К содержанию
РецензированоRU2025

ИНТЕГРАТИВНЫЕ МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО ЕДИНСТВА И СОЦИАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ

Bakhronov Bekhruz

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada talabalar o‘rtasida milliy totuvlik va hamjihatlik kompetentsiyasini takomillashtirishda integrativ yondashuvning o‘rni va usullari tahlil qilinadi. Ushbu integrativ yondashuvlar talabalar o‘rtasida milliy totuvlik va hamjihatlikni chuqur shakllantirishga xizmat qiladi hamda ularni jamiyatda faol va tolerant shaxs bo‘lishga undaydi. Kalit so’zlar: milliy birlik, integrativ yondashuvlar, Fanlararo integratsiya, Jamoaviy loyihalar, raqamli texnologiyalar, Virtual muhit. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratib, bu yo‘nalishda bir qator muhim qaror va farmonlarni qabul qilgan. Xususan, 2021-yil 7-iyundagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–5117-sonli qarori[1] hamda 2017-yil 19- maydagi "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi[2] doirasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash chora-tadbirlari bu boradagi muhim hujjatlar sirasiga kiradi. Ushbu hujjatlarda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodga milliy qadriyatlar va bag‘rikenglik ruhini singdirish zarurligi alohida ta’kidlangan. Globallashuv jarayonida milliy birlik va hamjihatlikni ta’minlash dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu nafaqat ijtimoiy barqarorlikni saqlash, balki yoshlarda vatanparvarlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirish uchun ham muhimdir. O‘zbekiston ko‘p millatli davlat bo‘lib, unda turli etnik guruhlarning do‘stona yashashi va o‘z milliy madaniyatini rivojlantirishiga barcha sharoit yaratilgan. Shu bois, ayniqsa, talaba-yoshlar orasida milliy totuvlik va hamjihatlikni shakllantirish ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talabalar orasida milliy totuvlik va hamjihatlikni shakllantirish – ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan davlat dasturlari va qarorlar asosida yosh avlodni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonida integrativ yondashuvlardan foydalanish milliy birlik va totuvlik kompetentsiyasini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Integrativ yondashuvlar orqali fanlararo ta’lim, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, media texnologiyalardan foydalanish, jamoaviy loyihalar va rolli o‘yinlar orqali talabalar orasida o‘zaro hurmat, hamkorlik va millatlararo bag‘rikenglikni rivojlantirish mumkin. Bu nafaqat ta’lim jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qiladi, balki yoshlarning ongida milliy totuvlik va hamjihatlik tamoyillarini mustahkam singdiradi[3]. Shu sababli, ta’lim muassasalarida milliy totuvlik va hamjihatlik kompetentsiyasini rivojlantirishga qaratilgan integrativ usullarni keng qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu kelajakda millatlararo birdamlikni mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu tariqa, talaba-yoshlar milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qiladigan, o‘z jamiyatining faol a’zolari sifatida shakllanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni nafaqat bilim bilan ta’minlashi, balki ularni ijtimoiy faol, tolerant va hamjihatlik tamoyillariga sodiq inson sifatida tarbiyalashi lozim. Shu nuqtayi nazardan, integrativ yondashuvlar yordamida milliy totuvlik kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirish yo‘nalishidagi samarali usullar muhokama etiladi. Quyida ularni tahlil qilamiz[4]: 1. Fanlararo integratsiya- Turli fanlar (tarix, ma’naviyat, huquqshunoslik, pedagogika va sotsiologiya) orqali milliy totuvlik va hamjihatlik tushunchalarini talabalarga singdirish. Masalan, tarix fanida millatlararo totuvlikka oid tarixiy tajribalarni tahlil qilish, sotsiologiya fanida esa ijtimoiy muvozanatni saqlash bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish. adpi.uz universaljurnal.uz 222 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil 2. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar- Talabalar o‘rtasida turli millatlar madaniyatiga bag‘ishlangan festival va anjumanlarni tashkil etish orqali ularning o‘zaro tushunish va hurmat hissini oshirish. Bunday tadbirlar doirasida milliy taomlar tanlovi, an’anaviy raqs va kuy-qo‘shiqlar kechalari, millatlararo do‘stlik klublari faoliyatini rivojlantirish mumkin. 3. Jamoaviy loyihalar va ko‘ngillilik harakatlari- Turli millat vakillaridan iborat talabalar jamoalarini shakllantirish va ularni ijtimoiy loyihalarga jalb etish. Masalan, ekologik aksiyalar, ijtimoiy yordam dasturlari, turli yoshdagi aholi bilan ishlash loyihalarida milliy totuvlik va jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirish mumkin. 4. Media va raqamli texnologiyalar orqali ta’lim- Milliy totuvlik mavzusida qisqa videoroliklar, interaktiv o‘yinlar va onlayn platformalarni yaratish. Virtual muhitda turli millatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahk

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada talabalar o‘rtasida milliy totuvlik va hamjihatlik kompetentsiyasini takomillashtirishda integrativ yondashuvning o‘rni va usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada talabalar o‘rtasida milliy totuvlik va hamjihatlik kompetentsiyasini takomillashtirishda integrativ yondashuvning o‘rni va usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jamoaviy loyihalar, командные проекты, raqamli texnologiyalar, integrativ yondashuvlar, Fanlararo integratsiya, milliy birlik, междисциплинарная интеграция, интегративные подходы, цифровые технологии, Virtual muhit., национальное единство, виртуальная среда.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники