К содержанию
РецензированоRU2025

ПОДГОТОВКА СТУДЕНТОВ К РАЗВИТИЮ УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЧЕРЕЗ ПРЕДМЕТ «ПОСТУПЛЕНИЕ НА СПЕЦИАЛИЗАЦИЮ»

D Iminova (Andijon davlat pedagogika institi)

Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025

Аннотация

“Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada ushbu fanning o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi usullari va pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy yo‘naltirishga nisbatan qiziqishlarini shakllantirishda samarali pedagogik yondashuvlar va ularni rag‘batlantirishning amaliy vositalari muhokama qilingan. Maqolada, shuningdek, akademik faolligini kuchaytirish uchun ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ta’kidlangan. “Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan sohada muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasbiy yo‘nalishdagi intilishlari va ijtimoiy motivatsiyalari o‘rganilgan. Maqolada keltirilgan metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: “Mutaxassislikka kirish”, akademik faollik, pedagogik mexanizm, kasbiy ta’lim, zamonaviy texnologiya, pedagogik yondashuv, o‘quv jarayoni, kasbiy yo‘naltirish, ijtimoiy motivatsiya, ta’lim samaradorligi, amaliy vositalar. “Mutaxassislikka kirish” fani bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning akademik faolligini oshirishda, kasbiy yo‘naltirishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu fan orqali talabalar kasbiy faoliyat va ixtisosliklar haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lib, o‘zlarida ham o‘qishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyalari mustahkamlanadi. Maqolada “Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarning o‘quvchilarda akademik faolligini rivojlantirish uchun usullar va pedagogik yondashuvlar bilan tanishishlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, interaktiv usullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda pedagogik mexanizmlarning samaradorligi ushbu yo‘nalishda muhokama qilingan. “Mutaxassislikka kirish” fani talabalarni kasbiy moslashuvi, ularning faol motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy maqsad talabalarga o‘zlari tanlagan kasb yoki yo‘nalish bo‘yicha asosiy tushuncha va bilimlarni berish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagoglar tomonidan qo‘llaniladigan turli xil usul va texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. “Mutaxassislikka kirish” fanida talabalarga beriladigan pedagogik yondashuvlar alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak pedagoglar o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini va o‘qishga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olib, ularga mos keladigan ta’lim strategiyalarini ishlab chiqishlari lozim. Bu jarayonda akademik faolligini shakllantirishga qaratilgan faol va samarali usullardan foydalanish, shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olish zarur. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olish, ularning o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bo‘lajak pedagoglar o‘quvchilarni muntazam rag‘batlantirish va ularga ijobiy fikr-mulohazalar berish orqali ularda o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqni shakllantirishlari mumkin. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning akademik faolligini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. “Mutaxassislikka kirish” fanini o‘qitish jarayonida interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, simulyatsiya va boshqa axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalar tomonidan o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi oshiriladi. Masalan, onlayn video darslar, prezentatsiyalar adpi.uz universaljurnal.uz 218 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil va multimedia materiallari o‘quv jarayonini jonli va qiziqarli qiladi. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida faol ishtirokni ta’minlaydi, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida o‘z hissalarini qo‘shishga undaydi. Shu bilan birga, interaktiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiya vositalari orqali o‘quvchilar nazariy bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning akademik faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. “Mutaxassislikka kirish” fanida amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy yo‘naltirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali oliy ta’lim talabalari ta’lim jarayonida o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. Bu jarayonda talabalar o‘zlari tanlagan kasbga nisbatan qiziqishlari va

Доказательный фрагмент

«“Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

“Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
образовательная эффективность, pedagogik mexanizm, педагогический механизм, amaliy vositalar., ijtimoiy motivatsiya, социальная мотивация, zamonaviy texnologiya, учебная деятельность, ta’lim samaradorligi, современные технологии, pedagogik yondashuv, o‘quv jarayoni, kasbiy ta’lim, «Вступление в специализацию», kasbiy yo‘naltirish, педагогический подход, профессиональное образование, “Mutaxassislikka kirish”, практический инструментарий., образовательный процесс, akademik faollik, профессиональная ориентация
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники