Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОЛОЖИТЕЛЬНОЕ И ОТРИЦАТЕЛЬНОЕ ВЛИЯНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА НАШУ НАЦИОНАЛЬНУЮ КУЛЬТУРУ
A.Akbarov PhD (instituti qoshidagi akademik litseyi oliy toifali o‘qituvchisi)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
This article examines the impact of artificial intelligence technologies on national culture. The study analyzes the positive aspects of AI, such as language development, cultural heritage preservation, and opportunities in education and creative fields. However, the risks of cultural weakening, ethical concerns, and the negative effects on creative industries are also discussed. The article aims to explore ways to preserve and enhance national culture through the proper use of AI. Keywords: artificial intelligence, national culture, technological development, ethical issues, creative industries. Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) – bu kompyuter tizimlarining inson aqli kabi fikrlashi, o‘rganishi va muammolarni hal qila olishini ta’minlaydigan texnologiya. Oddiy qilib aytganda, Sun’iy intellekt – bu dastur yoki tizim bo‘lib, u o‘z tajribasidan o‘rganishi, mantiqiy xulosa chiqarishi va mustaqil qaror qabul qilishi mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalari dunyo bo‘ylab turli sohalarga jadal integratsiyalashib, odamlarning kundalik hayoti, ish faoliyati va madaniy meros bilan o‘zaro munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon madaniy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lmoqda, chunki sun’iy intellekt nafaqat til, san’at, ommaviy axborot vositalari, balki odat va qadriyatlarni ham o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Sun’iy intellekt qadimiy qo‘lyozmalarni raqamlashtirish, tarixiy manbalarni tarjima qilish va san’at asarlarini tiklashda juda katta yordam beradi, shu bilan birga O‘zbekistonning boy madaniyati sun’iy intellekt yordamida xalqaro maydonda targ‘ib qilinishi mumkin (masalan, virtual muzeylar, interaktiv tarixiy dasturlar), lekin sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ijtimoiy tarmoqlar va media platformalar asosan global madaniyatni targ‘ib qiladi, bu esa o‘zbek milliy qadriyatlarining adpi.uz universaljurnal.uz 350 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil zaiflashishiga olib kelishi mumkin va yoshlar orasida milliy madaniyat, mahalliy san’at, musiqa va adabiyotga bo‘lgan qiziqish kamayishi mumkin, chunki algoritmlar asosan xalqaro kontentni tavsiya qiladi. Sun’iy intellekt algoritmlari global miqyosidagi ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqilganligi sababli, ba’zan o‘zbek madaniyatiga nisbatan noto‘g‘ri stereotiplarni (Stereotip- muayyan guruh yoki jamoaning soddalashgan, sxemalashgan emotsional bo‘yoqdor va favqulodda barqaror bo‘lgan obrazi, turli madaniyat vakillarining tili va tafakkurining o‘ziga xosligidir) mustahkamlashi mumkin. Deepfake (Deepfake -bu sun'iy intellekt yordamida haqiqatga juda o‘xshash soxta tasvirlar, videolar va audio yozuvlarni yaratish texnologiyasi) va sun’iy yo‘l bilan yaratilgan soxta kontent noto‘g‘ri axborot tarqalishiga olib kelishi va madaniy qadriyatlarni buzishi mumkin. Algoritmlar orqali tarqatilayotgan madaniy tarkiblar ayrim guruhlarga nisbatan noto‘g‘ri qarashlarni shakllantirishi mumkin. Bu esa o‘zbek milliy qadriyatlarini saqlab qolish zaruratini tug‘diradi. Mahalliy san’at, adabiyot va an’analarni sun’iy intellekt orqali keng targ‘ib qilish milliy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan ijodiy jarayonlar natijasida an’anaviy san’at, musiqa va adabiyotga bo‘lgan talab kamayishi mumkin. Kompyuter tomonidan yaratilgan san’at asarlari va she’rlar haqiqiy ijodiy jarayonga zarar yetkazishi, rassomlar, yozuvchilar va bastakorlarning ish imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Sun’iy intellekt vositasida ishlab chiqilgan musiqalar va san’at asarlari madaniy an’analardan uzoqlashgan holda, texnik vositalarga ortiqcha bog‘lanib qolish xavfini tug‘diradi. Sun’iy intellekt orqali yaratilgan kontentda milliy va diniy qadriyatlarni hisobga olish mexanizmlari yetarlicha ishlanmagan bo‘lishi mumkin. Yoshlar orasida Sun’iy intellekt tomonidan tavsiya etilayotgan tarkiblar natijasida axloqiy qadriyatlarga e’tibor kamayishi mumkin. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan sun’iy shaxslar (virtual influenserlar) jamiyatda real insonlarning o‘rnini egallashi va ijtimoiy qadriyatlarga putur yetkazishi mumkin. Sun’iy intellekt ayrim kasblar, ayniqsa tarjimonlik, muharrirlik va san’atga oid kasblarga ta’siri katta bo‘lishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual o‘yin-kulgular va interaktiv kontentlar real hayotdagi madaniy tadbirlarga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishiga olib kelishi, mahalliy ijodkorlarning faoliyati Sun’iy intellekt tomonidan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan raqobat qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Milliy madaniyatiga oid kontent Sun’iy intellekt algoritmlari orqali chet davlatlarga yetkazilishi natijasida ma’naviy merosga oid ma’lumotlar nazoratsiz tarqaladi. Sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlarning buzilishi, intellektual mulk huquqlarining buzilishi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalari milli
Доказательный фрагмент
«This article examines the impact of artificial intelligence technologies on national culture.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the impact of artificial intelligence technologies on national culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, national culture, technological development, ethical issues, ijodiy sohalar., технологическое развитие, milliy madaniyat, этические проблемы, креативные индустрии., искусственный интеллект, texnologik rivojlanish, sun’iy intellekt, национальная культура, axloqiy muammolar, creative industries.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026