Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИННОВАЦИОННЫЙ СПОСОБ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СЯФЕРЕ
Дилором Рискулова (Tashkent davlat universiteti)
Универсал международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu. maqolada sun'iy intellekt va undan ta`lim tizimida foydalanish, sun`iy intellektning raqamli ta`lim bilan bog`liqligi jihatlari yoritib berilgan. Rivojlangan mamlakatlarda sun`iy intellektdan foydalanish tajribalari, zamonaviy ta'lim makoniga sun'iy intellektni joriy etish funktsiyalari, raqamli ta`limning turli platformalarda sun`iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari tahlili berilgan hamda o‘quv jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish ta`lim jarayonida o`qituvchi va talabalar uchun qulayliklar yaratishi haqida ma`lumotlar berilgan. Kalit so`zlar va atamalar: Raqamli ta`lim, sun`iy intellekt, islohot, ta`lim jarayoni, Mamlakatimizda bugungi kunda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sun`iy intellekt texnologiyalarining katta ahamiyati va salohiyatini e`tirof etgan holda ularni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Tez texnologik taraqqiyot davrida sun`iy intellekt hayotning turli sohalari rivojlanishiga ta`sir qiluvchi asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar unumdorlik va samaradorlikni oshirishdan tortib, ilm-fan va innovasiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda keltirish salohiyatiga ega ekanligini tan olish kerak. O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi. Shu maqsadda sun'iy intellekt texnologiyalari asosidagi innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat ko'rsatish usullari rivojlanishi uchun qulay va maqbul ekotizim yaratish, ularni belgilab berilgan ustuvor tarmoqlar va sohalarda tezkorlik bilan joriy etish va amaliyotga tatbiq etish bo'yicha harakatlar boshlab yuborildi. Sababi, sun'iy intellekt texnologiyalari raqamli texnologiyalarning eng tez rivojlanayotgan istiqbolli yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar tarkibiga kiruvchi sun‘iy intellektdan foydalanish orqali, nafaqat ta‘limda balki, hayotning barcha jabhalarida samarali foydalanish mumkin. Sun‘iy ong texnologiyasini joriy etish orqali shaffoflikni ta‘minlash, firibgarlikni oldini olish, ma‘lumotlarni tahlil etish, katta hajmli ma‘lumotlar bilan ishlash ustunliklarini beradi. Ta‘lim sohasida esa virtual oʻquv muhitini yaratish va masofaviy ta‘limda katta qulayliklar yaratadi Sun'iy intellekt uchun ajoyib kelajak bashorat qilinmoqda. Ushbu texnologiya hozirda eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli texnologiyalardan biriga aylandi. Aqlli ovozli yordamchilar, rasm chizadigan, matnlar va musiqa yozadigan neyron tarmoqlar bugun hech kimni ajablantirmaydi. Sun'iy intellektga bo'lgan umumiy qiziqishni tushuntirish qiyin emas: bu texnologiya odamlarga turli jarayonlarni, ayniqsa ko'p mehnat talab qiladigan va zerikarli jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi. Bizni charchatadigan yoki chalg'itadigan holatlarda mashina yuz foiz samaradorlik va yuqori aniqlikni namoyish etishda davom etmoqdi. Sun'iy intellekt inson hayotining ko'plab jabhalarida, jumladan, ta'lim sohasida ham faol qo'llanilmoqda. Bugungi kunda dunyo ahli ta’lim jarayonida uning sifatini oshirish va zarur kasbiy ko‘nikmalarni samarali o'zlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Erishilgan natijalarga qaramasdan, sun'iy intellekt hali rivojlanishning dastlabki bosqichida turibdi. Ammo bugungi imkoniyat ham o'qituvchilar va talabalarning sun`iy intellekt qobiliyatidan samarali foydalanishi uchun yetarlidir. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellektning texnologiyalarini qo'llash yaqin kelajakda butun ta’lim tizimi evolyutsiyasining asosiy omiliga aylanadi Oddiy so‘zlar bilan aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellekt (ingl. Artificial intellegence) – kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik va intellektual faoliyatni bajarish qobiliyatidir. U neyron tarmoqlar, mashinani o‘qitish (machine learning), tabiiy tilni qayta adpi.uz universaljurnal.uz 52 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil ishlash, kognitiv (ongli) hisob-kitoblar, kompyuterning tasvirni ko‘rishi singari fanning o‘ta murakkab yangi yo‘nalishlarini o‘zida birlashtiradi. . Tahlillarga ko`ra: AQSh taʼlim sektorida 2017-2021 yillarda sunʼiy intellekt 47,5 foizga oʻsganligini kuzatish mumkin. . Universitetlarning 80-90 foizi keyingi bir necha yil ichida sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan o'qituvchi yordamchilarini qo'shishni rejalashtirmoqda. Buyuk Britaniya oliy taʼlim tizimida sunʼiy intellektning joriy etilishi 2030 yilga borib 500 000 ta yangi ish oʻrni yaratishi kutilmoqda. 2025 yilga kelib dunyo bo‘ylab har 10 talabadan 1 nafardan ko‘prog‘i o‘z ta’limini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlaydi. Sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalar ta`lim va kommunikatsiyalar bilan ishlash uslubimizni o'zgartirmoqda.
Доказательный фрагмент
«Ushbu. maqolada sun'iy intellekt va undan ta`lim tizimida foydalanish, sun`iy intellektning raqamli ta`lim bilan bog`liqligi jihatlari yoritib berilgan. Rivojlangan mamlakatlarda sun`iy intellektdan foydalanish tajrib…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu. maqolada sun'iy intellekt va undan ta`lim tizimida foydalanish, sun`iy intellektning raqamli ta`lim bilan bog`liqligi jihatlari yoritib berilgan. Rivojlangan mamlakatlarda sun`iy intellektdan foydalanish tajrib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- game technologies, teaching methodology., o'qitish metodikasi., computer tools, research, Computational linguistics, ta'lim tizimi, компьютерные инструменты, индивидуальный и личностный подход, Компьютерная лингвистика, исследования, образовательная система, tadqiqotlar, Kompyuter tilshunosligi, o'yin texnologiyalari, kompyuter vositalari, individual and personal approach, игровые технологии, методика обучения., individual va shaxsiy yondashuv, educational system
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025