К содержанию
РецензированоRU2025

ПРЕИМУЩЕСТВА И ОГРАНИЧЕНИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ПРОЦЕССЕ

AFZALLIKLARI VA CHEKLOVLARI · Usmanova Xurshida Aybekovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt bizning kundalik vazifalarimizni osonlashtirishga yordam beradi. To‘g‘ri so‘rovlar bilan siz bajarmoqchi bo‘lgan har qanday harakat bir necha soniya ichida bajarilishi mumkin. Bu sun’iy intellektning ko‘plab afzalliklaridan biri. Sun’iy intellektni o‘rganish va u haqda ma’lumotlarga ega bo‘lish davr talabidir. Bu maqolada sun’iy intellekt va uning imkoniyatlarini ta’lim tizimidagi afzalliklari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Kalit so’zlar: sun’iy intelekt, strategiya, interfaol ta’lim, IT, AI, Chat GTP. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimi jadal rivojlanayotgan texnologik taraqqiyot sharoitida yangilanib, pedagogik jarayonni yanada samarali qilish yo‘llarini izlamoqda. Shu jumladan, sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi so‘nggi yillarda katta e’tiborni tortib, o‘qitish uslublarini o‘zgartirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. Sun’iy intellektning rivojlanishi ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, individual yondashuvni kuchaytirish va o‘quvchilarni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning asosiy afzalliklari orasida ta’lim jarayonini moslashtirish, adaptiv o‘qitish tizimlarini rivojlantirish va o‘qituvchilarga yuklamani kamaytirish kabi jihatlar mavjud. Masalan, SI asosida ishlovchi ta’lim platformalari o‘quvchilarning qobiliyatlari va bilim darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, ularga mos keladigan o‘quv materiallarini taqdim etishi mumkin. Bunday yondashuv har bir o‘quvchining individual ehtiyojlariga moslashgan holda o‘quv jarayonini tashkil etishga yordam beradi. Biroq, sun’iy intellektni pedagogik jarayonda qo‘llash muayyan cheklovlar va muammolarni ham yuzaga keltiradi. Jumladan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning kamayishi, texnologik vositalarga haddan tashqari bog‘liqlik, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchilarning yetarlicha malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega, chunki noto‘g‘ri qo‘llash ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, ushbu tadqiqotda pedagogik jarayonda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari va cheklovlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlarini baholash, ularning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash va shu bilan birga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan cheklovlarni minimallashtirish strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu tadqiqot natijalari pedagogik jarayonda sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi innovatsion yondashuvlarni aniqlashga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari. Texnologiyaning jadal rivojlanishi natijasida sun’iy intellekt (SI) ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayon o‘qitishning sifatini oshirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish va ta’lim jarayonini yanada interaktiv qilish imkonini beradi. Quyida SI asosida ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiluvchi asosiy afzalliklar ko‘rib chiqiladi. adpi.uz universaljurnal.uz 95 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil An’anaviy ta’lim tizimida barcha o‘quvchilar bir xil o‘quv dasturi asosida bilim olishadi. Biroq, har bir o‘quvchining bilim o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatlari har xil bo‘lganligi sababli, bu usul samaradorligini yo‘qotishi mumkin. SI asosidagi ta’lim platformalari esa har bir o‘quvchining bilim darajasini tahlil qilib, unga moslashtirilgan o‘quv materiallarini taqdim etadi. Masalan, adaptiv ta’lim tizimlari o‘quvchilarning zaif tomonlarini aniqlab, ularni mustahkamlash uchun qo‘shimcha materiallar tavsiya qiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari o‘qituvchilarning yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Misol uchun, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari testlarni tekshirish, insho va yozma ishlarni tahlil qilish kabi vazifalarni bajaradi. Bu esa o‘qituvchilarga ko‘proq vaqtni o‘quvchilarning ijodiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratish imkonini beradi. Sun’iy intellekt asosidagi chat-botlar, virtual ta’lim yordamchilari va interaktiv platformalar o‘quvchilarga istalgan vaqtda ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Masalan, sun’iy intellektga asoslangan virtual repetitorlar darslarni tushuntiradi, savollarga javob beradi va real vaqt rejimida maslahatlar beradi. Bu esa ta’lim jarayonini yanada qulay va samarali qiladi. Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga integratsiyasi bir qator afzalliklarni taqdim etgan bo‘lsa- da, uning cheklovlari va muammolari ham mavjud. Quyida SI texnologiyalaridan foydalanishd

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
интерактивное обучение, interactive learning, strategiya, interfaol ta’lim, strategy, ИИ, AI, стратегия, IT, Chat GTP., искусственный интеллект, artificial intelligence, ИТ, sun’iy intelekt, чат GTP.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники