Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И МЕЖДУНАРОДНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: ПУТЬ К ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ И ДУХОВНОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
MA’NAVIY KAMOLOTGA YO‘L · Bektashev Baxromjon Baxtiyarovich- · Iqtisodiy rivojlanish. (Andijon davlat pedagogika instituti,)
Универсал международный научный журнал · 13-35 · 2025
Аннотация
The article discusses reforms in the modern education system, efforts aimed at the intellectual and spiritual development of students, as well as compliance with international educational standards and their development. The goals of assessing the quality of education and increasing the country's international competitiveness through the PISA and TIMSS international assessment programs were also considered. Keywords: Modern education system, Intellectual maturity, Spiritual maturity, Reforms, International educational standards, PISA, TIMSS, Knowledge and abilities, Assessment of the quality of education, Competitiveness, Economic development. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan jamiki islohotlar barkamol avlod tarbiyasi, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Bunday sa’y harakatlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi yoshlarga katta imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Shuning uchun ham zamonaviy ilm- fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida erishilgan yutuqlarni ta’lim tizimiga tatbiq etish orqali malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida qayd etib o‘tilgan. Jahonda modernizatsiya jarayonlari tobora kengayib borayotganligi sababli ijtimoiy-siyosiy hayot keskin darajada rivojlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida dunyo mehnat bozariga intellektual rivojlangan, jismonan yetuk, dunyoviy va ilmiy ilmlarni chuqur biladigan, Vataniga sodiq, ijodkor, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, o‘z kasbining jonkuyar hamda fidoiy mutaxassislarini tarbiyalashni taqozo etadi. Kelajakda ta’lim tizimida, ijtimoiy-siyosiy hayotda vujudga keladigan muammolarni oqilona yecha oladigan shaxslarni voyaga yetkazish ustivor vazifa etib belgilangan. Shunga ko‘ra, jahon ta’lim tizimida o‘quvchilarga ta’lim berish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilib, yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali strategik dasturlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim oluvchilarda tayanch va mutaxassislik fanlariga nisbatan tayanch va fanga doir kompetensiyalarini adpi.uz universaljurnal.uz 186 SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil rivojlantirish bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqib, pedagogik jarayonda qo‘llab kelmoqda. Ayniqsa, jahon ta’lim sifati va darajasini aniqlab beruvchi “PISA” (O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), “PIRLS” (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), “TIMSS” (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi qator xalqaro dasturlar amalga oshirilib, ular dunyoning yetakchi davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi asosiy mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu dasturlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularni tashkil etishdan maqsad dunyo bolalarining ta’lim standartlari bo‘yicha nafaqat bilim, ko‘nikma, malakalari tadqiq etilmoqda, balki o‘quvchilarning ushbu bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olishi, ular zamirida ijodiy yondashib ma’lum bir muammolarni hal etishi, mustaqil fikrlab maqbul qaror qabul qilishi, o‘z ustida ishlashi, hamkorlik qila olishi, ilm- fan yutuqlaridan oqilona foydalana olish kabi tayanch kompetensiyalarga egaliklari o‘rganilmoqda va tahlil qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiy-siyosiy, ta’lim sohasida dunyoning yetakchi industrial mamlakatlari qatoridan o‘rin olishni maqsad qilib qo‘ygan ekan, eng avvalo O‘zbekiston kelajagi bo‘lmish yosh avlodni mustahkam bilim egalari va butun dunyoda teng raqobat qila oladigan etib tarbiyalash yetakchi vazifa yetib belgilangan. Shu maqsadda “PISA” xalqaro baholash tadqiqotining O‘zbekistonda tashkil etilishi va unga mas’ul vazirlik hamda idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan “PISA” va TIMSS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi to‘g‘risida”gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-sonli Farmonida O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib “PISA” Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingiga asosan jahonning yetakchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish belgilab qo‘yilgan. Xalq ta’limi tizimining strategik maqsadlari belgilab qo‘yilgan va ular quyidagilar: ya’ni umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish; inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish belgilangan. Mamlakatimiz ta’lim-tizimi yuksak malakali, axloqiy xususiyatlarga ega pedagogik kadrlarni tayyorlash, xusus
Доказательный фрагмент
«The article discusses reforms in the modern education system, efforts aimed at the intellectual and spiritual development of students, as well as compliance with international educational standards and their development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses reforms in the modern education system, efforts aimed at the intellectual and spiritual development of students, as well as compliance with international educational standards and their development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern education system, Intellectual maturity, Spiritual maturity, Reforms, Competitiveness, PISA, Raqobatbardoshlik, Международные стандарты образования, Реформы, Knowledge and skills, Конкурентоспособность, Economic development., Xalqaro ta’lim standartlari, TIMSS, Современная система образования, Духовная зрелость, Intellektual kamolot, Ta’lim sifatini baholash, Оценка качества образования, Знания и навыки, Ma’naviy kamolot, International education standards, Educational quality assessment, Zamonaviy ta’lim tizimi, Bilim va qobiliyatlar, Iqtisodiy rivojlanish., Islohotlar, Интеллектуальная зрелость, Экономическое развитие.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025