Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ МОДЕЛИРОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЕ
Ergashev Ozodbek Shavkatovich
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
The article discusses the development of artificial intelligence, some aspects, methods and ways of its modeling in the education system, and also shows the relevance of research in this field. Information is also provided on models of artificial intelligence, expert systems, neural networks, Bayesian networks, and machine learning algorithms. Keywords: artificial intelligence, modeling, technocratic optimism, technocratic pessimism, artificial intelligence models, expert systems, neural networks, Bayesian networks, machine learning algorithms Sun’iy intellekt bugungi kunda texnologiya va fanning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. U inson aqliga xos bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan tizimlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, ma’lumotni qayta ishlash, tahlil qilish, qaror qabul qilish va o‘rganish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Sun’iy intellektni samarali yaratish va joriy qilish jarayonida modellashtirish muhim o‘rin tutadi. Global raqamlashtirish davrida ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sohasiga joriy etilishi o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Sun’iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, talabalarning o‘qishdagi faolligi va natijadorligini tahlil qilish imkoni yaratiladi. Sun’iy intellekt — bu inson fikrlash qobiliyatiga yaqinlashgan kompyuter tizimlarini yaratishga qaratilgan fan sohasi bo‘lib, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ular asosida qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Uning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi: Mashinali o‘rganish; Neyron tarmoqlar; Tabiiy tilni qayta ishlash; Ekspert tizimlar; Avtomatik tavsiya tizimlari. Bu texnologiyalar ta’limda shaxsiy yondoshuv, bilimni avtomatik baholash va ta’lim jarayonini individuallashtirishda keng imkoniyatlar yaratadi. adpi.uz universaljurnal.uz 60 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil Ilmiy adabiyotlarda sun’iy intellektning rivojlanishi, uni modellashtirish usul va yo‘llari haqidagi tadqiqotlar dolzarb bo‘lib bormoqda. Biz modellashtirishning ba’zi yo‘llari haqida fikr yuritamiz. Jumladan: - bionik modellashtirish – inson miyasini bevosita modellashtirish, ya’ni tafakkur sirlarini ochish maqsadida hamda intellektga ega avtomatlarni yaratishda, har bir nerv hujayralarini va bu hujayralar o‘rtasidagi aloqalarni modellashtirish; - dasturiy–pragmatik modellashtirish. Bu intellektual faoliyatni hisoblash mashinalari yordamida modellashtirishdir. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad insondan kam bo‘lmagan intellektual masalalarni yechishga qodir bo‘lgan algoritmik va dasturiy jihatdan hisoblash mashinalarini ta’minlashni o‘z ichiga oladi; - evolyutsion modellashtirish. Bunda masala mavjud narsani modellashtirish emas, balki kelajakda to‘g‘ri istalgan yo‘nalishda taklif etilgan, mo‘ljallangan kriteriyadagi texnik intellektni modellashtirishga qaratilgan xatti–harakat, faoliyat tushuniladi. Interaktiv intellektual tizimlarni yaratish ko‘zda tutiladi. Tabiiy va sun’iy intellektning o‘zaro munosabatlarini hozirgi davrda o‘rganishda ikki xil yondashuv mavjud: - texnokratik optimizm: sun’iy va tabiiy intellekt o‘rtasidagi farqni texnik tasnif bilan ifodalaydi, ya’ni ularning farqi sifat jihatidan emas, balki son jihatidan farqlanadi degan qarashni ilgari suradi. EHMning shiddatli rivojlanishi inson tafakkuri bilan mashinalashgan sun’iy “fikr” elementlari va hatti–harakatlari o‘xshash, aynidir deb isbotlashga urinish mavjud. - texnokratik pessimizm: tabiiy va sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqni yo‘qotish mumkin emas, chunki miyaning modeli, tabiiy intellektdan farq qiladi, xuddi model o‘z andozasidan farq qilganidek deb uqtiriladi va quyidagicha dalillar bilan asoslanadi; - kelib chiqishidagi farq – tabiiy evolyutsiya hamda avvaldan tayyorlangan turlicha bo‘lgan detallardan sun’iy holda sun’iy intellektni yasash, shakllantirish; - tabiiy intellekt insonning obyektiv va subyektiv reallikka faol o‘zgartiruvchi munosabati sifatida namoyon bo‘lib, psixik faoliyatning hissiy–emotsional tomonlari bilan bog‘liq kompyuter tafakkurida olamga ongli munosabat, his–tuyg‘u kabi nozik psixik holatlar mavjud emas, unda inson intellektual faoliyatining taqlidi sifatidagina hatti–harakat va intellekt mavjud; - inson maqsadga muvofiq holda, aniq shart–sharoitga ko‘ra o‘z harakat dasturini o‘zgartira oladi, shu alfozda yangi dastur qat’iy mantiqiy avvalgisidan kelib chiqmaydi; kompyuter tafakkuri biror masala yoki muammoni yecha olmaydi hamda bunday masalalarni mustaqil qo‘ya olmaydi; - inson intellekti dialektik xarakterga ega bo‘lgan tushuncha va hukmlar bilan ish ko‘radi, ya’ni hissiyot va rang–tasvirsiz abstraksiyadan foydalanadi, ayni chog‘da mashina formal mantiq qoidalariga asoslangan hisoblar bilan ish ko‘radi; - inson miyasinin
Доказательный фрагмент
«The article discusses the development of artificial intelligence, some aspects, methods and ways of its modeling in the education system, and also shows the relevance of research in this field.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the development of artificial intelligence, some aspects, methods and ways of its modeling in the education system, and also shows the relevance of research in this field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, modeling, technocratic optimism, technocratic pessimism, mashinali o‘rganish algoritmlari, экспертные системы, ekspert tizimlar, neyron tarmoqlar, Sun’iy intellekt modellari, modellashtirish, искусственный интеллект, texnokratik pessimizm, bayes tarmoqlari, sun’iy intellekt, технократический пессимизм, модели искусственного интеллекта, алгоритмы машинного обучения, texnokratik optimizm, байесовские сети, моделирование, технократический оптимизм, нейронные сети
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025