriy yondashuv bilan baholash, axloqiy me’yorlarga rioya qilish qobiliyatidir. Aynan shunday ko‘nikmalarni sun’iy intellekt yordamida rivojlantirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishda dasturiy ta’minotning takomillashtirilishi dolzarb masalalardan biridir [1]. Aksiologik yondashuv — bu ta’lim jarayonida shaxsning qadriyatlar tizimini shakllantirish, uni ongli ravishda axborotga munosabat bildirishga, tanqidiy fikrlashga va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishga yo‘naltiruvchi pedagogik yondashuvdir. Mazkur yondashuv nafaqat bilim berish, balki shaxsiy, madaniy va axloqiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Talabalar orasida mediakompetentlikni aksiologik yondashuv asosida shakllantirish, ularning shaxsiy qadriyatlarini mustahkamlash bilan birga, axborot muhitida ongli va axloqiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Bu quyidagi asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi: Haqiqatni ajratish – turli axborot manbalarida keltirilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish, yolg‘on yoki manipulyativ kontentni aniqlash va ishonchli axborotga tayangan holda qarorlar qabul qilish; adpi.uz universaljurnal.uz 809 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Fkrlar xilma-xilligini tan olish – zamonaviy demokratik jamiyatda mavjud turli qarash va nuqtayi nazarlarga nisbatan bag‘rikeng munosabatni shakllantirish, bahs va munozaralarda madaniyatli ishtirok etish; Manipulyativ xabarlarni tahlil qilish – reklama, siyosiy yoki boshqa turdagi axborot mahsulotlarining yashirin maqsadlarini anglash, ularning psixologik ta’sir mexanizmlarini tushunish va ularga qarshi immunitet hosil qilish; Axborot iste’molida insoniylik, mas’uliyat va axloqiylik mezonlariga amal qilish – shaxsiy manfaatlar bilan birga jamiyat manfaatlarini ham hisobga olish, raqamli makonda boshqalarga zarar yetkazmaslik, etika qoidalariga amal qilish. Shunday qilib, mediakompetentlikni aksiologik asosda shakllantirish, o‘quvchilarda axborotga nisbatan tanqidiy, ongli va mas’uliyatli yondashuvni rivojlantiradi. Bu esa ularni raqamli jamiyatda faol, axloqiy jihatdan barqaror va ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli shaxslar sifatida voyaga yetishlariga xizmat qiladi[2]. Zamonaviy sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’limda o‘quvchilarning raqamli mediakompetentligini rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda, ayniqsa aksiologik yondashuv asosida axborotga tanqidiy, axloqiy va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda. Quyidagi SI asosidagi vosita va yondashuvlar bu jarayonni sezilarli darajada samarali qilmoqda: ChatGPT, Bing AI kabi til modellari — talabalar yozgan matnlarni semantik va pragmatik jihatdan tahlil qilish imkonini beradi. Ular orqali o‘quvchining qadriyatga asoslangan fikr yuritish darajasi, axborotga tanqidiy munosabati, shaxsiy pozitsiyasi va axloqiy mezonlarga asoslangan qaror qabul qilish qobiliyati aniqlanadi. Ushbu texnologiyalar nafaqat diagnostika, balki tahliliy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham samarali hisoblanadi [3]. AI asosidagi diagnostik testlar — talabaning media savodxonligi darajasini, axborotni tanqidiy tahlil qilish, manipulyatsiyani aniqlash va axloqiy jihatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatini baholashga xizmat qiladi. Bunday testlar orqali o‘qituvchi individual yondashuvni tanlash, o‘quv dasturini moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Gamifikatsiyalangan AI platformalar — mediakompetentlikni o‘yin elementlari orqali shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ular interaktiv mashqlar, stsenariylar va topshiriqlar orqali o‘quvchini sun’iy axborot, feyk yangiliklar, tazyiqli kontent va boshqa raqamli xavf-xatarlarga qarshi turishga o‘rgatadi. Bunda o‘quvchi o‘zining axloqiy, ijtimoiy va shaxsiy qadriyatlarini ishga solgan holda muammoga yechim topishga intiladi. Chatbotlar — ijtimoiy-axloqiy vaziyatlar asosida muloqotga kirishadi va o‘quvchini har xil stsenariylar orqali re

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the importance of an axiological (value-based) approach in the development of digital media competence and the possibilities of using artificial intelligence technologies in this process.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the importance of an axiological (value-based) approach in the development of digital media competence and the possibilities of using artificial intelligence technologies in this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Axiological approach, digital media competence, artificial intelligence, student, медиаграмотность., ta’lim dasturi, образовательная программа, talaba, dasturiy ta’minot, студент, программное обеспечение, личностно-ориентированное обучение, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, цифровая медиакомпетентность, Аксиологический подход, raqamli mediakompetentlik, media savodxonlik., искусственный интеллект, sun’iy intellekt, Aksiologik yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники