К содержанию
РецензированоRU2025

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЭФФЕКТИВНОЙ РАБОТЫ С ИСКУССТВЕННЫМ ИНТЕЛЛЕКТОМ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Azimov Akbarjon Niyozidin o‘g‘li

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda jadallik bilan rivojlanib brayotgan sun’iy intellekt hamda u bilan ishlash jarayonini boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘rgatish orqali ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalasi haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar:sun’iy intellekt, kompyuter texnologiylari, zamonaviy ta’lim, integratsiya. Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun sun’iy intellekt bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, uni samarali o‘qitish metodlari va amaliy tajribalarga e’tibor qaratiladi. Sun’iy intellekt – bu insonning intellektual faoliyatini taqlid qiluvchi dasturiy va apparat vositalari majmuasi bo‘lib, u ta’lim jarayonida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish, shaxsiy yondashuvni qo‘llash va o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: -Shaxsiy yondashuv imkoniyati -O‘quv jarayonini avtomatlashtirish -Interfaol ta’lim muhiti yaratish -Talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: 1.Amaliy mashg‘ulotlar – talabalar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha real loyihalarda ishtirok etishlari lozim. 1. Interfaol darslar – chatbotlar, avtomatlashtirilgan repetitorlar va ta’lim platformalaridan foydalanish orqali o‘qitish. 2. Tahlil va muammolarni hal qilish –sun’iy intellekt yordamida masalalarni tahlil qilish va yechim topish metodologiyasini o‘rganish. 3. Kodlash asoslari – dasturlashning boshlang‘ich tushunchalarini o‘rgatish orqali talabalarni sun’iy intellekt sohasiga jalb etish. Dunyoda va O‘zbekistonda olib borilayotgan turli tajribalarga asoslanib, sun’iy intellekt texnologiyalarini boshlang‘ich ta’lim jarayonida qo‘llash natijasida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda: -Talabalar mustaqil ta’lim olishga ko‘proq qiziqish bildirmoqda; -O‘qituvchilarning yuklamasi kamayib, darslar interfaol shaklda o‘tmoqda; -Talabalar tahliliy fikrlash va muammolarni hal qilish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishmoqda. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning sun’iy intellekt bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni oshirish, interfaol metodlardan keng foydalanish va dasturlash asoslarini o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarni kelajakda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash mumkin. Shu boisdan, O‘zbekiston ta’lim tizimida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha yanada keng qamrovli tadqiqotlar olib borish tavsiya etiladi. Sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: adpi.uz universaljurnal.uz 225 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil a) Sun’iy intellektningasoslarini o‘rgatish: Boshlang‘ich ta'lim talabalari uchun Sun’iy intellekt texnologiyalarining asosiy tushunchalari va imkoniyatlarini o‘rgatish muhimdir. Bu ularga zamonaviy texnologiyalar bilan tanishishga yordam beradi; b) O‘quv dasturlarini boyitish: Xitoy kabi rivojlangan mamlakatlarda boshlang‘ich va o‘rta maktablarda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv dasturlariga kiritish tavsiya etilmoqda. Bu kelajak avlodning texnologik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. d) Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Bu ularga muammolarni yechishda innovatsion yondashuvlarni qo'llash imkonini beradi. e) Sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish mumkin. Bu o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga yordam beradi. f) Boshlang‘ich ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha maxsus treninglar va seminarlar o‘tkazish orqali ularning malakasini oshirish mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun: sun’iy intellekt asoslarini tushuntirish, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha asosida o‘qitish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, sun’iy intellektning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratish, milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish. Ushbu yondashuvlar yordamida O‘zbekiston ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foyda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kunda jadallik bilan rivojlanib brayotgan sun’iy intellekt hamda u bilan ishlash jarayonini boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘rgatish orqali ta’lim jarayoniga integ…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kunda jadallik bilan rivojlanib brayotgan sun’iy intellekt hamda u bilan ishlash jarayonini boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘rgatish orqali ta’lim jarayoniga integ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter texnologiylari, computer technologies, zamonaviy ta’lim, современное образование, искусственный интеллект, интеграция, sun’iy intellekt, artificial intelligence, integration, компьютерные технологии, modern education, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники